O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maishiy pudrat shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Pudratchi
Buyurtmachi
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Masalan kimyoviy tozalash, kiyim tiklish yoki boshqa ish
  • Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Maishiy pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisida)

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma kelgusida “Buyurtmachi” deb ataluvchi jismoniy shaxs Buyurtmachining F.I.O.si va “Pudratchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Pudratchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Pudratchi tashkilot rahbarining lavozimi Pudratchi tashkilotning rahbari F.I.Olar oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi:

 

I. SHARTNOMANING MAZMUNI

 

1.1. “Pudratchi” mazkur shartnoma shartlariga muvofiq “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga asosan Bajariladigan maishiy pudrat ishining nomi koʻrinishidagi maishiy pudrat ishlarini bajaradi.

 

II. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB KITOB TARTIBI

 

2.1. Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar bahosi taraflarning kelishuviga asosan Bajariladigan ishlar bahosi (narxi) soʻmni tashkil etadi.

2.2. Bajariladigan ishlar qiymati uzil kesil hisoblanib, faqatgina ishlar xajmi buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganida va fors-major holatlari sabab boʻlganida qayta koʻrib chiqilib, tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.

2.3. Shartnoma tomonlar oʻrtasida imzolangandan soʻng 3 bank ish kunida “Buyurtmachi” tomonidan bajariladigan ishlar umumiy qiymatining Bajariladigan ishlar uchun to‘lanadigan summaning necha foizi oldindan to‘lanadi % ini, yaʼni Oldindan to‘lanadigan summa miqdori (raqam va so‘z bilan yoziladi) soʻmni oldindan avans tariqasida “Pudratchi”ga toʻlaydi.

2.4. Shartnoma bahosining qolgan Pudratchi tomonidan ishlar bajarib bo‘linganidan so‘ng to‘lanadigan summa miqdori (raqam va so‘z bilan yoziladi)soʻmi “Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlar topshirilganidan kuni toʻlab beriladi.

2.5. Bajarilgan ishlar uchun toʻlovlar “Buyurtmachi” tomonidan Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli usuli bilan amalga oshiriladi.

 

III. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. “Pudratchi”ning majburiyatlari:

Shartnoma imzolangandan soʻng ishlarni belgilangan muddatda bajarish;

Ishlarni belgilangan sifat talablari darajasida bajarish;

Bajarilgan ishlarni shartnomada belgilangan muddatda “Buyurtmachi”ga topshirish;

“Pudratchi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3.2. “Pudratchi”ning huquqlari:

Bajarilgan ish uchun oldindan avans xaq toʻlanishini va ishni bajarib topshirgandan soʻng toʻla hajmda hisob kitob qilinishini talab qilish;

Bajarib berilgan ishni qabul qilib olish asossiz ravishda rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;

“Pudratchi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

3.3. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

«Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish;

Bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida xaq toʻlash;

“Buyurtmachi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3.4. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

«Pudratchi»dan bajarilgan ishlar davlat standartlari va boshqa meʼyoriy xujjatlar asosida bajarilishini talab qilish;

“Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlarda aniqlangan kamchiliklarni bepul bartaraf etilishi yoki kamchiliklar boshqa shaxs tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplanishini talab qilish;

Oʻzi tomonidan “Pudratchi”ga berilgan materiallar va boshqa ashyolar qaytarilishini talab qilish;

Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

4.1 “Pudratchi” ishni bajarish muddatini buzganligi uchun “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

4.2. “Buyurtmachi” bajarilgan ishlar xaqini oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda “Pudratchi”ga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

 

V. NIZOLARNI XAL KILISH TARTIBI

 

5.1 Ushbu shartnoma yoki unga bogʻlik masalalar yuzasidan kelib chikadigan barcha nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan hal qilinadi.

5.2 Nizolarni taraflarning kelishuvi bilan hal qilib boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun-qoidasiga asosan iqtisodiy sudida hal qilinadi.

 

VI. BOSHKA SHARTLAR

 

6.1 Ushbu shartnomaga kiritiladigan barcha oʻzgarishlar va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, taraflar tomonidan imzolangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.

6.2 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan boʻlib taraflar imzolaridan soʻng xaqiqiy deb hisoblanadi.

6.3 Bajarilgan ishlarning kafolat muddati tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan ishlar bajarib boʻlinganidan Bajarilgan ishlar bo‘yicha beriladigan kafolat muddati kun etib belgilandi.

 

VII. YENGIB BOʻLMAYDIGAN KUCH (FORS MAJOR) HOLATLARI

 

7.1 Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va bu holatlar shartnoma shartlarini bajarilishiga bevosita taʼsir etsa tomonlarning javobgarlikdan ozod etilishi Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

 

VIII. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH, BEKOR QILISH VA NIZOLARNI XAL QILISH TARTIBI

 

8.1. Mazkur shartnoma belgilangan shaklda tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnoma boʻyicha yuzaga kelishi mumkun boʻlgan nizo va kelishmovchiliklar oʻzaro muxokama yoʻllari bilan xal etiladi. Agarda oʻzaro muhokama yoʻli bilan hal etish imkoni boʻlmasa Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Iqtisodiy sudi orqali hal etiladi.

 

IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATLARI

 

9.1. Shartnoma tomonlar imzolangan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana ga qadar amal qiladi.

9.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanadi.

 

XI. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Maishiy pudrat shartnomasi.

Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pudrat shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.