SHARTNOMA
(Omborda omonat saqlash toʻgʻrisida)
Shartnoma tuzilgan vaqt |
№Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ushbu shartnoma kelgusida “Yuk topshiruvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Yuk topshiruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Yuk topshiruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Yuk topshiruvchi tashkilotning rahbari F.I.O.si hamda “Omonat saqlovchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Omonat saqlovchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Omonat saqlovchi tashkilot rahbarining lavozimi Omonat saqlovchi tashkilotning rahbari F.I.Olar oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha Omonat saqlovchi unga shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan Yuk topshiruvchi tomonidan berilgan ashyoni saqlash va bu ashyoni toʻla holida qaytarish, Yuk topshiruvchi esa Omonat saqlovchiga buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Yuk topshiruvchi Omonat saqlovchiga Omonat saqlash uchun yuk topshirilayotgan kun kuni Omonat saqlash uchun topshirilgan ashyoning miqdori miqdoridagi Omonat saqlash uchun topshirilayotgan ashyo nomi ni saqlash uchun topshiradi. Omonat saqlovchi ularni qabul qilib oladi.
1.3. Omonat saqlovchi omonatni Omonat saqlash uchun topshirilgan ashyoni saqlashning oxirgi kuni kuniga qadar boʻlgan davrda saqlaydi.
1.4. Shartnomasi boʻyicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan Omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun oʻziga berishni talab qilishga haqli emas.
1.5. Taraflarning kelishuviga muvofiq ashyoni saqlashni quyidagi shartlari belgilanadi Ashyoni saqlashning shartlari
2. OMONAT SAQLAGANLIK UCHUN TOʻLANADIGAN HAQ VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha Yuk topshiruvchi Omonat saqlovchiga ashyoni saqlaganlik uchun har oyda “Yuk topshiruvchi” “Omonat saqlovchi”ga ashyoni saqlaganlik uchun har oyda to‘laydigan haq miqdori soʻm miqdorida keyingi oyning “Yuk topshiruvchi” “Omonat saqlovchi”ga ashyoni saqlaganlik uchun har oyda haq to‘laydigan kun sanasidan kechiktirmamay haq toʻlaydi. Ashyoni saqlash xarajatlari toʻlanadigan haq summasiga kiradi.
2.2. Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli tartibida amalga oshiriladi.
3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Omonat saqlovchi:
3.1.1.Shartnomaning 1.2-bandida belgilangan muddatda topshirilgan ashyoni saqlash uchun qabul qilishi;
3.1.2. Ashyoni Yuk topshiruvchi talab qilib olguncha saqlashi;
3.1.3. Ashyoni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 884-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda uchinchi shaxsga topshirganligi haqida Yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi;
3.1.4.Saqlashga topshirilgan ashyoning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun shartnomada nazarda tutilgan, shuningdek boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi;
3.1.5. Saqlashga topshirilgan ashyoni Yuktopshiruvchiga yoki u oluvchi sifatida koʻrsatgan boshqa shaxsga topshirishi;
3.1.6. Ashyo saqlashga qanday holatda topshirilgan boʻlsa, oʻsha holatda, uning tabiiy yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berishi;
3.1.7. Ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda uni saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi;
3.1.8. Yuktopshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi;
3.1.9.Ashyoni saqlash Omonat saqlovchi javobgar boʻladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin toʻxtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa Yuk topshiruvchiga qaytarishi;
3.1.10. Ashyoni saqlash shartlarini oʻzgartirish zarurligi haqida darhol yuk topshiruvchini xabardor qilishi va uning javobini kutishi;
3.1.11. Ashyoning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfi paydo boʻlgan taqdirda, shartnomada nazarda tutilgan saqlash usuli, joyi va boshqa shartlarni Yuk topshiruvchining javobini kutmasdan oʻzgartirishi shart.
Omonat saqlovchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.2. Yuk topshiruvchi:
3.2.1. Saqlash uchun shartnomaning 1.2-bandida qayd etilgan ashyoni unda koʻrsatilgan muddatgacha topshirishi;
3.2.2. Omonat saqlovchiga shartnomaning 2.1-bandida belgilangan miqdor va muddatlarda ashyoni saqlaganligi uchun haq toʻlab borishi;
3.2.3.Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati tamom boʻlgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi;
3.2.4. Shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo qaytarib olinmagan boʻlsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun Omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq toʻlashi;
3.2.5. Omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan paytida uning xossalarini bilmagan va bilishi shart boʻlmagan boʻlsa, saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tufayli yetkazilgan zararni Omonat saqlovchiga toʻlashi shart.
