O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Garov shartnomasi jismoniy shaxslar uchun.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Garovga oluvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Garovga qo‘yuvchi
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
IV. Shartnoma shartlari
  • Izoh: Garov shartnomasi bilan taʼminlanayotgan shartnomaning nomi va tuzilgan sanasi
  • Izoh: Mazkur bandda garov narsasining turi, rusumi va boshqa xususiyatlari ko‘rsatiladi

Yuklab oling

GAROV SHARTNOMASI

(Jismoniy shaxslar uchun)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Garovga oluvchi” deb yuritiluvchi Garovga oluvchining tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Garrvga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, bundan buyon matnda “Garovga qoʻyuvchi” deb yuritiluvchi Garovga qo‘yuvchi shaxsning manzilida yashovchi Garovga qo‘yuvchining F.I.O.si ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1 Mazkur shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 264-289-moddalariga shuningdek, “Garov toʻgʻrisida”gi Qonun shartlariga muvofiq tuzilgan boʻlib, taraflarning munosabatlari yuqoridagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

1.2. Ushbu shartnomaga asosan Garovga qoʻyuvchi Taraflar o‘rtasidagi garov shartnomasi imzolanishiga sabab bo‘lgan holatga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, shartnomaga muvofiq garovga qoʻyilayotgan garov obyekti bilan oʻz majburiyatlarini taʼminlaydi.

 

2. GAROV BILAN TAʼMINLANGAN MAJBURIYAT

 

2.1. Ushbu shartnomaga koʻra, garov bilan taʼminlangan majburiyatlar asosi boʻlib Garovga qoʻyuvchi va Garovga oluvchi oʻrtasida Garov shartnomasi tuzilishiga asos bo‘lgan shartnomaning mazmuni shartlarda tuzilgan Taraflar o‘rtasidagi garov shartnomasi imzolanishiga sabab bo‘lgan holat shartnomasi (keyingi oʻrinlarda “dastlabki shartnoma” deb yuritiladi) hisoblanadi:

-Dastlabki shartnomaning umumiy qiymati Dastlabki shartnoma bo‘yicha shartnoma qiymati soʻmni tashkil qiladi.

-Dastlabki shartnomaga koʻra garovga qoʻyuvchi oʻz majburiyatlarini bajarish muddati Dastlabki shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajaradigan muddat.

2.2. “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.

Yuqoridagi talablarga koʻra, mazkur shartnoma qarzdor tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilmasligi oqibatida hisoblanadigan neustoyka hamda undiruv xarajatlari qoplanishini taʼminlaydi.

 

3. GAROV NARSASI

 

3.1. Ushbu shartnoma boʻyicha garov narsasi boʻlib Garovga qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilayotgan garov narsasi (obyekti) nomi hisoblanadi.

3.2. Garov narsasining turi, rusumi va boshqa xususiyatlari: Garov obyekti sifatida qo‘yilgan garov narsasining xususiyatlari.

3.3. Garovga qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilayotgan garov narsasi (obyekti) nomining bozor qiymatdagi narxi Garov obyektining bozor qiymatdagi narxi soʻmni tashkil qiladi.

 

4. GAROVGA QOʻYUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. Garovga qoʻyuvchining huquqlari:

garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;

“Garov toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;

“Garov toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish;

garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish;

garovga oluvchi tomonidan quyidagi holatlar qoʻpol ravishda buzilsa garov shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishi mumkin:

1) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;

2) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi.

Garovga qo‘yuvchining boshqa huquqlari

4.2. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari:

har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;

garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart;

garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi;

garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi;

garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi;

garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;

oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.

Garovga qo‘yuvchining boshqa majburiyatlari

 

5. GAROVGA OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

5.1 Garovga oluvchining huquqlari:

uchinchi shaxslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisida garov reestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish;

garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;

garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish;

garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish;

davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;

garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;

qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;

qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;

garovga qoʻyuvchi shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

Garovga oluvchining boshqa huquqlari.

5.2. Garovga oluvchining majburiyatlari:

Shartnoma shartlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;

garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;

oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart.

Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:

asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;

garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart.

Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart.

Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.

Garovga oluvchining boshqa majburiyatlari.

 

6. SHARTNOMANING AMAL KILISH MUDDATI, SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI.

 

6.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugasada, taraflar shartnomaning amal qilish muddati davomida zimmalariga olgan majburiyatlarni toʻliq bajaradilar.

6.2. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, taraflar imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

 

7. FORS-MAJOR HOLATLARI

 

7.1. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

7.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

7.3. Agar fors-major holati garov shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

8. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

 

8.1. Garovga qoʻyilgan garov obyektiga undiruv Garovga oluvchining talabiga asosan sudga murojaat qilinmasdan amalga oshiriladi.

8.2. Garov narsasi sifatida qoʻyiladigan garov obyekti Garov obyekti saqlanadigan joyda saqlanadi.

Mazkur shartnomaga asosan navbatdagi garov taʼqiqlanadi. Garov narsasini almashtirishga Garovga oluvchining yozma roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

8.3. Ushbu shartnomada koʻzda tutilmagan hollarda taraflar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya qiladilar.

8.4. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikkita nusxada tuzilib, tomonlarning har biriga bir nusxadan beriladi.

 

9. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Garovga oluvchi:

 

Garovga qoʻyuvchi:

Yuridik manzil:Garovga oluvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Garovga qo‘yuvchi shaxsning manzili

H/r: Tashkilotning hisob raqami

 

Pasport seriya va raqam: Garovga qo‘yuvchining pasport seriyasi va raqami

Bank nomi: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Berilgan sana: Garovga qo‘yuvchiga pasport berilgan sana

Bank kodi: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi

 

Garovga qo‘yuvchiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

STIR: Tashkilotning STIR raqami

 

STIR: Garovga qo‘yuvchining STIR raqami

Telefon raqami Tashkilotning aloqa uchun telefon raqami

 

Telefon raqami Garovga qo‘yuvchining aloqa uchun telefon raqami

 

 

 

Garovga oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si _______________

M.Oʻ.

 

Garovga qo‘yuvchining F.I.O.si ___________

 

Garov shartnomasi jismoniy shaxslar uchun.