O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kafillik shartnomasi jismoniy shaxslar uchun.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Bank
  • Масалан: Устав, Низом ёки ишончнома
III. Kafil
IV. Qarzdor
V. Shartnoma shartlari
  • Izoh: Mazkur bandga kredit necha oyga berilganligi ko‘rsatiladi

Yuklab oling

KAFILLIK SHARTNOMASI

(Jismoniy shaxslarning kredit shartnomasi yuzasidan)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Kredit beruvchi bankning nomi, tashkiliy huquqiy shakli banki (keyingi oʻrinlarda – “Bank”) oʻz vakili – Bank vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish olib boruvchi Bankning rahbari lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va bundan buyon matnda «Kafil»deb yuritiluvchi fuqaro Kafil bo‘luvchi shaxsning F.I.O.si roʻyxatdan oʻtgan manzili: Kafilning yashash (ro‘xatdan o‘tgan) manzili,ikkinchi tomondan, hamda bundan buyon matnda “Qarzdor” deb yuritiluvchi fuqaro Qarzdor shaxsning F.I.O.si roʻyxatdan oʻtgan manzili: Qarzdorning yashash (ro‘xatdan o‘tgan) manzili istiqomat qiluvchi uchinchi tomondan quyidagilar haqida ushbu shartnomani imzoladilar.

 

Shartnoma mazmuni

 

1.1 Ushbu shartnomaga muvofiq Kafil, Kreditor va Karzdor oʻrtasida tuzilgan isteʼmol krediti shartnomasi boʻyicha qarzdorning barcha majburiyatlari, yaʼni xozirda mavjud boʻlgan va keyinchalik kelajakda vujudga kelishi mumkin boʻlgan majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan kreditor oldida toʻliq javob berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi:

 

2. Kafillik bilan taʼminlangan majburiyat

 

2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar asosi boʻlib, Kreditor va Karzdor oʻrtasida Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomaning sanasi sanasida quyidagi shartlar asosida tuzilgan Kredit shartnomasining raqami -sonli krediti shartnomasi xisoblanadi;

2.2 Kredit summasi: Kreditor va qarzdor o‘rtasida tuzilgan kredit shartnoma summasi soʻm.

2.3 Kreditdan foydalanish muddati: Qarzdorning kreditdan foydalanish muddati oy muddatga.

2.4 Kredit boʻyicha asosiy qarzni kaytarish muddati ushbu shartnomaning ilovasi va ajralmas qismi boʻlgan qaytarish jadvali asosida.

2.5 Kredit summasining soʻngi qaytarish sanasi: Qarzdor tomonidan kredit summasini qaytarishning so‘nggi sanasi

2.6 Kredit boʻyicha foiz stavkasi: yillik Kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasi foiz.

2.7 Kafillik summasi Kaffillik summasi soʻm.

2.7 Kreditning maqsadi va obyekti: kredit kartaga.

2.8 Kafil Kreditor oldida Qarzdor bilan baravar hajmda, solidar tartibda javob beradi, shu jumladan kredit va unga xisoblangan foizlarni toʻlaydi, qarzni undirib olish buyicha sud chiqimlarini va qarzdor tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli Kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

 

3. Kafilning majburiyatlari

 

3.1 Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar qarzdor tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, Kreditorning talabiga asosan Kafil kredit toʻlovlarni, kredit buyicha xisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni Kredit shartnomasidagi qarzdorning majburiyatlari bilan belgilangan muddat va miqdorda toʻlash majburiyatini oladi.

3.2 Kreditorning talabiga koʻra Kafil uzining ish joyi (asosiy yoki oʻrindoshlik asosidagi)dan oylik ish haqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishadi.

3.3 Ish joyi yoki yashash joyi oʻzgarganda, Kafil bu xaqda 10 kunlik muddat ichida Kreditorga xabar berishi lozim.

Kafilning boshqa majburiyatlari

 

4. Kreditorning majburiyatlari

 

4.1 Kafil qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlarini bajarganda, Kreditor qarzdorga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi xamma xujjatlarini xamda ushbu talablarni taʼminlaydigan xuquqni kafilga topshirish majburiyatini oladi.

