O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uy joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Buyurtmachi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Bajaruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Turar joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha

NAMUNAVIY SHARTNOMA (KONTRAKT)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladigan Buyurtmachi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatuvchi Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi Buyurtmachi tashkilotning rahbari F.I.O.si bir tomondan, Bajaruvchining to‘liq nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Bajaruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish koʻruvchi, (keyingi oʻrinlarda “Bajaruvchi” deb ataluvchi) Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si ikkinchi tomondan, mazkur shartnoma (kontrakt)ni quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.

 

I. Shartnoma mavzusi

 

1. Texnik xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan uy-joyning manzili (viloyat, tuman, ko‘cha nomi, uy raqami ko‘rsatiladi) uydagi manzilda joylashgan umumiy maydoni Texnik xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan uy-joyning o‘lchami kv.m. boʻlgan uy-joyning umumiy foydalaniladigan obyektlarini texnik xizmat koʻrsatish uchun dalolatnoma boʻyicha “Buyurtmachi” topshiradi, “Bajaruvchi” esa qabul qilib oladi.

Mazkur shartnoma shakli va mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.

2. Texnik xizmat koʻrsatiladigan umumiy foydalaniladigan obyektlar:

tom;

yoʻlaklar;

lift xoʻjaligi;

texnik yertoʻlalar;

bittadan ortiq kvartiraga xizmat koʻrsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;

shaxtalar — (lift, axlat oʻtish, gaz oʻtish shaxtalari).

3. Kvartiralar ichidan oʻtuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlarning xizmat koʻrsatish chegaralari:

joʻmrakkacha suv quvurlari shahobchalari;

radiatorgacha isitish tizimi;

gaz tarmoqlari, shu jumladan gaz plitasi;

joʻmrakkacha issiq suv taʼminoti tarmogʻi.

 

II. Tomonlarning majburiyatlari

 

4. “Bajaruvchi” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:

turar joydan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilgan holda umumiy foydalaniladigan obyektlarga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;

umumiy foydalaniladigan joylarni, uy ichki va kvartira ichki muhandislik tarmoqlarini (sovuq suv taʼminoti, issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik tirgaklari va tarmoqlari, tom va zinapoya kataklari) zarur holatda saqlashni taʼminlovchi mukammal va joriy tuzatish ishlarini bajarish;

“Buyurtmachi”dan asbob-uskunalar nosozligi toʻgʻrisida yozma buyurtma tushganda:

a) sovuq va issiq suv taʼminoti va isitish asbob-uskunalarini 4 soatdan kechikmay tuzatish;

b) tomdan chakka oʻtishini bir kecha-kunduzda tuzatish;

v) umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozligini 1 kecha-kunduzda tuzatish;

g) avariya tusidagi nosozlikni darhol tuzatish;

kommunal xizmatlar (issiq va sovuq suv berish, kanalizatsiya, isitish, gaz, axlatni chiqarish) oʻz vaqtida koʻrsatilishini taʼminlash;

turar joyning yertoʻlasiga va tomiga begona shaxslarning kirishini toʻsish;

ish sifatining kafolatlangan darajasi va miqdori buzilishi munosabati bilan “Bajaruvchi”ning aybi bilan kelib chiqqan zararlarni “Buyurtmachi”ga qoplash.

Bajaruvchining boshqa majburiyatlari

5. “Buyurtmachi” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:

mazkur shartnoma boʻyicha umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilganligi, kommunal xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay haq toʻlash;

turar joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga hamda turar joylardan va uy atrofidagi hududdan foydalanish qoidalariga muvofiq umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish;

kvartirada yoki turar joyga kirish joylarida oʻrnatilgan barcha oʻlchov priborlarining saqlanishi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ular ishdan chiqqan taqdirda bir kecha-kunduzdan kechikmay “Bajaruvi”ga yozma ravishda xabar berish;

muhandislik kommunikatsiyalarini ivirsitmaslik va ularning oldini toʻsib qoʻymaslik hamda sanitariya va yongʻinga qarshi talablarga rioya qilishini taʼminlash;

avariya vaziyatida istalgan vaqtda “Bajaruvchi”ga turar joyga kirish imkoniyatini berish.

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

 

III. Tomonlarning huquqlari

 

6. “Buyurtmachi” quyidagi huquqlarga egadir:

mazkur shartnomaga muvofiq ishlar notoʻliq va sifatsiz bajarilgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash summasi qayta hisoblab chiqilishini “Bajaruvchi”dan talab qilish;

ishlar “Bajaruvchi” tomonidan oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda ushbu ishlarni oʻz kuchlari bilan bajarish, xarajatlarni esa “Bajaruvchi”ning hisobiga oʻtkazish;

umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatishga va koʻrsatilgan kommunal xizmatlarga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;

“Bajaruvchi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sudga murojaat qilish.

Oʻz majburiyatlari muddatida bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat koʻrsatish yoki xizmatlar qiymatining 1 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Undirilgan penya miqdori ishlar (xizmatlar)ning umumiy qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Buyurtmachining boshqa huquqlari

7. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga egadir:

materiallar, energiya manbalari, yoqilgʻi va hokazolar narxlari oshgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlash tarifini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklif bilan, biroq bir yilda bir martadan koʻp emas, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilish;

muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlovlar summasining 0,5 foizi miqdorida penya hisoblash;

ikki oy va undan koʻp vaqt davomida kommunal xizmatlar uchun haq toʻlanmagan taqdirda (uzishdan 3 kun oldin isteʼmolchini suv va gaz taʼminoti manbalaridan uzib qoʻyish, “Buyurtmachi” hisobidan haq toʻlangandan keyin ulash;

“Buyurtmachi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.

Bajaruvchining boshqa huquqlari

 

IV. Shartnoma muddati

 

8. Mazkur Shartnoma taraflar imzolagandan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha muddatga amal qiladi.

9. Mazkur Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

10. Mazkur shartnoma yuzasidan nizo kelib chiqqan hollarda taraflarning kelishuvi asosida hal qilinadi. Agar tomonlar kelishuvga erishmasa Oʻzbekiston Respublikasining Nizo kelib chiqadigan hollarda murojaat qilinadigan sud nomi sudiga murojaat qilinadi.

10. Mazkur Shartnoma shartlari, agar ushbu oʻzgarishlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, tomonlarning kelishuviga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.

11. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi.

Bir nusxa “Buyurtmachi”da ikkinchi nusxasi “Bajaruvchi”da qoladi.

 

VI. Tomonlarning rekvizitlari

 

Buyurtmachi:

 

Bajaruvchi:

Manzil: Buyurtmachining yuridik manzili

 

Manzil: Bajaruvchining yuridik manzili

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

 

H/R: Bajaruvchining hisob raqami

FO:Buyurtmachining MFO raqami

 

FO: Bajaruvchining MFO raqami

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Bajaruvchining STIR raqami

Telefon: Tashkilotning telefon raqami

 

Telefon: Tashkilotning telefon raqami

Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi

 

____________

 

Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si

 

 

_____________

 

(muhr)

 

 

(muhr)

 

Uy joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Uy joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga ko‘ra, tom;

yo‘laklar;

lift xo‘jaligi;

texnik yerto‘lalar;

bittadan ortiq kvartiraga xizmat ko‘rsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;

shaxtalarga (lift, axlat o‘tish, gaz o‘tish shaxtalari) texnik xizmat ko‘rsatilishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.