Yuk topshiruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
3.3. Omonat saqlovchi:
3.3.1. Ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning Yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinishini talab qilish;
3.3.2. Ashyoni saqlash Omonat saqlovchi javobgar boʻlmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin toʻxtatilsa, u haqning mutanosib qismini, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish;
3.3.3. Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati belgilangan eng kam ish haqining ellik baravariga teng summadan ortiq boʻlgan taqdirda esa - Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 379, 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotish;
3.3.4. Saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq boʻlib qolsa yoki ashyo buzilgan boʻlsa, yoki uning toʻliq saqlanishini taʼminlashga imkon bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan boʻlsa, Yuk topshiruvchi tomonidan esa oʻz vaqtida choralar koʻrishini kutish mumkin boʻlmasa, ashyoni yoki uning bir qismini saqlash joyida amalda boʻlgan bahoda mustaqil sotish, shuningdek agar mazkur vaziyatlar u aybdor boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga kelgan boʻlsa, sotish uchun qilgan oʻz xarajatlarini xarid bahosidan undirish huquqiga ega.
Omonat saqlovchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
3.4. Yuk topshiruvchi:
3.4.1. Omonat saqlovchidan ashyoni saqlash boʻyicha mazkur shartnomada va qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini lozim darajada va oqilona bajarishini talab qilish;
3.4.2. Ashyoni muddatidan oldin Omonat saqlovchidan qaytarib berishni talab qilish;
3.4.3 Omonat saqlovchi javobgar boʻlgan holda shikast yetishi natijasida ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, undan voz kechish va Omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini talab qilish huquqiga ega.
Yuk topshiruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra javobgar boʻladi.
4.2. Ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli Yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-moddasiga muvofiq Omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.
4.3. Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari uchun Omonat saqlovchi javob beradi.
4.4. Shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan muddatda ashyoni saqlashga topshirmagan Yuk topshiruvchi, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun Omonat saqlovchi oldida javobgar boʻladi.
4.5. Shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati belgilangan boʻlsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib bersa, Yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor qilishi tufayli Omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
4.6. Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki Omonat saqlovchining talabiga koʻra ashyoni qaytarib olishi shart boʻlgan vaqt tugagach, Yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, Omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
4.7. Omonat saqlovchi ashyoning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi: yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida; ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chogʻida Omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart boʻlmagan yashirin xossalari tufayli; saqlanayotgan ashyoning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi Yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qoʻpol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar boʻladi.
4.8. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
5. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
5.1. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi.
5.2.Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
6. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
6.1. Mazkur shartnoma boʻyicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan Omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun oʻziga berishni talab qilishga haqli emas.
6.2. Ashyo shartnomada kelishilgan muddatda saqlashga topshirilmagan hollarda, shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy oʻtganidan keyin Omonat saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan ozod etiladi.
6.3. Omonat saqlovchi oʻziga saqlash uchun topshirilgan ashyodan Yuk topshiruvchining roziligisiz foydalanishga, shuningdek uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish uning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
6.4. Yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi boʻlgan yoki oʻz tabiatiga koʻra xavfli boʻlgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan vaqtda Omonat saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan boʻlsa, Omonat saqlovchi bu ashyolarni koʻrilgan ziyonni Yuk topshiruvchiga toʻlamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yoʻq qilib tashlashi mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan Omonat saqlovchiga va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
6.5. Shartnomaning 6.3. va 6.4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ashyolarni saqlash uchun toʻlangan haq Yuk topshiruvchiga qaytarib berilmaydi, bordi-yu, bu haq toʻlanmagan boʻlsa, Omonat saqlovchi uni toʻla-toʻkis Yuk topshiruvchidan undirib olishi mumkin.
6.6. Omonat saqlovchi xabardor boʻlgani holda va uning roziligi bilan saqlashga qabul qilingan tez yonadigan, portlash xavfi boʻlgan yoki oʻz tabiatiga koʻra xavfli boʻlgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan boʻlsa-da, atrofdagilar uchun yoki Omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol-mulki uchun xavfli boʻlib qolgan boʻlsa hamda vaziyat Omonat saqlovchining Yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab qilishiga imkon bermasa yoki Yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar Omonat saqlovchi tomonidan Yuk topshiruvchiga ziyonni toʻlamagan holda zararsizlantirilishi yoki yoʻq qilib tashlanishi mumkin. Bunday hollarda Yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun Omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.
6.7. Ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq boʻlgan hamda mazkur shartnomani tuzish chogʻida taraflar oldindan koʻrishi mumkin boʻlmagan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti Yuk topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik maʼqullagan boʻlsa, Omonat saqlovchiga toʻlanadi. Alohida xarajatlar saqlash haqiga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
6.8. Ishning holatlariga koʻra Yuk topshiruvchining roziligini oldindan olish mumkin boʻlsa-da, Omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va Yuk topshiruvchi keyinchalik ularni maʼqullamagan taqdirda, Omonat saqlovchi alohida xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
7. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
7.1. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
7.2. Mazkur shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Omonat saqlovchida, ikkinchisi Yuk topshiruvchida saqlanadi.
7.3. Shartnoma tomonlar imzolangan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana ga qadar amal qiladi.
XI. TOMONLARNING REKVIZITLARI
|
|
|
Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi. Omborda omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o‘ziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to‘liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi.
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasini tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Mazkur shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.