O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kompyuter dasturlarini yaratish va buyurtmachiga topshirish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Buyurtmachi
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Ijrochi
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
IV. Shartnoma shartlari
  • Izoh: Sinov muddati oylar bilan belgilanadi. Masalan 3, 6, 9 oy

Yuklab oling

KOMPYUTER DASTURLARINI YARATISH VA BUYURTMACHIGA TOPSHIRISH SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

Buyurtmachi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatuvchi Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shaklining Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si (bundan keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) va Ijrochi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxs Ijrochi tashkilot nomi tashkiliy huquqiy shaklining Ijrochi tashkilotning rahbari lavozimi va F.I.O.si (bundan keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) birgalikda Taraflar deb ataluvchilar quyidagi mazmunda mazkur Shartnomani tuzdilar.

 

1. SHARTNOMA MAVZUSI

 

1.1. Ushbu shartnoma ijrochi tomonidan buyurtmachining buyurtmasiga binoan kompyuter dasturlarini ishlab chiqish shartlarini belgilaydi.

1.2. Ijrochi buyurtmachining buyurtmasiga muvofiq kompyuter uchun Ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kompyuter dasturining nomi dasturini haq evaziga mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda ishlab chiqish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.3. Dasturni ishlab chiqish shartlari va bosqichlari ushbu shartnoma shartlarida koʻrsatib oʻtiladi.

 

2. IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarga ega:

2.1.1. texnik shartlarga muvofiq dastur ishlab chiqish;

2.1.2. dasturni sinab koʻrish;

2.1.3. dasturni oʻrnatish va dasturning foydalanuvchisi uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish;

2.1.4. bajarilgan ishlar boʻyicha taraflar oʻrtasida topshirish, qabul qilish dalolatnomasini imzolash orqali ishlab chiqilgan dasturni buyurtmachiga topshirish;

2.1.5. dasturni ishlab chiqish yakuniga yetgandan soʻng, uni buyurtmachi kompyuteriga oʻrnatish va kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etish;

2.1.6. buyurtmachining mutaxasisslarini dastur bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish;

2.1.7. Kompyuter dasturi bo‘yicha sinov muddati oy davomida sinov muddatini belgilash, mazkur muddatda ijrochi kelib chiqqan nuqsonlarni bepul bartaraf etish;

2.1.8. mazkur shartnomaga muvofiq muddatda belgilangan dasturni ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish;.

2.1.9. uchinchi shaxslarga ushbu shartnomani amalga oshirish paytida maʼlum boʻlgan tijorat, moliyaviy, texnik va boshqa maʼlumotlarni oshkor qilmaslik.

Ijrochining boshqa majburiyatlari

22.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

2.2.1. dasturni ishlab chiqishni amalga oshirishni belgilangan muddatdan oldin yakuniga yetkazish;

2.2.2. Shartnomani bekor qilish, buyurtmachi shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda dastur ishlab chiqish ishlarini toʻxtatib turish yoki bekor qilish.

Ijrochining boshqa huquqlari

 

3. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:

3.1.1. ushbu shartnoma shartlari boʻyicha ijrochi tomonidan dasturni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash;

3.1.2. ijrochiga dasturni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etish;

3.1.3. dasturni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ijrochi bilan oʻzaro aloqada boʻlish uchun masʼul shaxsni tayinlash;

3.1.4. dasturni ishlab chiqish ishlarining bajarilganligi toʻgʻrisidagi ishlab chiqilgan dasturni topshirish qabul qilish dalolatnomasini imzolash. Bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolashdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi, faqat buyurtmachining dasturni ishlab chiqish boʻyicha bajarilgan ishlarning sifati va hajmi toʻgʻrisida asosli eʼtirozlari bundan mustasno.

3.1.5. ushbu shartnomani amalga oshirish paytida maʼlum boʻlgan tijorat, moliyaviy, texnik va boshqa maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Ijrochidan dasturni ishlab chiqish ishlarini shartnomada belgilangan muddatda yakuniga yetkazishni talab qilish;

3.2.2. ushbu shartnomani bekor qilish, mazkur sharnoma amalda boʻlgan vaqtda ijrochi tomonidan ishlab chiqilayotgan dastur oʻz ahamiyatini yoʻqotgan taqdirda, mazkur masala yuzasidan ijrochini bir oy oldin xabardor qilish. Shartnomani bekor qilish yuzasidan ijrochi tegishli tartibda xabardor qilingandan soʻng mazkur shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Bunda Ijrochi dasturni ishlab chiqish yuzasidan bajarilgan ishlar boʻyicha amalga oshirgan xarajatlarini talab qilishi mumkin.

Buyurtmachining boshqa huquqlari

 

4. ISH QIYMATI VA TOʻLOV TARTIBI

 

4.1. Buyurtmachi dasturni ishlab chiqish yuzasidan ijrochiga toʻlaydigan xizmat haqi Taraflarning kelishuviga ko‘ra dasturni ishlab chiqish uchun ijrochiga to‘lanadigan haq (pul mablag‘i) miqdori soʻmni tashkil qiladi va ushbu shartnomaga ilova qilinadi.

