O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Lizing shartnomasi (jismoniy shaxlar uchun).

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Lizing beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Lizing oluvchi
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

LIZING SHARTNOMASI

(Jismoniy shaxslar uchun)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Lizing beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shaklining (keyingi oʻrinlarda – Lizing beruvchi) Lizing beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si Lizing beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yuritib bir tomondan, va Lizing oluvchi shaxsning manzili manzilida (keyingi oʻrinlarda – Lizing oluvchi) yashovchi Lizing oluvchining F.I.O.si,ikkinchi tomondan, ushbu lizing shartnomasini (keyingi oʻrinlarda – Shartnoma) quyidagilar haqida tuzdik.

 

1-§. Shartnoma predmeti

 

1. Lizing beruvchi ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq lizing obyektini mulk sifatida sotib olishga va uni Lizing oluvchiga vaqtincha egalik qilish va tadbirkorlik maqsadida foydalanish uchun mazkur Shartnomada koʻrsatilgan muddatga, shartlarda va haq evaziga lizingga beradi, Lizing oluvchi esa lizing toʻlovini ushbu Shartnoma shartlari va lizing toʻlovini amalga oshirish grafigiga muvofiq toʻlaydi.

2. Lizing obyekti Lizinga berilayotgan obyektning nomi boʻlib, uning umumiy qiymati Lizinga berilayotgan obyektning umumiy qiymati (raqam va so‘z bilan yoziladi) soʻm.

3. Lizing obyekti Lizing oluvchining buyurtmasiga muvofiq Lizing obyekti xarid qilinishi lozim bo‘lgan savdo tashkilotidan (keyingi oʻrinlarda – Sotuvchi) xarid qilinishi lozim.

Mazkur shartnoma shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Lizing toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiqdir.

 

2-§. Lizing obyektini yetkazib berish va foydalanishga topshirish

 

4. Lizing beruvchi tomonidan lizing obyektini Lizing oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanishga berish topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.

5. Lizing beruvchi lizing obyektini ushbu Shartnomada koʻrsatilgan muddatda yetkazib berish toʻgʻrisida Sotuvchi bilan kelisha olmasa, lizing obyektini yetkazib berish muddati, Sotuvchi yetkazib berishni kafolatlaydigan vaqtgacha, uzaytirilishi mumkin.

 

3-§. Lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi, balans hisobini yuritish va amortizatsiya hisoblash

 

6. Ushbu Shartnoma amal qiladigan davrda lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi Lizing beruvchida boʻladi. Lizing obyektiga vaqtincha egalik qilish va undan foydalanish huquqi ushbu Shartnomada koʻzda tutilgan cheklovlar bilan Lizing oluvchiga oʻtadi.

7. Lizing obyekti hisobi Lizing oluvchining balansida yuritiladi va unga amortizatsiya (eskirish) hisoblanadi.

 

4-§. Shartnoma qiymati, lizing muddati va lizing toʻlovlari

 

8. Ushbu Shartnomaning (lizingning) umumiy qiymati Lizing shartnomasining umumiy qiymati (raqam va so‘z bilan yoziladi) soʻmni tashkil qiladi.

9. Lizing muddati – Lizing muddati (oy) oy.

10. Lizing boʻyicha asosiy qarzni toʻlash tartibi va muddati, mazkur Shartnomaning 2-ilovasida keltirilgan, grafikda belgilab qoʻyiladi. Lizing obyektidan foydalanganlik uchun haq (foiz) ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq toʻlanadi. Lizing obyektini yetkazib berish muddati oʻzgarsa, Lizing oluvchi Lizing beruvchi bilan kelishgan holda lizing toʻlovini amalga oshirish grafigini oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi.

11. Lizing obyektiga oid uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) toʻlovning Lizing obyekti uchun to‘lovning lizinga beruvchi tomonidan to‘lanadigan qismi (so‘mda yoziladi) soʻmga teng qismi Lizing beruvchining mablagʻi hisobidan;

b) toʻlovning Lizing obyekti uchun to‘lovning lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan qismi (so‘mda yoziladi) soʻmga teng qismi Lizing oluvchining mablagʻi hisobidan.

12. Lizing obyektidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi yillik hisob asosida Lizing obyektidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan yillik foiz (foiz stavkasi) % miqdorida belgilanadi va lizing obyektini Lizing oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanishga berishga oid topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab har kunga hisoblab boriladi.

13. Lizing oluvchi lizing obyektidan foydalanganlik uchun haqni (foizni), lizing obyektini vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanishga berishga oid topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab, har oyning Lizing obyektidan foydalanganlik uchun har oyda to‘lovlar to‘lanadigan sana-sanasida toʻlab beradi yoki Lizing beruvchi tomonidan undirilib olinadi. Lizing toʻlovi toʻlanadigan kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, lizing obyektidan foydalanganlik uchun foizni toʻlash, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kunida amalga oshiriladi.

14. Lizing toʻlovini amalga oshirish grafigiga muvofiq lizing boʻyicha asosiy qarz oʻz vaqtida qaytarilmaganda, foiz stavkasi 1,5 barobar oshiriladi.

15. Lizing boʻyicha muddati oʻtgan foiz toʻlovi yuzaga kelgan taqdirda, Lizing oluvchi har bir muddati oʻtgan kun uchun toʻlov muddati oʻtgan qarzdorlikdan 0,5%, lekin muddati oʻtgan foiz qarzdorligining 50 foizidan oshmagan miqdorda, Lizing beruvchiga penya toʻlaydi.

16. Lizing oluvchi tashabbusi bilan ushbu Shartnoma shartlari qayta koʻrilganda, Lizing beruvchi lizing qiymatining soʻndirilmagan qismidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobarigacha miqdorda vositachilik haqi undirish huquqiga ega boʻladi.

17. Lizing obyektining uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasi qiymati 100% toʻlangan kundan lizing obyektini vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanishga berishga oid topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kungacha har bir kun uchun Lizing oluvchi tomonidan Lizing beruvchi foydasiga lizing (shartnoma) qiymatidan 0,05% toʻlov amalga oshiriladi.

19. Lizing shartnomasini tuzish, lizing obyektini sotib olish va uni vakolatli davlat idoralarida roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq Lizing beruvchi tomonidan qilingan barcha xarajatlar, Lizing oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga akseptsiz ravishda mablagʻni yechish uchun toʻlov talabnomasi qoʻyish orqali, Lizing oluvchi tomonidan qoplanadi.

 

5-§. Lizing taʼminoti

 

20. Lizing oluvchi lizing taʼminoti sifatida, Lizing beruvchi tomonidan lizing obyekti uchun toʻlov amalga oshirilgunga qadar, quyidagilarni taqdim etadi (taʼminot turiga qarab):

a) lizing shartnomasi muddatiga sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi;

b) notarial tartibda tasdiqlangan garov shartnomasi asosida Lizing oluvchining aloqa uchun raqami;

 

6-§. Lizing obyektining sifati va butligi

 

21. Lizing oluvchi lizing obyektini ushbu Shartnomaning 4-bandida belgilangan tartibda qabul qiladi.

22. Lizing beruvchi Sotuvchi tomonidan lizing obyektining uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasiga koʻra olingan majburiyatlar bajarilmagan holatlar uchun javobgar boʻlmaydi.

23. Lizing oluvchi lizing obyektining uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi lizing obyekti sifati va butligi yuzasidan bevosita Sotuvchiga talab qoʻyishga haqli hisoblanadi.

 

7-§. Lizing obyekti turadigan joy va undan foydalanish shartlari

 

24. Mazkur Shartnoma muddati davomida lizing obyekti Lizing oluvchiga qarashli Lizing obyekti turadigan manzil manzilda joylashgan obyektda turadi. Lizing obyekti turadigan joyni oʻzgartirish uchun Lizing beruvchining yozma roziligi olinadi.

25. Lizing oluvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

a) lizing obyektidan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish;

b) tegishli standartlar, texnik talablar, ekspluatatsiya qoidalari va ishlab chiqaruvchi korxona yoʻriqnomasiga rioya etish;

v) lizing obyektini soz holatda saqlash;

g) lizing obyektining ahvolini muntazam ravishda tekshirib turish;

d) lizing obyekti faol holatda boʻlishini taʼminlash, uning nosoz qismlarini, agar Lizing beruvchi bilan tuzilgan ushbu Shartnomada boshqacha holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, Sotuvchi yetkazib bergan yoki tavsiya qilgan ehtiyot qismlar bilan almashtirish. Mazkur shart bajarilmagan taqdirda Lizing beruvchi Lizing oluvchidan lizing obyektini taʼmirlashni talab qilish huquqiga ega boʻladi, Lizing oluvchi esa lizing obyektini oʻz mablagʻi hisobidan taʼmirlash majburiyatini oladi;

ye) lizing obyekti ushbu obyekt boʻyicha mutaxassis xodimlar tomonidan toʻgʻri ekspluatatsiya qilinishini taʼminlash;

yo) lizing obyektiga texnik xizmat koʻrsatish yuzasidan mutaxassislar bajargan barcha ishlar haqini oʻz vaqtida toʻlash;

j) lizing obyektidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar – roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziya olish va boshqa zarur talablarni bajarish;

z) Lizing beruvchi tomonidan toʻlangan barcha xarajatlar, boj, soliq (mulk, yer va qoʻshimcha qiymat soliqlari), ushbu Shartnomani bajarish bilan bogʻliq turli xarajatlar hamda lizing obyektining uch tomonlama oldi-sotdi shartnomasi ijrosiga daxldor xarajatlarni qoplash;

i) lizing obyektiga amortizatsiya (eskirish) hisoblash;

y) lizing toʻlovini oʻz vaqtida toʻlash.

26. Lizing beruvchi va Lizing oluvchi oʻrtasidagi lizing obyektini vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanishga berish topshirish-qabul qilish dalolatnomasi Lizing beruvchining lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi tegishli davlat idorasida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng 5 bank ish kuni ichida imzolanadi.

 

8-§. Lizing obyektiga oʻzgartirish kiritish

 

27. Lizing oluvchi Lizing beruvchidan yozma rozilik olmasdan lizing obyektiga biron-bir tarzda (lizing obyektidan ajraladigan va ajralmaydigan) oʻzgartirish yoki tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

28. Lizing obyektiga Lizing oluvchi tomonidan, Lizing beruvchining yozma roziligi asosida, kiritilgan har qanday oʻzgartirish va tuzatish lizing obyektining bir qismi hisoblanadi.

 

9-§. Ushbu shartnoma boʻyicha huquqlar va majburiyatlarning uchinchi shaxsga oʻtishi

 

29. Lizing beruvchiga ushbu Shartnomaga koʻra tegishli boʻlgan huquqlar (talablar) toʻliq yoki qisman uchinchi shaxsga berilishi mumkin. Bunday holatda Lizing beruvchi oʻz huquqlari (talablari) uchinchi shaxsga oʻtishidan 30 kun oldin Lizing oluvchiga yozma xabar berishi shart.

30. Lizing oluvchi quyidagilarga haqli emas:

a) lizing obyektini sotish, shuningdek uni uchinchi shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;

b) lizing obyektini korxonaning (tashkilotning) ustav kapitaliga ulush sifatida kiritish;

v) lizing obyektini berib yuborish yoki qayta garovga qoʻyish.

31. Lizing oluvchi, Lizing beruvchining yozma roziligini olmay turib, lizing obyektiga nisbatan quyidagi harakatlarni qilishga haqli emas:

a) sublizingga berish;

b) mazkur Shartnoma boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni boshqaga oʻtkazish (qayta ijara);

v) bepul foydalanishga berish;

g) lizingga oid huquqlarini garovga qoʻyish;

d) uchinchi shaxsni lizing obyektining konstruksiyasi va texnik tavsifi bilan tanishtirish.

 

10-§. Lizing obyektini nazorat qilish

 

32. Lizing beruvchining tegishli vakolatga ega boʻlgan xodimlari lizing obyektini nazorat qilishga haqli hisoblanadi. Mazkur bandni bajarish maqsadida Lizing oluvchi oʻzida belgilangan ish vaqti davomida Lizing beruvchi vakillarining lizing obyekti turgan va ishlatilayotgan hududga (binoga) bemalol kirishini taʼminlash majburiyatini oladi.

 

11-§. Lizing obyektining kutilmaganda nobud boʻlishi, uni yoʻqotib yoki buzib qoʻyish oqibatlari

 

33. Lizing obyektini Lizing oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin uning kutilmaganda nobud boʻlishi, uni yoʻqotib yoki buzib qoʻyishga oid barcha masʼuliyat Lizing oluvchiga oʻtadi.

34. Lizing obyekti buzib qoʻyilganda Lizing oluvchi uni oʻz hisobidan darhol tuzatishi hamda uni hamisha faol va ishlaydigan holatda saqlab turishi kerak. Bunday holda ushbu Shartnoma oʻzgartirilmaydi, Lizing oluvchi esa mazkur Shartnomada koʻzda tutilgan tartibda va muddatda lizing toʻlovini amalga oshirishni davom ettiradi.

35. Lizing obyekti kutilmaganda nobud boʻlgan, shuningdek buzib qoʻyilgan va uni tuzatishning imkoni boʻlmagan holda Lizing oluvchi ushbu Shartnomaga koʻra Lizing beruvchiga toʻlanishi kerak boʻlgan lizing toʻlovi bilan lizing obyekti nobud boʻlgan yoki buzib qoʻyilgan paytgacha toʻlangan lizing toʻlovi oʻrtasidagi farqni Lizing beruvchiga oʻtkazib beradi. Lizing toʻlovi toʻliq amalga oshirilgan vaqtdan boshlab lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi Lizing oluvchiga oʻtadi.

 

12-§. Lizing obyektini sugʻurta qilish

 

36. Lizing obyekti quyidagi tavakkalchiliklardan sugʻurta qilinadi:

a) nobud boʻlish, yongʻin, barvaqt eskirish, yoʻqotib qoʻyish, qayta tiklab boʻlmaydigan darajada buzib qoʻyish;

b) baxtsiz hodisa va boshqa tavakkalchiliklar.

37. Sugʻurta shartnomasi Lizing beruvchining lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi tegishli davlat idorasida roʻyxatga olingandan soʻng 5 bank kuni ichida tuziladi.

38. Lizing oluvchi lizing obyektini Lizing beruvchi foydasiga sugʻurta qiladi. Lizing obyekti Lizing beruvchi maʼqullagan sugʻurta kompaniyasida ushbu Shartnoma amal qiladigan muddatga sugʻurta qilinadi. Sugʻurta shartnomasining barcha shartlari Lizing beruvchi bilan kelishilgan boʻlishi lozim. Sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisining asl nusxasi, lizing obyekti Lizing oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangunga qadar, Lizing beruvchiga topshiriladi.

39. Lizing beruvchi ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurta qilishga haqli hisoblanadi. Tadbirkorlik tavakkalchiligini sugʻurtalash shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi va undan foyda oluvchi barcha hollarda Lizing beruvchi hisoblanadi.

40. Mazkur Shartnomada koʻzda tutilgan har qanday sugʻurta majburiyati ushbu Shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida kuchga ega boʻladi.

 

13-§. Lizing obyekti yuzasidan sugʻurta toʻlovlari

 

41. Lizing obyekti bilan sugʻurta holati yuz berganda toʻlanadigan barcha toʻlovni Lizing beruvchi qabul qiladi. Lizing obyektining nobud boʻlishi yoki buzilishi natijasida Lizing beruvchi koʻrgan zararni Lizing oluvchi oʻz hisobidan soʻndirgan, jarima va foizlarni toʻlagan taqdirda, ular bilan Lizing beruvchi olgan sugʻurta toʻlovi orasidagi farq Lizing beruvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻi kiritilgan paytdan boshlab koʻpi bilan 10 kun ichida Lizing oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Agar Lizing oluvchi koʻrilgan zarar va jarima toʻlovini qisman soʻndirsa, Lizing beruvchi Lizing oluvchiga sugʻurta toʻlovini, soʻndirilmagan qarzdorlikni chegirib qolgan holda, oʻtkazib beradi.

42. Sugʻurta shartnomasi boʻyicha olingan pul mablagʻining yetarli emasligi mazkur Shartnomada koʻzda tutilgan lizing toʻlovi, jarima va koʻrilgan zararni Lizing oluvchidan toʻliq undirib olish uchun asos boʻladi.

 

 

14-§. Shartnomani Lizing oluvchi tashabbusi bilan bekor qilish

 

43. Lizing beruvchi lizing obyektidan ushbu Shartnoma shartlariga yoki belgilangan maqsadda foydalanishga toʻsqinlik qilganda, mazkur Shartnoma Lizing oluvchi tashabbusi bilan sud orqali bekor qilinishi mumkin.

 

15-§. Shartnomani Lizing beruvchi tashabbusiga koʻra bekor qilish

 

44. Ushbu Shartnoma quyidagi hollarda Lizing beruvchining tashabbusi bilan sud orqali bekor qilinadi:

a) Lizing oluvchi lizing obyektidan foydalanish paytida Shartnoma shartlari buzilishiga yoʻl qoʻyganda yoki belgilangan maqsadda foydalanmaganda;

b) Lizing oluvchi lizing obyektining holati jiddiy yomonlashuviga yoʻl qoʻyganda;

v) Lizing oluvchi lizing toʻlovini ushbu Shartnomada belgilangan oraliq toʻlov muddati tugagandan keyin ketma-ket ikki martadan ortiq toʻlamaganda. Lizing beruvchi sudga murojaat qilishga, Lizing oluvchini Shartnoma shartlari buzilganligi haqida yozma ogohlantirib, ularni bartaraf etishning ushbu ogohlantirish xatida belgilangan muddati tugagandan soʻng haqli boʻladi.

45. Lizing beruvchi quyidagi hollarda ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga haqli boʻladi:

a) Lizing oluvchi ushbu Shartnomaning 30-bandida qayd etilgan harakatlarni sodir etganda;

b) Lizing oluvchi ushbu Shartnomaning 31-bandida qayd etilgan harakatlarni sodir etganda.

 

16-§. Shartnoma muddati tugagandan soʻng lizing obyektiga mulk huquqining Lizing beruvchidan Lizing oluvchiga oʻtishi

 

46. Mazkur Shartnoma muddati tugagandan, yaʼni Lizing beruvchi va Lizing oluvchi ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargandan keyin lizing obyektiga mulk (egalik) huquqi Lizing beruvchidan Lizing oluvchiga oʻtadi. Lizing obyektiga mulk (egalik) huquqini Lizing beruvchidan Lizing oluvchiga oʻtkazish uchun:

a) Lizing beruvchi va Lizing oluvchi oʻrtasida qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi tuziladi;

b) Lizing beruvchi va Lizing oluvchi oʻrtasida lizing obyektiga mulk (egalik) huquqini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolanadi.

47. Lizing oluvchi lizing obyektiga mulk (egalik) huquqini Lizing beruvchidan olgandan soʻng, oʻzining ushbu huquqini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi. Lizing obyektini Lizing oluvchi nomiga rasmiylashtirish boʻyicha barcha xarajat Lizing oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.

 

17-§. Lizing obyektini qaytarib olish shartlari va tartibi

 

48. Agar Lizing oluvchi tomonidan ushbu Shartnomaning 25, 30 va 31-bandlarida qayd etilgan shartlar bajarilmasa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda Lizing beruvchining talabi bilan lizing obyekti qaytarib beriladi. Lizing oluvchi tomonidan lizing obyektini qaytarish toʻgʻrisida Lizing beruvchi talabnomasi olinganda, Lizing oluvchi talabnoma olingandan soʻng 30 kun ichida lizing obyektini Lizing beruvchining vakillariga topshirish orqali amalda joylashgan joyida qaytaradi. Lizing obyektining qaytarilishi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Lizing beruvchiga lizing obyekti qaytarib berilgandan soʻng, Lizing oluvchi 30 kun davomida lizing obyektini qaytarib olish uchun toʻlov qilish (vыkup) huquqini yoʻqotmaydi.

49. Lizing oluvchidan lizing obyektini qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ushbu Shartnomaga muvofiq belgilanadi.

