Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish bo‘yicha
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami – son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ta’lim muassasasi joylashgan viloyat nomi viloyati Ta’lim muassasasi joylashgan tuman nomi tumani(shahar) Ta’lim muassasasining raqami-sonli davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Maktab) nomidan maktab Ustavi asosida faoliyat yuritayotgan muassasa direktori bir tomondan,O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi) nomidan uning ota-onasi (yoki uning qonuniy vakili) Ta’lim muassasasiga qabul qilinayotgan o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) F.I.O. si ikkinchi tomondan, yakka tartibda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. Shartnoma predmeti
Maktab va ota-ona hamkorlikda o‘quvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda uni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qitishni o‘z zimmasiga oladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Maktabning huquq va majburiyatlari:
2.1.1. O‘quvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qitishni ta’minlash, ularda bilim olish talabini rivojlantirish.
2.1.2. O‘quvchida birlamchi mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, uni mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish, atrof olamga hamda kasb tanlashga ongli ravishda yondashishni tarbiyalash.
2.2.2. O‘quvchini maktab Ustavi, maktabning ichki tartib qoidalari, o‘quv rejasi va dasturlari bilan yozma ravishda tanishtirish.
2.2. Ota-ona va o‘quvchining huquq va majburiyatlari:
2.2.1. O‘qishga kirish uchun maktabga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:ota-onasining uni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi; o‘qitilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari; sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa.
2.2.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar talablariga rioya qilish, o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari hamda an’analarini hurmat qilish, respublikada o‘rnatilgan xorijiy fuqarolarning yashashi hamda harakat qilishi qoidalarini bajarish.
2.2.3. Maktabda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, o‘quv rejasi va dasturida ko‘zda tutilgan barcha turdagi o‘quv topshiriqlarini bajarish, o‘z vaqtida imtihon va sinovlarni topshirish.
2.2.4. Maktab ma’muriyati topshiriqlari hamda buyruqlarini bajarish.2.2.5. Maktab mulkiga zarar keltirilganda, ularni qoplash.
2.2.6. O‘quvchining yashash manzili va vaqtincha yashash muddati o‘zgarganda, maktab rahbariyatiga ma’lum qilish.
III. Tomonlarning javobgarliklari
3.1. Maktab quyidagi sabablar asosida o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganligi uchun; Maktab ustavi va ichki tartib qoidalarga rioya qilmaganligi uchun; O‘quvchining yashash manzili o‘zgarganligi sababli yoki boshqa sabablarga ko‘ra boshqa maktabga ko‘chirilganligi uchun.
3.2. Tomonlar orasida kelishilmovchiliklar yuzaga kelganda, ular o‘zaro hurmat asosida muzokara yo‘li bilan, buning imkoni bo‘lmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
4.1. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan kuchga kiradi.4.2. Ushbu shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tomonlarning vakillari tomonidan yozma ravishda amalga oshirilib, imzolangandan keyingina haqiqiy hisoblanadi.
4.3. Ushbu shartnoma o‘zbek tilida ikki nusxada imzolandi.
V. Tomonlarning yuridik manzillari va imzolari
Ta’lim muassasasi |
Tomon |
Manzil: Ta’lim muassasasining yuridik manzili |
Manzil: Tomonning doimiy yashash manzili |
STIR: Ta’lim muassasasining STIR raqami Bog‘lanish uchun telefon raqami |
Pasport ma’lumotlari: Tomonning passport ma’lumotlari Bog‘lanish uchun telefon raqami |
Imzo |
Imzo |
|
|