O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Uchinchi shaxs (buyruqni imzolagan mansabdor shaxs)
Daʼvo ariza mazmuni
  • Izoh: Asos to‘liq va tushunarli tarzda bayon qilinishi lozim
  • Izoh: raqam va so‘z bilan yoziladi
  • Izoh: Daʼvo arizaga ish holatiga oid, daʼvo arizani asoslovchi barcha hujjatlar, daʼvo ariza nusxasi taraflarga yuborilganligini, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning yashash manzilida yashovchi

 

Daʼvogarning F.I.O.sidan

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami

E-mail: Daʼvogarning E-mail manzili

 

 

Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

 

Manzil: Javobgarning manzili

Telefon: Javobgarning telefon raqami

E-mail: Javobgarning E-mail manzili

 

 

Uchinchi shaxs: Uchinchi shaxsning F.I.O.si

 

Manzil: Uchinchi shaxsning yashash manzili

Telefon: Uchinchi shaxsning telefon raqami

E-mail: Uchinchi shaxsning E-mail manzili

 

Daʼvo mazmuni: Ishga tiklash va noqonuniy ravishda ishdan boʻshatish natijasida yetkazilgan maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida

 

Daʼvo arizasi

ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida

 

Men Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomi rahbari Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilgan mansabdor shaxsning ism sharifi ning Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingan kun kungi Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻi asosida Daʼvogar ishga qabul qilingan vazifa (lavozim) vazifasiga ishga kabul kilinganman.

Shu kunga kadar oʻzimga biriktirilgan xizmat vazifalarimni belgilangan muddatlarda, lozim darajada bajarib kelganman. Biroq Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomi rahbari, mazkur ish boʻyicha uchinchi shaxs Uchinchi shaxsning F.I.O.sining Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingan sana kungi Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻi bilan men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi MKning Mehnat kodeksining daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqqa asos qilib olingan moddasi-moddasi Mehnat kodeksining daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqqa asos qilib olingan qismi ga asosan bekor kilinib, men Daʼvogar ishdan bo‘shatilgan paytda egallab turgan vazifasi (lavozimi) vazifasidan ozod qilinganman.

Ish beruvchi buyruq qabul qilinishiga Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishga asos qilib ko‘rsatgan holat holatini asos sifatida keltirgan.

Biroq men mehnat vazifalarimni shu kunga qadar halol, vijdonan bajarib kelganman. Ish beruvchining buyrugʻiga asos sifatida keltirilgan holatlar isbotlanmagan boʻlib, buyruq huquqiy jihatdan asoslanmagan.

Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shaklining jamoa shartnomasiga koʻra, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda albatta kasaba uyushmasining roziligi olinishi lozim.

Biroq men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda yuqoridagi qoidaga zid ravishda kasaba uyushmasining yozma roziligi olinmagan.

Shuningdek, ish beruvchi buyruqda asos sifatida koʻrsatgan Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishga asos qilib ko‘rsatgan holat holatini isbotlab bera olmadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 6-moddasiga koʻra, mehnat sohasida oʻzini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda oʻziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni toʻlash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, mazkur kodeksning 111-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan hollarda, u ish beruvchining oʻzi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1021-moddasiga koʻra, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybi boʻlgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi. Mazkur kodeksning 1022-moddasiga koʻra, maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

Men noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilganligim sababli ruxiy jihatdan tushkunlikka tushdim. Jamoadagi oʻrnimga, ishchanlik obroʻ-eʼtiborimga zarar yetib, maʼnaviy zarar koʻrdim.

Shunga koʻra, menga yetkazilgan maʼnaviy zararni Mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilinganligi sababli daʼvogar o‘ziga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun undirib berishni so‘ragan summa soʻm deb baholayman.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 6, 111-moddalari, Fuqarolik Kodeksining 1021, 1022-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan

 

SOʻ R A Y M A N :

 

Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli ning Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingan sana kundagi Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugini bekor qilishingizni;

2. Meni Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli da muqaddam oʻzim ishlab kelgan Daʼvogar ishdan bo‘shatilgan paytda egallab turgan vazifasi (lavozimi) vazifaga ishga tiklanishingizni.

3. Javobgardan mening foydamga majburiy progul kunlari uchun ish haqi va Mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilinganligi sababli daʼvogar o‘ziga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun undirib berishni so‘ragan summa soʻm maʼnaviy zararni undirib berishingizni.

 

Ilova: Daʼvo arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogarning F.I.O.si

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga ko‘ra, mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilish fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

G‘ayriqonuniy ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, ishdan (lavozimidan) chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni bo‘lmasa (tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar o‘zgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan shaxs ma’naviy zararni undirishni talab qilishga ham haqli.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz da’vo ariza tayyorlash imkonini beradi.