4.2. Buyurtmachi ushbu shartnomaning predmeti boʻlgan dasturni ishlab chiqish xarajatlarini ijrochining joriy hisobvaragʻiga pul koʻchirish yoki naqd pul berish orqali toʻlaydi.

 

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Ushbu shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki notoʻgʻri bajarganlik uchun tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikni oʻz zimmalariga oladilar.

5.2. Ushbu shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar ushbu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan muzokaralar yoʻli bilan hal qilishadi. Agar nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishning iloji boʻlmasa, nizolar sudlanuvchining joylashgan joyida sudda hal qilinishi kerak. Sudga murojaat qilish uchun boshqa tomon tomonidan oʻn kun ichida koʻrib chiqiladigan yozma daʼvo taqdim etilishi shart.

 

6. MUALLIFLIK HUQUQI

 

6.1. Dasturdan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishning mutlaq huquqi ijrochiga tegishli. Ushbu shartnomani tuzish dasturga egalik huquqini ijrochidan buyurtmachiga toʻliq oʻtkazishni anglatmaydi.

6.2. Dasturga boʻlgan mulkiy huquqlar dasturni ishlab chiqish uchun toʻlovlar ijrochiga toʻliq ravishda toʻlab berilgandan soʻng buyurtmachiga taqdim qilinadi.

6.3. Buyurtmachi ijaraga olish yoki ijaraga berish, sotish, uzatish, oʻzgartirish, dasturning yangi versiyalarini yaratish, dasturni yoki uning biron bir qismini dekompilyatsiya qilish huquqiga ega emas.

6.4. Ijrochi dasturdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga ega.

 

7. FORS-MAJOR HOLATLAR

7.1. Ushbu Shartnomaga koʻra qabul qilingan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon, agar bunga fors-major holat sabab boʻlganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.

7.2. Fors-major holatlarga, ular oqibatida kelib chiqqan favqulodda, joriy sharoitda bartaraf etib boʻlmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tomonlarning mazkur Shartnomani bajarishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, quyidagilar kiradi:

a) tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va boshqa tabiiy hodisalar);

b) ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakat, ish tashlash, qamal, davlat tashkilotlari hamda davlatlar oʻrtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar).

7.3. Fors-major holat sodir boʻlishi oqibatida oʻz majburiyatini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan va javobgarlikdan ozod qilishni daʼvo qiladigan tomon fors-major holat sodir boʻlganini maʼlum boʻlishi bilan ikkinchi tomonni mazkur holat toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

7.4. Javobgarlikdan ozod boʻlish uchun asos fors-major holat sodir boʻlgan vaqtdan boshlab yoki agar xabar oʻz vaqtida berilmagan boʻlsa, u holda xabar berilgan sanadan eʼtiboran kuchga ega boʻladi. Xabar berilmasligi, majburiyatni bajarmagan tomon zimmasiga koʻrilgan zararni qoplash yuzasidan javobgarlikni yuklaydi.

7.5. Fors-major holatlarning 6 oylik muddat davomida saqlanib turishi mazkur Shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.

 

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

8.1. Ushbu shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.

9. NIZOLARNI HAL ETISH

9.1. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etishning barcha zarur choralarini koʻrish majburiyatini oladi.

9.2. Nizoni muzokara yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Nizolar yuzasidan murojaat qilinuvchi sud nomi sudda hal qilinadi.

 

Buyurtmachi:

 

Ijrochi:

Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Ijrochi tashkilot nomi tashkiliy huquqiy shakli

Yuridik manzil:Buyurtmachining manzili

 

Yuridik manzil:Ijrochining manzili

Hisob-kitob raqami:Buyurtmachining hisob raqami

 

Hisob-kitob raqami:Ijrochining hisob raqami

Bank nomi:Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank nomi: Ijrochining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

Bank kodi:Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

 

Bank kodi: Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

STIR:Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR:Ijrochining telefon raqami

Aloqa telefoni:Buyurtmachining telefon raqami

 

Aloqa telefoni:Ijrochining telefon raqami

Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si

 

________

 

Ijrochi tashkilotning rahbari lavozimi va F.I.O.si_________

 

(M.Oʻ)

 

 

(M.Oʻ)

 

 

 

 

 

 

Kompyuter dasturlarini yaratish va buyurtmachiga topshirish shartnomasi.

Kompyuter dasturlariga talab oshgan bugungi kunda kunda kompyuter dasturlarini yaratish va buyurtmachiga topshirish shartnomalariga ham e’tibor kuchaymoqda.

Kompyuter dasturlarini yaratish va buyurtmachiga topshirish shartnomalari orqali taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi.

Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.