Kreditorning boshqa majburiyatlari

 

5. Shartnomani bajarish tartibi

 

5.1 Qarzdor kredit shartnomasi buyicha olgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan takdirda, Kafil Kreditorga foizlarni toʻlash xamda asosiy qarzni kaytarish majburiyatini oladi.

5.2 Kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorning majburiyatlarini bajargan Kafilga Kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha xuquqlari Kafil Kreditorning talablarini qancha xajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha xajmda oʻtadi.

 

6. Shartnoma boʻyicha javobgarlik

 

6.1 Taraflar mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonun xujjatlari talablari doirasida javobgardirlar.

6.2 Kafil kaytarish muddati kelgan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki ravishda ogoxlantirilgach, belgilangan muddat davomida oʻz majburiyatlarini bajarmasa, toʻlov kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan summasining shartnomada belgilangan foizning 1.2 baravari miqdorida Kreditorga penya tulaydi.

Bank xuquqlari:

6.3 Qarzdor va unga kafil boʻlayotgan jismoniy shaxslarning daromad manbalariga nisbatan shubha uygʻonganida yoki kreditni kaytarilishda muammoga duch kelganida bank xodimlarini qarzdor va unga kafil boʻlgan jismoniy shaxslarning ish joylariga borib ularning ish joyidan tasdiqlangan holda maʼlumotnoma oladi va belgilangan muddatlarda monitoring oʻtkazadi.

6.4 Agar karzdor majburiyatini bajarmasa, bank kafildan ushbu qarzdorni majburiyatlarini toʻlik qoplab berishni talab kilishga xaqli.

6.5 Agar kafil qarzdorni majburiyatlarini qoplab bermagan taqdirda bank kafildan ushbu majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olishga haqli.

7. Boshka shartlari

 

7.1 Mazkur shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish taraflarning roziligi acosida qoʻshimcha Kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shu bilan Kafil Kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritishga oldindan oʻz roziligini beradi va qarzdorning Kredit shartnomasiga kiritiladigan mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan vujudga keladigan majburiyatlari boʻyicha toʻliq javob berish majburiyatini oladi.

7.2 Mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilmagan xolatlarda, taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asoslanadi (rioya kiladi)lar.

7.3 Mazkur shartnoma taraflar imzolaganidan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarini toʻlik bajargunga qadar amal kiladi.

7.4 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzilib tomonlarining xar biriga bir nusxadan beriladi.

 

8. Fors-major holatlar

 

8.1. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

 

9. Nizolarni hal etish tartibi

9.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

9.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

9.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

9.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.

9.5. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirilishi, elektron pochta manziliga yoki pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi mumkin.

9.6. Mazkur shartnoma tomonlar imzolagan kunlan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

 

 

10. Tomonlarning manzillari, imzolari

 

Bank

Kafil

Qarzdor

Kredit beruvchi bankning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

Kafil bo‘luvchi shaxsning F.I.O.si

Qarzdor shaxsning F.I.O.si

Manzil: Bankning manzili

Manzil: Kafilning yashash (ro‘xatdan o‘tgan) manzili

Manzil: Qarzdorning yashash (ro‘xatdan o‘tgan) manzili

H/R: Bankning hisob raqami

Kafil bo‘luvchi shaxsning tug‘ilgan yili yilda tugʻilgan

Qarzdor shaxsning tug‘ilgan yili yilda tugʻilgan

STIR: Bankning STIR raqami

Pasport seriya: Kafilning pasport seriyasi va raqami

Pasport seriya: Qarzdorning pasport seriyasi va raqami

 

MFO:Bankning MFO raqami

Kafilga pasport berilgan sana yilda berilgan

Qarzdorga pasport berilgan sana yilda berilgan

Telefon: Bankning aloqa raqami

 

Kafilga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

Qarzdorga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

 

STIR: Kafilning STIR raqami

STIR: Qarzdorning STIR raqami

 

Telefon: Kafilning aloqa uchun raqami

Telefon: Qarzdorning aloqa uchun raqami

 

Bankning rahbari lavozimi va F.I.O.si

____________

Kafil bo‘luvchi shaxsning F.I.O.si

 

___________

Qarzdor shaxsning F.I.O.si___________

 

M.Oʻ

 

 

 

 

 

 

 

Kafillik shartnomasi jismoniy shaxslar uchun.

Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.

Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi mumkin.

Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.

Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.