Ўз-ўзига ҳуқуқий хизмат кўрсатиш “Legal Tech” тизими

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkasi va bino-inshoatlar uchun pullik kompensatsiya undirish toʻgʻrisida da'vo arizasi

Ҳужжат тавсифи
Taraflarning rekvizitlari
Da’vo ariza mazmuni

Юклаб олинг

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Da’vo ariza berilayotgan sud joylashgan hudud nomi tumanlararo (tuman) sudiga

 

Daʼvogar:

 

 

 

Da’vogarning F.I.O. si

Da’vogarning doimiy yashash manzili

Da’vogar bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

Javobgar:

Javobgar tashkilotning nomi

Javobgar tashkilotning manzili

Javobgar tashkilotning STIR raqamiJavobgar tashkilot bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

 

DA ʼ V O A R I Z A

(Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkasi va bino-inshoatlar uchun pullik kompensatsiya undirish toʻgʻrisida)

Menga tegishli bo‘lgan Buzilishga tushgan yer uchastkasi joylashgan manzil manzilida joylashgan, kadastr raqami Buzilishga tushgan yer uchastkasining kadastr raqami bo‘lgan Buzilishga tushgan yer uchastkasining hajmi kv.metr yer maydoni hamda kadastr raqami Buzilishga tushgan bino-inshootning kadastr raqami bo‘lgan Buzilishga tushgan bino-inshootning maydoni hajmi kv.metr bino-inshooti mavjud. Ushbu yer uchastkasi va bino-inshoatlarim Yer uchastkasi va bino-inshoatlarni buzishga qaror chiqargan tashkilot nomining Buzish to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi Buzish to‘g‘risida chiqarilgan qaror raqami-sonli qaroriga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilishga tushgan.

Buzilishga tushgan yer uchastkasi va bino-inshoatlarimim Buzilishga tushgan yer uchastkasi va bino-inshoatlarni baholagan tashkilot nomi tashkiloti tomonidan Baholash o‘tkazilgan sanada Baholash natijasiga ko‘ra yer uchastkasi va bino-inshoatlarning qiymati so‘mga baholangan.

Shunga muvofiq men kompensatsiya pullarini to’lab berishni so’rab bir necha marotaba Javobgarga murojaat qildim. Biroq, hozirgi kunga qadar Javobgar tomonidan menga to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullari to‘lab berilmadi.

Fuqarolik kodeksining 206-moddasida quyidagi norma belgilab qoʻyilgan: “Davlat organining mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga bevosita qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga qonunda belgilangan hollar va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qimmatli mol-mulk mulk huquqi asosida beriladi va uning koʻrgan boshqa zararlari toʻlanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi bilan yetkazilgan zarar toʻla hajmda toʻlanadi”.

Uy-joy kodeksining 29-moddasida “Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi” degan qoida belgilangan.

Yer kodeksining 37-moddasida shunday norma mavjud: jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

29.06.2022-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari oʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida  Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyalar belgilangan boʻlib, unga koʻra quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati;

olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi mustasno);

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;

koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;

yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi);

huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Yer uchastkasi olib qoʻyilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik toʻlov amalga oshiriladi.

Qonunning 24-moddasida byeriladigan kompensatsiya turlari va manbalari koʻrsatilgan. Beriladigan kompensatsiya turlari quyidagilardan iborat:

pul mablagʻlari,shu jumladan turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablagʻlari;

boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish;

kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.

Taraflarning kelishuviga koʻra huquq egasiga koʻchmas mulk obyektlarining baholash qiymati hisobga olingan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarga asoslangan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188-191-moddalariga, Fuqarolik kodeksining 206-moddasi, Uy-joy kodeksining 29-moddasi, Yer kodeksining 37-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-24-moddalariga asosan, Suddan

SOʻ R A Y M I Z:

1. Daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilishingizni.

2.Da’vogar Da’vogarning F.I.O. si ga tegishli boʻlgan yer uchastkasi va unda joylashgan bino-inshootlar, dov-daraxtlarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan Da’vogarga baholash hisobotida keltirilgan Baholash natijasiga ko‘ra yer uchastkasi va bino-inshoatlarning qiymatisoʻm kompensatsiya undirib berishingizni.

3.Sud xarajatlarini javobgardan undirib berishingizni.

 

Ilovalar:

1.Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

2.Baholash hisobotidan nusxa;

3. Davlat boji va pochta harajatlari to‘langanligi kvitansiyasi;

4. Kadastr hujjati nusxasi;

6. Shartnoma va to‘lov topshiriqnoma.

 

 

Ariza sanasi: Da‘vo arizasi berilgan sana

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer uchastkasi va bino-inshoatlar uchun pullik kompensatsiya undirish toʻgʻrisida da'vo arizasi