Xodimning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish
SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Keyingi oʻrinlarda “Xodim” deb ataladigan Xodim ishlaydigan tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli korxonasida Xodimning egallab turgan lavozimi (vazifasi) lavozimida ishlovchi Xodimning F.I.O.si,bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataladigan Sug‘urta tashkilotiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Sug‘urta tashkilotining nomi, tashkiliy huquqi shaklining direktori Sug‘urta tashkiloti direktorining F.I.O.si ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnomaning predmeti
1. Sugʻurtalovchi ushbu shartnomaga va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xodimning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda xodimning aybi bilan tashkilotga zarar yetkazilganda ushbu zararni toʻlash majburiyatini oladi.
2. Sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti
2. Sugʻurta puli ushbu shartnoma boʻyicha Sug‘urta pulining umumiy miqdori (so‘mda) soʻm.
3. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma boʻyicha Sug‘urta mukofot puli miqdori (so‘mda) soʻmni tashkil qiladi.
4. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana kuniga qadar amal qiladi.
Sugʻurtalovchining majburiyatlari sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi soat 0000 daqiqadan boshlab kuchga kiradi va majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi soat 2400 daqiqada tugaydi.
6. Sugʻurta mukofoti ish beruvchi tomonidan sugʻurtalovchining hisob raqamiga naqd pulni oʻtkazish yoki kiritish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlarining sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
7. Xodim quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtalovchidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Xodim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Xodimning boshqa huquqlari
8. Xodim:
sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta mukofotini toʻlashi;
yillik ish haqi miqdori oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi;
sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni zaraz yetkazilgan tashkilotga yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi;
sugʻurtalovchini ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganligi toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi;
agar sugʻurta tovoni zarar yetkazilgan tashkilot tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida asossiz ravishda toʻlangan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan sugʻurta tovoni haqida sugʻurtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Xodimning boshqa majburiyatlari
9. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Xodim ishtirokidagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish;
sugʻurta mukofotini aniqlash uchun sugʻurta xavfini baholash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish.
Sugʻurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Sug‘urtalovchining boshqa huquqlari
10. Sugʻurtalovchi:
sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan xodimni tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, xodim yoki zarar yetkazilgan tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, xodim sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi;
oʻzi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
Sugʻurtalovchi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Sug‘urtalovchining boshqa majburiyatlari
5. Tomonlarning javobgarligi
11. Tomonlar majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6. Nizolarni hal etish tartibi
12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
7. Yakuniy qoidalar
13. Ushbu shartnomani oʻzgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi sugʻurta boʻyicha eʼtirozlarni koʻrib chiqish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Tomonlarning rekvizitlari:
Xodim: |
|
Sugʻurtalovchi: |
||
Yuridik manzil: Xodim ishlayotgan tashkilotning manzili |
|
Yuridik manzil: Sug‘urta tashkilotining manzili |
||
Pasport seriya: Xodimning pasport seriyasi va raqami |
|
Hisob-kitob raqami: Sug‘urta tashkilotining hisob raqami |
||
Xodim pasporti berilgan sanada berilgan |
|
MFO: Sug‘urta tashkilotining MFO raqami |
||
Xodimga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan |
|
STIR: Sug‘urta tashkilotining STIR raqami |
||
STIR: Xodimning STIR raqami |
|
Telefon: Sug‘urtalovchining telefon raqami |
||
Telefon: Xodimning telefon raqami |
|
Faks: Sug‘urta tashkilotining faks raqami |
||
Xodim: Xodimning F.I.O.si |
_________ |
|
Sugʻurtalovchi: Sug‘urta tashkiloti direktorining F.I.O.si |
_________ |
|
(imzo) |
|
|
(imzo, M.Oʻ)
|