O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Iltimosnoma (Sud qurilish ekspertizasi tayinlash haqida).

Hujjat tavsifi
Iltimosnoma rekvizitlari
Iltimosnoma beruvchi
Iltimosnoma mazmuni
  • Izoh: Masalan nizoli mulkning holatini, yaroqliligini, haqiqiy qiymatini aniqlash yoki boshqa holatlar
  • Izoh: Iltimosnomaga ish holatiga oid, iltimosnomani asoslovchi barcha hujjatlar, iltimosnoma nusxasi taraflarga yuborilganligini, tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

 

 

 

Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

 

Iltimosnoma beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

 

Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osidan

 

ILTIMOSNOMA

(sud qurilish ekspertizasi tayinlash haqida)

 

Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudi tomonidan daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.si ning javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.si ga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan fuqarolik ishi koʻrib chiqilmoqda.

Fuqarolik ishini koʻrib chiqish davomida Qurilish ekspertizasi tayinlash uchun asos bo‘lgan holatlar kabi holatlarga aniqlik kiritish zarurati kelib chiqmoqda. Ushbu holatlarga sud qurilish ekspertizasi oʻtkazmasdan turib aniqlik kiritish va qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻq deb hisoblayman.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual Kodeksining 95-moddasiga koʻra, ish muhokamasi chogʻida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra ekspertiza tayinlashi mumkin.

Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Yuqoridagilarga va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual Kodeksining 95, 97-moddalariga “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida»gi Qonunining 17-moddasiga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.si ning javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.si ga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan fuqarolik ishi yuzasidan sud qurilish ekspertizasi tayinlashingizni;

Ekspertiza oʻtkazishni malakali ekspertga yuklatishingizni.

 

Ilova: Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osi

Iltimosnoma berilgan sana

 

Iltimosnoma (Sud qurilish ekspertizasi tayinlash haqida).

Fuqarolik protsessual kodeksida ish muhokamasi chog‘ida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ekspertiza tayinlashi mumkin.

Ekspertiza tayinlash to‘g‘risida iltimosnoma sudga taraflar tomonidan ham kiritilishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda sud qurilish ekspertizasi tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, iltimosnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.