O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Paxta xom ashyosi yetishtirish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma (Fermerlar kengashi bilan kelishilgan).

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Buyurtmachi” (Klaster) taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
“Xo‘jalik” (Fermer) taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

Paxta xom ashyosi yetishtirish xamda

xarid qilish boʻyicha fyuchers shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bir tomondan Klasterning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Klaster vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Klaster nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon–“Buyurtmachi”) va ikkinchi tomondan Fermer xo‘jaligining nomi va tashkiliy huquqiy shakli fermer xoʻjaligi nomidan Fermer vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Fermer nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon–“Xoʻjalik”) birgalikda “Taraflar” ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar.

 

SHARTNOMANING PREDMETI

 

1.1. “Xoʻjalik” Fermer xo‘jaligining biznes rejasi mo‘ljallangan sana ga asosan yer maydonining ball bonitetiga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligidan kelib chiqib, oʻrtacha bal boniteti Hosildorlikning o‘rtacha ball boniteti ball boʻlgan, Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan yer miqdori (gektar) gektar yer maydondan Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi navi seleksion navli, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi reproduksiya turi reproduksiyali, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi og‘irligi (tonna) tonna paxta xom ashyosini hosil yilining 25-dekabr sanasigacha yetishtirish va kelishilgan holda yetkazib berish, “Buyurtmachi” esa mazkur shartnomaning 4-boʻlimida belgilangan muddatlarda ushbu mahsulotlarni haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.2. “Xoʻjalik” tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi uchun “Buyurtmachi” tomonidan ushbu shartnomaning 4-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda va muddatda hisob-kitoblar amalga oshiriladi. “Xoʻjalik” quyidagi paxta xom ashyosini belgilangan muddatda yetishtirib berishni zimmasiga oladi:

 

T/r

Seleksion nav nomi

Avlodi

Miqdori

Tn

Bahosi/tn.soʻm

Summasi, soʻm.

1.

Paxta xom ashyosining seleksion nav nomi

Paxta xom ashyosining avlodi

Paxta xom ashyosining miqdori

Paxta xom ashyosining bahosi

Paxta xom ashyosining summasi

 

1.3 Paxta xom ashyosining sifati OʻzR.ST-615:2008-paxta “Texnikaviy shartlar” talablarga javob berishi shart. Paxta xom ashyosini quritish-tozalashga qilinadigan xarajatlar “Buyurtmachi” hisobidan amalga oshiriladi.

1.4. “Xoʻjalik” “Buyurtmachi” tomonidan moliyalashtirilgan shartnomadagi belgilangan (tonna) paxta xom ashyosini toʻliq “Buyurtmachi”ga yetishtirib beradi. “Xoʻjalik” shartnomada nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotni faqat qoʻshimcha bitim asosida sotadi.

 

2. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:

ushbu shartnomaning 2.4-bandiga asosan urugʻlik chigit bilan taʼminlashni “Buyurtmachi”dan talab qilish;

mazkur shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;

mahsulotni topshirish va sifatini aniqlashda qatnashish, lozim boʻlganda taraf boʻlmagan vakolatli davlat organlarining boshqa mutaxassislari ishtirokida sifatini qayta oʻrganishni talab qilish;

mahsulotlar “Xoʻjalik”ning hisobidan yetkazib berilganda, transport xizmatlari, yuklash, tashish, tushirish (tushirish vaqti, tonna kilometr hisobga olingan holda) harajatlarini vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar boʻyicha yoki “Xoʻjalik” tomonidan taqdim etilgan norma va meʼyoriy tariflar doirasida “Buyurtmachi”dan talab qilish;

“Buyurtmachi” tomonidan urugʻlik materiallari oʻz vaqtida yetkazib berilmaganda, shuningdek, terim pullari, kelishilgan avans mablagʻlari va yakuniy hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda, yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish;

paxta xom ashyosini yetishtirishda maxsulot qiymatini ixtiyoriy sugʻurtalash;

“Buyurtmachi”dan yigʻim-terim vaqtida terim pulini xar kuni toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.

