O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Ijaraga beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Ijaraga oluvchi
IV. Shartnoma shartlari
  • Izoh: IX «Shartnomaning alohida shartlari» bo‘limida mazkur Namunaviy shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi.

Yuklab oling

Fermer xoʻjaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatliijaraga olishning

NAMUNAVIY SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ijaraga beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan (keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladi) Ijaraga beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Ijaraga oluvchi fermer xo‘jaligining nomi fermer xoʻjaligi (keyingi oʻrinlarda “Ijaraga oluvchi” deb ataladi) Fermer xo‘jaligi rahbarining F.I.O.si ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:

I. Shartnomaning mavzusi

 

1. Ijaraga beruvchi Ijaraga berilayotgan yerning ijara muddati boshlanuvchi sana sanasidan Ijaraga berilayotgan yerning ijara muddati tugaydigan sana sanasigacha boʻlgan muddatga Ijaraga berilayotgan yerning joylashgan manzilida joylashgan Ijaraga berilayotgan yerning o‘lchami gektar yer uchastkasini ijaraga topshiradi, Ijaraga oluvchi esa yerni qabul qilib olib, yerdan shartnomada belgilangan maqsadda foydalanadi.

Ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan xaritada koʻrsatilgan.

2. Yer uchastkasi Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi maqsadida foydalanish uchun beriladi.

3. Koʻrsatilgan yer uchastkasida quyidagi qishloq xoʻjaligi yerlari joylashgan:

sugʻoriladigan haydaladigan yerlar Ijaraga berilayotgan yerdagi sug‘oriladigan haydaladigan yerning o‘lchami (gektar o‘lchov birligi bilan o‘lchanadi) ga;

sugʻorilmaydigan (lalmikor) haydaladigan yerlar Ijaraga berilayotgan yerdagi sug‘orilmaydigan lalmikor yerning o‘lchami ga;

bogʻlar Ijaraga berilayotgan yerdagi bog‘larning o‘lchami ga;

uzumzorlar Uzumzorlarning o‘lchami ga;

tutzorlar Tutzorlarning o‘lchami ga;

boʻz yerlar Ijaraga berilayotgan yerlarda bo‘z yerlarning o‘lchami ga;

Yerlarning tarkibi va maydoni toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan yerlarning ilova qilinayotgan izohlarida keltirilgan.

4. Ijaraga beriladigan sugʻoriladigan yerlarning tavsifi:

suv bilan taʼminlanganligi Ijaraga berilayotgan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi %;

madaniylashtirilganligi Yer uchastkasining madaniylashtirilganligi darajasi;

toshloqlik darajasi Yer uchastkasining toshloqlik darajasi;

shoʻrlanish darajasi Yer uchastkasining sho‘rlanish darajasi;

Yer uchastkasining boshqa tavsifi.

II. Ijara haqi

 

7. Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqi bir yil uchun Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun bir yilda to‘lanadigan ijara miqdori soʻm miqdorida etib belgilanadi.

8. Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlamaganlik uchun mazkur shartnomaga muvofiq penya undiriladi.

 

III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish shartlari

 

9. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda, belgilangan almashlab ekishlarga muvofiq foydalanilishi kerak.

10. Ichki xoʻjalik obyektlari qurishda va keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda Ijaraga oluvchi tomonidan buzilgan yer uchastkalari ijaraga oluvchining kuchi bilan va uning mablagʻlari hisobiga qayta madaniylashtiriladi.

11. Yer uchastkasi berish va undan foydalanishning boshqa shartlari Yer uchastkasidan foydalanishning boshqa shartlari (mavjud bo‘lmasa mavjud emas deb ko‘rsatiladi)

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

 

12. Ijaraga beruvchi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga oluvchi tomonidan Shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda ushbu Shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish;

yer uchastkasining kuchsizlanganligi darajasini aniqlash.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari

13. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, Shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini taʼminlash;

yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda Ijaraga oluvchining koʻrgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sugʻorish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini taʼminlash;

Ijaraga oluvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari

 

V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari

 

14. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xoʻjalik ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xoʻjalik yuritish;

qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxt koʻchatlariga, yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;

yer uchastkasida mavjud boʻlgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

sugʻorish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

qishloq xoʻjaligi ekinlarini, daraxtlarni sugʻorish va boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

ichki xoʻjalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish;

yerlar olib qoʻyilgan taqdirda oʻziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlatish.

Ijaraga oluvchining boshqa huquqlari

15. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:

yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 2-bandiga muvofiq saqlash;

davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulot yetishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);

yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllanish, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik. Fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xoʻjaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi;

ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;

yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

yagona yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlash;

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;

belgilangan shakllardagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda toʻlash;

qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini (uch yil mobaynidagi oʻrtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past boʻlmagan darajada boʻlishini taʼminlash;

arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan qurilishga ruxsat olish va loyihani arxitektura organlari bilan kelishish.

Ijaraga oluvchi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

Ijaraga oluvchining boshqa majburiyatlari.

 

VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasinioʻzgartirish va bekor qilish

 

16. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

17. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda:

fermer xoʻjaligining tugatilganda, shu jumladan bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor boʻlgan taqdirda tugatilganda;

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;

yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganda;

samarasiz foydalanilganda, yaʼni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;

yerlarning ekologik holati ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;

yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilganda;

agar fermer xoʻjaligi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmasa bekor qilinishi mumkin.

Shartnoma amaldagi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

VII. Tomonlarning javobgarligi

 

18. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

19. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday qonun buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi.

20. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish moʻljali toʻgʻrisida ikkinchi tomonni Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda moʻljallanayotgan bekor qilish sanasidan uch oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

VIII. Nizolarni hal etish

 

21. Ushbu Shartnomani amalga oshirishda paydo boʻladigan nizolar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

 

IX. Shartnomaning alohida shartlari

Shartnomaning alohida shartlari mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi

 

X. Yakuniy qoidalar

 

Taraflarning rekvizitlari

Ijaraga beruvchi:

 

Ijaraga oluvchi:

Ijaraga beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Ijaraga oluvchi fermer xo‘jaligining nomi

Manzil: Ijaraga beruvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Ijaraga oluvchi fermer xo‘jaligining yuridik manzili

Bank: Ijaraga beruvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Pasport berilgan sana: Ijaraga oluvchiga pasport berilgan sana

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

 

Pasport berilgan hudud: Ijaraga oluvchi pasport berilgan hudud

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

 

STIR: Ijaraga oluvchining STIR raqami

Telefon: Ijaraga beruvchining telefon raqami

 

Telefon: Ijaraga oluvchining telefon raqami

 

Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining lavozimi va F.I.O.si

 

____________

 

 

Fermer xo‘jaligi rahbarining F.I.O.si

 

 

_____________

 

(muhr)

 

 

(muhr)

 

 

 

Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli.