XUSUSIY MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASASI VA OTA-ONA OʻRTASIDA SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yuritadigan manzil manzilida faoliyat yurituvchi Maktabgacha taʼlim muassasasi nomi (bundan buyon matnda muassasa deb yuritiladi) nomidan Maktabgacha taʼlim muassasasiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Maktabgacha taʼlim muassasasi nomidan shartnomani tomonidan imzo chekuvchi shaxsning F.I.O.si bir tarafdan va Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.sining (bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani kuyidagilar haqida tuzdilar.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Muassasa mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini taʼminlagan holda unga sifatli taʼlim – tarbiya berish, sogʻliqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart – sharoit yaratib berish, zaruriy horijiy tillarni oʻrgatish majburiyatini, ota – onalar esa tarbiyalanuvchini muassasaga topshirish, tarbiyalanuvchining tarbiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish va muassasaning ichki tartib - qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
2. TAʼLIM SHAKLI
2.1. Muassasa taʼlim berishda quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi: Muassasaning tarbiyalanuvchiga beradigan taʼlim shakli ( umumiy yoki biror sohaga ixtisoslashtirilganligi, mavjud sport to‘garaklari va o‘rgatadigan xorijiy tillar turlari ko‘rsatiladi)
2.2. Tarbiyalanuvchi muassasada haftasiga Haftaning tarbiyalanuvchi muassasada taʼlim oladigan kunlari soni kun taʼlim oladi.
2.3. Tarbiyalanuvchi muassasada soat Tarbiyalanuvchining muassasada hozir bo‘lish vaqtidan Tarbiyalanuvchining muassadan chiqib ketish vaqtigacha muassasada taʼlim oladi
2. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI:
Muassasa quyidagi huquqlarga ega:
Muassasa taʼlim faoliyatini mustaqil ravishda tashkil qilish;
Muassasa ustavida belgilangan tartibda ota – onalarning istaklari, tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatiga koʻra bolani guruhiga taqsimlash;
Tarbiyalanuvchining muassasada boʻlishini tasdiqlovchi tibbiy hulosa boʻlmagan taqdirda, uni muassasaga (vaqtincha) qabul qilmaslik;
Tarbiyalanuvchining muassasada boʻlgan davri uchun toʻlanadigan badal toʻlovi har oyning 15-sanasidan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnomani muassasa tomonidan bir tarafdan bekor qilish mumkin;
Shartnoma bekor qilingan hollarda muassasa bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
Tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash boʻyicha tavsiya berish;
Tibbiyot hamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan oʻtkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan hollarda muassasaga qabul qilmaslik;
Bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay toʻxtatilishi toʻgʻrisida ota – onaning yozma arizasi boʻlmagan hollarda, toʻlovni toʻliq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undirish;
Bolaning maktabgacha taʼlim muassasalarida toʻlov toʻlangan davridan ortiq muddatda boʻlishiga, ushbu oy uchun toʻlovning qolgan qismi toʻlangandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Muassasaning boshqa huquqlari ( mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi mavjud bo‘lmagan hollarda esa mavjud emas deb ko‘rsatiladi)
Muassasaning majburiyatlari:
Tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy huususiyatlari, isteʼdodi hamda qobiliyatini inobatga olgan holda taʼlim – tarbiya jarayonini nazorat qilish;
Tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixologik sogʻligini taʼminlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari hamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish hususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni taʼminlash;
Pedagog axloq – odobiga rioya qilish, bola va ota – onalarning qadr – qimmatini hurmat qilish, bolalarni turli tazyiqlardan himoya qilish, ularni mehnatga, ota – onaga hurmat, atrof – muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
Tarbiyalanuvchining muassasada boʻlish jarayonida maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish;
Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va maktab taʼlimiga tayyorlashga oid bilim, malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishlarida ota – onalarga koʻmaklashish;
Tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada taʼlim – tarbiya berish orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish va maktab taʼlimiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish;
Tarbiyalanuvchini muassasada xodimlarning qoʻpol munosabatlari, bolaning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻsatadigan muammolarning turli koʻrinishlaridan himoya qilishni taʼminlash;
Pedagog va ota-onalarning bola manfaati yoʻlidagi hamkorlik usullarini ustuvor ravishda qoʻllash;
Tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, davolanuvchi – profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy koʻriklarni oʻz vaqtida oʻtkazish;
Ota-onalardan bola ehtiyoji uchun zarur boʻlgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yigʻmaslik;
Ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi muassasaga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal toʻlovlarni hisoblamaslik;
Belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
Tarbiyalanuvchiga tegishli boʻlgan narsa va buyumlarni toʻlaligicha saqlash;
Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;
Ota-onalarni muassasa ustavi, kun tartibi, taʼlim – tarbiya dasturlari, muassasaning manzili va telefoni hamda taʼlimni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish.