Xo‘jalikning boshqa huquqlari

2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:

mazkur shartnomaning 1.2. bandida belgilangan nav boʻyicha urugʻlikni “Buyurtmachi”dan qabul qilib olish;

ushbu shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan ekish uchun talab etiladigan urugʻlik chigit uchun navi, avlodi, miqdori va muddati koʻrsatilgan buyurtmanoma taqdim etish;

“Buyurtmachi”dan qabul qilib olingan seleksion navli urugʻlik chigitni shartnomada nazarda tutilgan yer maydonlariga toʻliq ekishni taʼminlash;

shartnomada koʻrsatilgan paxta xom ashyosini yetishtirish va “Buyurtmachi”ning qabul qilish manziliga tashish xarajatini kelishilgan holda yetkazib berish;

shartnomaning 1.1.-bandlarida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarish;

topshirilayotgan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos yetkazib berilishini taʼminlash;

“Buyurtmachi”dan olingan urugʻlik, yigʻim-terim mavsumi uchun kerakli materiallar va avans mablagʻlaridan agrotexnik tadbirlariga muvofiq maqsadli foydalanish;

“Buyurtmachi”dan agrotexnik tadbirlar uchun kelishilgan holda olingan yoqilgʻi moylash materiallari va mineral oʻgʻitlardan belgilangan meʼyor asosida foydalanish;

shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda “Buyurtmachi”ga yetkazilgan zararni qoplash;

agar “Xoʻjalik” mazkur shartnomada koʻrsatilgan majburiyatni uzrli sabablarga koʻra bajara olmasa, bu toʻgʻrisida asoslantiruvchi hujjatlar bilan oldindan oqilona muddatda “Buyurtmachi”ni habardor qilish;

paxta yigʻim-terim ishlariga terimchilarni jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalari, shu jumladan Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi va “Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi konvensiyalari talablariga qatʼiy rioya qilish.

Xo‘jalikning boshqa majburiyatlari

2.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

topshiradigan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini “Xoʻjalik”dan talab qilish;

Moliyalashtirilgan mablagʻlar maqsadsiz sarflangan xolatlar aniqlangan taqdirda “Xoʻjalik”ni moliyalashtirishni toʻxtatish va maqsadsiz sarflangan mablagʻlarni undirish;

ushbu shartnomada koʻrsatilgan mahsulotni shartnomaning 2.1-bandi 4-xatboshi (yuklash, tashish, tushirish) talablari asosida belgilangan muddatgacha qabul qilish joyiga topshirishni “Xoʻjalik”dan talab qilish;

“Xoʻjalik” tomonidan paxta joylashtirilgan maydonlar toʻgʻri koʻrsatilganligini, agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini monitoring qilish;

mahsulot yetkazib berilmaganligi yoki sifatsiz mahsulot yetkazib berilganligi uchun yetkazilgan zararlarni qoplashni “Xoʻjalik”dan talab qilish;

Buyurtmachining boshqa huquqlari

2.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Xoʻjalik”ga ekish uchun ushbu shartnomada koʻrsatilgan sifatli urugʻlikni “Xoʻjalik” tomonidan berilgan buyurtmanomada koʻrsatilgan muddatda va miqdorda yetkazib berish;

Yetkazib berilgan urugʻlikning miqdori, sifati va navi standartlar va texnik shartlarga mos kelmasa “Xoʻjalik”ga yetkazilgan zararni qoplash,

“Xoʻjalik” tomonidan shartnomaning 1.1-bandiga muvofiq yetishtirilgan paxta xom ashyosini qabul qilish va uni xaqini mazkur shartnomaning 4-boʻlimida belgilangan tartibda va muddatda toʻlash;

“Xoʻjalik”ga yigʻim-terim mavsumida terim pullarini xar kuni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;

“Xoʻjalik”ni ushbu shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi tegishli davlat standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash;

“Xoʻjalik” tomonidan yetkazib berilgan mahsulotga toʻlov yoki tovar-transport hujjatini mahsulotni qabul qilgan vaqtning oʻzida rasmiylashtirib berish;

mahsulot tayyorlov maskaniga “Xoʻjalik”ning transport vositasida tashilganda “Xoʻjalik”ka transport xizmatlari, yuklash va tushirish (tushirish vaqti, tonna kilometr hisobga olingan holda) xarajatlarini vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar yoki “Xoʻjalik” tomonidan taqdim qilingan xujjatlar asosida yakuniy hisob-kitoblar sanasiga qadar toʻlash;

shartnomaga asosan “Xoʻjalik”ni agrotexnik tadbirlar uchun boʻnak mablagʻlari, shu jumladan kelishilgan holda talabnoma asosida yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻit va boshqa zarur narsalar bilan taʼminlash;

shartnoma davlat organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Xoʻjalik”ka roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusxasini taqdim etish;

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

 

3. SHARTNOMANING BAJARILISHI

 

3.1.Majburiyatlar mazkur shartnoma shartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak. Agar taraflar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan hisoblanadi.

