O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Aliment bo‘yicha qarzdorlikni to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Ariza mazmuni
  • Izoh: Hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

Daʼvogar:Daʼvogarning yashash manzilida yashovchi Daʼvogarning F.I.O.si

 

 

Javobgar:Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

 

Daʼvo mazmuni: Aliment boʻyicha yuzaga kelgan Aliment to‘lovi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik miqdori soʻm qarzdorlikni toʻlashdan ozod etish

 

 

DAʼVO ARIZA

Aliment boʻyicha qarzdorlikni toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisida

 

Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh Nikohni qayd etgan FXDYO idorasi tomonidan Nikoh qayd etilgan sana kuni Nikohning qayd qilingan raqami -son bilan qayd etilgan.

Birgalikdagi turmushimizdan Ariza yozuvchining farzandi tug‘ilgan sanasi da tugʻilgan Daʼvogarning farzandining F.I.O.si ismli farzandimiz bor. Bu haqida Tug‘ilganlik haqida guvohnoma bergan FXDYO idorasi nomi tomonidan Tug‘ilganlik haqida berilgan guvohnomaning seriya va raqami raqamli tugʻilganlik guvohnomasi berilgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvogarning voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud nomi sudining Aliment undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi Aliment undirish to‘g‘risidagi sud hujjatining nomiga asosan mendan voyaga yetmagan farzandim Daʼvogarning farzandining F.I.O.sining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

Men farzandim voyaga yetgunga qadar aliment toʻlab keldim. Farzandim voyaga yetganidan keyin ham mehnatga layoqatsiz boʻlganligi sababli fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvogarning voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud nomi sudiningDaʼvogarning voyaga yetgan farzandi uchun aliment undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi qaroriga asosan aliment toʻlashim belgilandi.

Men hozir mehnatga layoqatsizman. Bundan tashqari qaramogʻimda voyaga yetmagan farzandlarim ham boʻlib, ularning taʼminoti farzandim Daʼvogarning farzandining F.I.O.sining taʼminotidan koʻra yomon ahvolga kelib qolgan. Shu sababli hozirda aliment toʻlovi boʻyicha Aliment to‘lovi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik miqdori soʻm miqdorida qarzdorlik vujudga kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 141-moddasida agar sud aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra aliment toʻlamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yigʻilgan aliment qarzni toʻlashga imkon bermaydi deb topsa, aliment toʻlovchining daʼvosiga binoan uni aliment qarzlarini toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod etishga haqli ekanligi koʻrsatilgan.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 141-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan

SOʻRAYMAN:

 

1. Meni farzandim Daʼvogarning farzandining F.I.O.si ning taʼminoti uchun undirilishi lozim boʻlgan Aliment to‘lovi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik miqdori soʻm aliment qarzdorligini toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni.

2. Mazkur ish koʻriladigan vaqt va joy haqida mening yashash manzilimga xabar berishingizni.

 

Ilova:

Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogarning F.I.O.si

 

Ariza berilgan sana

Aliment bo‘yicha qarzdorlikni to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashi lozimligi belgilangan.

Shu bilan birga Oila Kodeksida sud aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra aliment to‘lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yig‘ilgan aliment qarzni to‘lashga imkon bermaydi deb topsa, aliment to‘lovchining da’vosiga binoan uni aliment qarzlarini to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod etishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz da’vo ariza tayyorlash imkonini beradi.