O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Qarz shartnomasi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Ariza mazmuni
  • ( raqam va so‘z bilan ko‘rsatilishi lozim)

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning manzilida yashovchi

 

Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

Telefon: Daʼvogar tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Daʼvogar tarafning elektron manzili

 

 

Javobgar:Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron manzili

 

Daʼvo mazmuni: Javobgarning F.I.O.sidan Javobgarga berilgan qarz miqdori soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida

 

DAʼVO ARIZA

(Qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida)

 

Ish boʻyicha javobgar Javobgarning F.I.O.si Javobgarga qarz berilgan yil yil Javobgarga qarz berilgan oy oyining Javobgarga qarz berilgan kun kunida mening oldimga kelib qarz soʻradi. Shundan soʻng men javobgarga oʻzaro tilxat asosida Javobgarga berilgan qarz miqdori soʻm miqdorida qarz berdim. Javobgar Javobgarga berilgan qarz miqdori soʻmni Javobgar qarzni qaytarishi lozim bo‘lgan yil yil Javobgar qarzni qaytarishi lozim bo‘lgan oy oyining Javobgar qarzni qaytarishi lozim bo‘lgan oy kuniga qadar qaytarishi lozim lozim edi, shunday boʻlsada javobgar Javobgarga berilgan qarz miqdori soʻm qarzni qaytarmasdan kelayapti. Shu kunga qadar javobgarga bir necha bor qarzni qaytarishni soʻrab murojaat qildim, lekin javobgar turli xil bahonalar bilan qarzni qaytarmasdan kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 324-moddasiga koʻra, qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.

Agar qonunchilikda yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.

Fuqarolik kodeksi 734-moddasida, agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega boʻladi.

Agar qarz shartnomasi boʻyicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada koʻzda tutilgan hollarda foizlar toʻlanishi kerak.

Foizlar toʻlash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar toʻlash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan boʻlmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda toʻlanadi.

Fuqarolik kodeksining 735-moddasida esa qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu davrda javobgar qarzni qaytarmaganligi sababli Vaqtida to‘lanmagan qarz uchun hisoblangan bank foizining summasi soʻm miqdorida bank foizi ham undirish lozim deb hisoblayman.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324, 734-735 moddalariga asosan suddan,

 

Soʻrayman:

 

Javobgarning F.I.O.sidan mening foydamga Javobgarga berilgan qarz miqdori soʻm asosiy qarz hamda qarzni oʻz vaqtida qaytarmaganligi sababli Vaqtida to‘lanmagan qarz uchun hisoblangan bank foizining summasi soʻm miqdorida bank foizi undirib berishingizni.

Ilova qilingan hujjatlar:

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

_____________

 

Ariza berilgan sana

Qarz shartnomasi bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar qarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda foizlar to‘lanishi kerak. Foizlar to‘lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar to‘lash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo‘lmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda to‘lanadi. Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.

Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.