3.2.Ushbu shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni qabul qilish boʻyicha yakuniy hujjatlar tuzilgan sana “Xoʻjalik” tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi. Yakuniy hisob-kitoblarning toʻlov hujjatidagi koʻrsatilgan sana mahsulotga haq toʻlash boʻyicha “Buyurtmachi” tomonidan majburiyatlar bajarilgan sana xisoblanadi.

3.3.Mahsulot “Buyurtmachi”ning tayyorlov maskaniga “Buyurtmachi”ning transportida olib ketiladi yoki “Xoʻjalik” bilan tashish xarajatlari kelishilgan holda yetkazib beriladi.

3.4.“Buyurtmachi” tomonidan “Xoʻjalik”ka ekish materiallari (urugʻlik) ushbu shartnomada hamda buyurtmanomada koʻrsatilgan muddat va miqdorda yetkazib beriladi.

3.5.“Xoʻjalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga ekish materiallari (urugʻlik) turkumlarini hamda yetkazib berish sanasini oʻzgartirish zarurati mavjud boʻlsa 10 kun oldin taraflar uchun maqbul boʻlgan aloqa vositalari (chopar, pochta, elektron pochta) orqali xabarnoma yuborilishi lozim.

 

4. MAHSULOT BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI

 

4.1. “Xoʻjalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga yetishtirib beriladigan paxta xom ashyosining xarid narxi 1 (bir) tonna uchun Paxta xom ashyosining bir tonna uchun xarid narxi soʻmni tashkil qiladi. Ushbu narx jaxon bozori narxlaridan kelib chiqib tavsiya etilgan narxlardan kam boʻlmasligi lozim.

Shartnomaning umumiy summasi Shartnomaning umumiy summasi soʻmni tashkil qiladi.

4.2. Yigʻim-terim mavsumida “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka topshirilgan paxta xom ashyosi uchun mutanosib ravishda terim pullarini belgilangan narxlarda xar kuni toʻlab boradi.

4.3. “Buyurtmachi” tomonidan shartnoma umumiy summasining 70 foizi “Xoʻjalik”ga avans sifatida toʻlab beriladi. Shundan, umumiy summaning Xo‘jalikka avansning qoldiq qismini to‘lab berish muddatlari ga qadar “Xoʻjalik”ga toʻlab beriladi.

4.4. Yakuniy hisob-kitoblar paxta topshirish yakunlangandan keyin “Buyurtmachi” tomonidan “Xoʻjalik”ka berilgan avans mablagʻlari, yigʻim-terim uchun oʻtkazilgan pullar chegirib tashlanib, mahsulotni transportda tashish va tushirish harajatlari ham belgilangan normalar va meʼyoriy tariflar doirasida hisob kitob hosil yilining 25-dekabriga qadar 90 foiz, keyingi yilning 25-yanvariga qadar qolgan 10 foiz toʻliq amalga oshiriladi.

 

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Mahsulotni qabul qilinishi asossiz rad etilishining har bir holati uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka ustamalar toʻlanishi hisobga olinmagan holda amalda shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

5.2. Shartnomada belgilangan mahsulotni topshirishdan asossiz bosh tortganligi, mahsulotni toʻliq yetishtirib bermaganligi uchun “Xoʻjalik” “Buyurtmachi”ga topshirilmagan mahsulot qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima mahsulotning amalda shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib hisoblanadi.

5.3. Mazkur shartnomaga muvofiq belgilangan muddatlarda boʻnak (avans) mablagʻlarini, topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) paxta xom ashyosi haqini toʻlashdan asossiz boʻyin tovlaganligi yoki kechiktirgani uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalar toʻlanishi inobatga olinmagan xolda asossiz toʻlashdan boʻyin tovlagan summaning 20 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Jarimadan tashqari “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.4. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bazaviy hisoblash miqdorida jarima toʻlaydi.

5.5. “Xoʻjalik”ni mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda standart va texnik shartlar talablariga javob beradigan urugʻlik bilan taʼminlanmaganligi uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka mahsulot yetkazib berish paytida amalda boʻlgan urugʻlik qiymatining 20 foiz miqdorida jarima toʻlaydi.

