O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Iltimosnoma yuzasidan eʼtiroz..

Hujjat tavsifi
Eʼtiroznoma rekvizitlari
Eʼtiroznoma beruvchi
Eʼtiroznoma mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandga iltimosnoma kiritgan taraf yoziladi. Masalan daʼvogar yoki javobgar
  • Izoh: Sabablar tushunarli tarzda va qisqacha bayon qilinishi lozim
  • Изоҳ: Эътирозга иш ҳолатига оид, эътирозни асословчи барча ҳужжатлар ва бошқа ҳужжатлар илова қилиниши лозим

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Eʼtiroznoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

Eʼtiroznoma beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

Eʼtiroznoma beruvchi shaxsning F.I.Osidan

 

ILTIMOSNOMAGA EʼTIROZ

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Eʼtiroznoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudining ish yurituvida daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.sining javobgar Ish bo‘yicha javogarning F.I.O.si ga nisbatan Daʼvo ariza mazmunitoʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan ish mavjud.

Sud tomonidan ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqish Ishni sud majlisida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kun kuniga tayinlangan.

Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan Ish bo‘yicha iltimosnoma kiritgan taraf sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Iltimosnoma mazmuni (iltimosnomada nima so‘raladi) ni soʻragan.

Men Eʼtiroz bildiruvchining iltimosnomani asossiz deb hisoblashining sabablari kabi holatlar sababli ushbu iltimosnomani asossiz deb hisoblayman.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 39-moddasiga koʻra, taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda koʻrilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha boshqa manfaatdor shaxslar va boshqalar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.

Shu Kodeksning 40-moddasiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.

Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 14, 39-40, 43-44 hamda 219-moddalariga asoslanib,

SOʻRAYMAN:

 

Ish bo‘yicha iltimosnoma kiritgan taraf tomonidan kiritilgan iltimosnoma asossizligi sababli iltimosnomani rad qilishingizni.

 

Ilova: Eʼtirozga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Eʼtiroznoma beruvchi shaxsning F.I.Osi

 

Eʼtiroznoma berilgan sana

 

 

Iltimosnoma yuzasidan eʼtiroz..

Amaldagi Fuqarolik protsessual Kodeksiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish huquqiga ega. Ishda ishtirok etiuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari yuzasidan e’tiroznomalar ham qonunchilik talablariga rioya qilgan holda o‘sha sudga kiritilishi lozim.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda mazkur e’tiroznoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, e’tiroznoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.