50. Lizing obyektining qaytarib olinishi Lizing oluvchini ushbu Shartnomani bekor qilish paytigacha bajarishi zarur boʻlgan majburiyatlardan ozod etmaydi. Lizing oluvchidan lizing obyekti qaytarib olinganda, Lizing beruvchi hisobiga lizing toʻlovi sifatida kirim qilingan toʻlovlar va ushbu Shartnomaga muvofiq Lizing oluvchi tomonidan toʻlangan boshqa toʻlovlar qaytarilmaydi.

 

17-§. Fors-major holatlar

 

51. Ushbu Shartnomaga koʻra qabul qilingan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon, agar bunga fors-major holat sabab boʻlganligini isbotlay olmasa, javobgar boʻladi.

52. Fors-major holatlarga, ular oqibatida kelib chiqqan favqulodda, joriy sharoitda bartaraf etib boʻlmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tomonlarning mazkur Shartnomani bajarishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, quyidagilar kiradi:

a) tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va boshqa tabiiy hodisalar);

b) ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakat, ish tashlash, qamal, davlat tashkilotlari hamda davlatlar oʻrtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar).

53. Fors-major holat sodir boʻlishi oqibatida oʻz majburiyatini bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan va javobgarlikdan ozod qilishni daʼvo qiladigan tomon forsmajor holat sodir boʻlganini maʼlum boʻlishi bilan ikkinchi tomonni mazkur holat toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

54. Javobgarlikdan ozod boʻlish uchun asos fors-major holat sodir boʻlgan vaqtdan boshlab yoki agar xabar oʻz vaqtida berilmagan boʻlsa, u holda xabar berilgan sanadan eʼtiboran kuchga ega boʻladi. Xabar berilmasligi, majburiyatni bajarmagan tomon zimmasiga koʻrilgan zararni qoplash yuzasidan javobgarlikni yuklaydi.

55. Fors-major holatlarning 6 oylik muddat davomida saqlanib turishi mazkur Shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.

 

18-§. Shartnomaning amal qilish muddati

 

56. Ushbu shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.

 

19-§. Nizolarni hal etish

 

57. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etishning barcha zarur choralarini koʻrish majburiyatini oladi.

58. Nizoni muzokara yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Taraflar o‘rtasida nizo chiqqan taqdirda murojaat qilinadigan sud nomi sudda hal qilinadi.

 

20-§. Boshqa shartlar

59. Lizing oluvchi Sotuvchi tomonidan lizing obyekti uchun bergan kafolatdan foydalanadi.

60. Mazkur shartnomaning bekor qilinishi tomonlarni u bekor qilingunga qadar bildirilgan oʻzaro daʼvolarni (talablarni) qondirish majburiyatidan ozod qilmaydi.

61. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanganda qonuniy kuchga ega boʻladi.

62. Ushbu Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi.

63. Mazkur Shartnomada koʻzda tutilmagan holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoʻllaniladi.

 

21-§. Tomonlarning yuridik manzili va rekvizitlari

 

Lizing beruvchi:

 

Lizing oluvchi:

Yuridik manzil: Lizing beruvchi tashkilotning manzili

 

Manzil:Lizing oluvchi shaxsning manzili

H/r: Lizing beruvchining hisob raqami

 

Pasport seriya va raqam: Lizing oluvchining pasport seriyasi va raqami

Bank nomi: Lizing beruvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Berilgan sana: Lizing oluvchiga pasport berilgan sana

Bank kodi: Lizing beruvchining hisob raqami joylashgan bankning kodi

 

Lizing oluvchiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

STIR: Lizing beruvchining STIR raqami

 

STIR: Lizing oluvchining STIR raqami

Aloqa uchun raqam: Lizing beruvchining aloqa raqami

 

Aloqa uchun raqam: Lizing oluvchining aloqa uchun raqami

Lizing beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si

____________

 

Lizing oluvchining F.I.O.si

 

_____________

 

(muhr)

 

 

(muhr)

 

Lizing shartnomasi (jismoniy shaxlar uchun).

Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi.

Iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing ob’ekti bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari bundan mustasno.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida lizing shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.