“Xoʻjalik” tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha “Buyurtmachi”dan qabul qilib olingan urugʻlik chigit, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi moylash materiallari va boʻnak (avans) mablagʻlaridan maqsadli foydalanmaslik hamda ushbu shartnomada belgilangan mahsulotni (shartnomadan ortiqcha yetishtirilgan mahsulot bundan mustasno) “Buyurtmachi”dan oʻzga shaxslarga, xususan boshqa fermer xoʻjaliklariga sotish xolatlari aniqlanganda, aybdor “Xoʻjalik” “Buyurtmachi”ga maqsadsiz foydalanilgan mahsulotlar va oʻzga shaxslarga sotib yuborilgan mahsulot qiymatini qoplab (toʻlab) berish bilan bir qatorda mazkur qiymatning 20 foiz miqdorida jarima toʻlaydi.

5.6. “Buyurtmachi” tomonidan mahsulot sifati, miqdori bir tomonlama notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi hollari aniqlangan taqdirda “Buyurtmachi” mahsulot sifatini, shuningdek, ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta toʻliq hisob-kitob qiladi hamda “Xoʻjalik” koʻrgan zararni qoplab beradi.

5.7. “Xoʻjalik” tomonidan sarflangan transport xarajatlarini toʻlamaganlik uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan soʻmmaning 0,4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.8. Mazkur shartnoma bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligiga aybdor boʻlgan yetkazib beruvchi, tayyorlovchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.

Yetkazib beruvchi, tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning aybi bilan mazkur shartnomaning “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda ushbu tashkilotlar tomonidan qoplanadi yoki sud orqali undiriladi.

 

6. FORS-MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH

 

6.1. Taraflardan biri shartnomani yengib boʻlmaydigan kuch holat (fors-major)lari (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) sababli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

6.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida tomonlar zudlik bilan bir-birlarini hamda yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiyani yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya bunday holatlar oqibatida yoki “Buyurtmachi”ning aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikdan ozod qilish boʻyicha xulosa berishlari mumkin.

6.3. Fors-major holatlari boʻyicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoki tuman (shaxar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.

 

7. SHARTNOMANING AMAL QILISHI

 

7.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, hududiy vakolatli organdan roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirib, shartnomada koʻrsatilgan yakuniy hisob kitoblar toʻliq amalga oshirulgunga qadar amalda boʻladi.

 

8. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

8.1. Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda oʻzlari yoki boshqa vakillar ishtirokida hal etish choralarini koʻradilar.

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda Mediatsiya tartibida nizolarni hal qilishga haqli.

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli masalalarni hal qilish uchun murojaat qilinuvchi sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

 

9. YAKUNIY QOIDALAR

 

9.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga koʻra yoki taraflardan birining talabi asosida sud tartibida bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.

9.2. Mazkur shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshirilib taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

9.3. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga, roʻyxatga oluvchi organ hamda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi uchun bir nusxadan jami toʻrt nusxada tuziladi.

9.4. “Buyurtmachi” mazkur shartnoma toʻgʻri tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishiga masʼul boʻlib, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda shartnomaning aslini “Xoʻjalik”ga va tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga yetkazib berish majburiyatini oladi.

 

10. TARAFLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI

 

Buyurtmachi. (Klaster)

 

Xoʻjalik (Fermer)

Manzil: Klasterning manzili

 

Manzil: Fermer xo‘jaligining yuridik manzili

H/R: Klasterning hisob raqami

 

H/R: Fermer xo‘jaligining hisob raqami

XKKM: Klasterning XKKM raqami

 

XKKM:Fermer xo‘jaligining XKKM raqami

MFO: Klasterning MFO raqami

 

MFO: Fermer xo‘jaligining MFO raqami

INN: Klasterning INN raqami

 

INN: Fermer xo‘jaligining INN raqami

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

 

 

2022-yil “____”__________da _____-son bilan

tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimidan

“ROʻYXATDAN OʻTKAZILDI”

____________________________________

M.Oʻ. imzo, lavozimi, F.I.O.

 

 

____________________ tuman fermer, dexqon xoʻjaliklari va

tomorqa yer egalari kengashi xuquqshunosi

________________________________

M.Oʻ. imzo, F.I.O.

Paxta xom ashyosi yetishtirish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma (Fermerlar kengashi bilan kelishilgan).

Fyuchers (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog‘ozlarni hoz. amalda bo‘lgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish b-n oldisotdi qilish bo‘yicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda Fyuchers bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga nakd tovarni g‘amlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish xisobidan fonda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari bo‘yicha oldisotdi bitishuvlarini ham Fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga kdsar birjalarda maklerlar tomonidan ko‘p marta qayta sotiladi va sotib olinadi.