Muassasaning boshqa majburiyatlari
Ota-ona quyidagi huquqlarga ega:
Farzanidining qonuniy huquq va qiziqishlarini himoya qilish;
Muassasaning ustavi bilan tanishish;
Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda muassasaning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, koʻriklar, koʻngilochar soatlar, yakuniy hamda ochiq mushgʻulotlar va h.k.);
Muassasada bolalar bilan olib boriladigan taʼlim – tarbiya ishlarini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
Muassasada bolalarga taʼlim – tarbiya shakllarini, maktabgacha taʼlim muassasasida taʼlim berish tilini tanlash;
Muassasada bolalarga taʼlim – tarbiya berish uchun zarur shart – sharoitlar yaratishini hamda bolalarning shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlish, shartnomada belgilangan shartlar boʻyicha bolaga taʼlim – tarbiya berilishini talab qilish;
Muassasaning kun tartibi davomida soat Ota-ona farzandini muassasadan olib ketishi kerak bo‘lgan soatgacha boʻlgan davrda yoki oʻziga qulay boʻlgan vaqtda sababi koʻrsatilgan holda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasidan olib ketish;
Muassasa rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
Ota-onaning boshqa huquqlari
Ota-onaning majburiyati:
Muassasa ustavi hamda mazkur shartnoma talablariga qatʼiy rioya qilish;
Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan muassasa rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
Tarbiyalanuvchini muassasaga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota – onalar haqidagi maʼlumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi haqida maʼlumotnoma) taqdim etish;
Tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan muassasa maʼmuriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sogʻaygandan soʻng, tibbiy maʼlumotnomani taqdim etish;
Tarbiyalanuvchining muassasadagi taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini oʻz vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) shaklda toʻlash hamda toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini muassasaga taqdim etish;
Oyning 15 – sanasidan keyin muassasaga kelgan tarbiyalanuvchining taʼminoti uchun toʻlovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlash;
Tarbiyalanuvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun muassasa rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish);
Muassasa ishchi xodimlari va boshqa ota-onalarni hurmat qilish;
Tarbiyalanuvchini toʻlaqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena koʻnikmalarni shakllantirilishini qatʼiy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini muassasaga ozoda kiyingan holda olib kelish;
Yashash joyi yoki telefon raqami oʻzgargan taqdirda, muassasa rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda habar berish;
Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart – sharoitlarni taʼminlash;
Bolani muassasadan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda, muassasaga olib bormasdan shifokor koʻrigidan oʻtkazish;
Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnashi butunlay toʻxtatilgan taqdirda, toʻlov toʻliq boʻlmagan oy uchun, yaʼni bola amalda maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnagan kunlar uchun toʻlanadi.
Ota-onaning boshqa majburiyatlari
3. TOʻLOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
Ota-ona farzandining F.I.O.sining muassasada boʻlgan davri uchun bir oylik toʻlov Ota-onadan undiriladigan bir oylik to‘lov miqdori soʻmni tashkil etadi.
Ikki (2) yoki undan ortiq bolalar qatnagan hollarda esa umumiy toʻlov Ota-onadan ikki yoki undan ortiq farzandlari uchun undiriladigan to‘lov miqdori soʻm etib belgilanadi.
Tarbiyalanuvchining muassasadagi taʼminoti uchun toʻlov - joriy oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining muassasaga uzrli sabablarga koʻra yaʼni, ketma ket 3kundan ortiq kasalligi yoki oila aʼzolarining kasalligi (karantin), ota-onasining mehnat yoki boshqa taʼtilda boʻlganligi sababli kelmagan kunlariga toʻlovlarni qayta hisoblash faqatgina yuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Ota-onalardan birining ishdan (oʻqishdan) boʻsh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga koʻra bola maktabgacha taʼlim muassasasiga kelmasligiga ota – onalardan birining sababi koʻrsatilgan holda maktabgacha taʼlim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (birldirishnomasi) asos boʻlib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda koʻpi bilan 60 kundan ortiq muddatgacha maktabgacha taʼlim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota – ona tarafidan toʻlovlar umumiy asoslarda toʻlanadi.
Tarbiyalanuvchining muassasadagi taʼminoti uchun toʻlovlar oyning 15 sanasidan boshlab ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi muassasadan chetlashtiriladi.
Kreditor qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan 60 kalendar kuni mobaynida muassasadagi bola taʼminoti uchun mavjud boʻlgan qarzdorlik qoplanganda tarbiyalanuvchi ushbu muassasaga tiklanadi. Koʻrsatilgan muddatdan oʻtib ketgan taqdirda muassasaga bolani qabul qilish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
5. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
Taraflar shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda hamda amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
Mazkur shartnomani oʻzgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga faqat qonunchilik hujjatlariga asosan yoʻl qoʻyiladi.
6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtidan boshlab, kuchga kirgan hisoblanadi.
Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha koʻshimcha va oʻzgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Ushbu shartnoma boʻyicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
Taraflar oʻrtasida oʻzaro hal qilinadigan nizolar qonunchilikda oʻrnatilgan sud tartibida hal qilinadi.
Mazkur shartnomada koʻzda tutilgan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
7. FORS-MAJOR HOLATLARI
Taraflar shartnomasi fors – major holatlari, yaʼni yengib boʻlmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlansa, javobgar boʻlmaydilar.
Sodir boʻlgan fors – major holatlari toʻgʻrisida taraflar bir – birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma yoki ogʻzaki tartibda xabardor qilishlari shart.
Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib, shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
8. YAKUNIY QOIDALAR
Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana kuniga qadar amal qiladi.
Mazkur shartnoma ikki nusxada tuziladi, ikkala nusxa ham bir xil yuridik kuchga ega, muassasa hamda ota – onalarda bir nusxadan saqlanadi.
TARAFLARNING YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI
Muassasa: |
|
Ota-ona: |
||
Maktabgacha taʼlim muassasasi nomi |
|
Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si |
||
Manzil: Maktabgacha taʼlim muassasasining yuridik manzili |
|
Manzil: Ota-onaning yashash manzili |
||
H/R: Muassasaning hisob raqami |
|
Pasport maʼlumotlari: Pasport seriya: Ota-onaning yashash manzili |
||
STIR: Muassasaning STIR raqami |
|
Ota yoki onasiga pasport berilgan yil yilda berilgan |
||
Bank: Muassasaning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
Pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan |
||
Telefon: Muassasaning telefon raqami
|
|
Telefon: Ota-ona bilan bog‘lanish uchun telefon raqami
|
||
Maktabgacha taʼlim muassasasi nomidan shartnomani tomonidan imzo chekuvchi shaxsning F.I.O.si |
____________ |
|
Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si |
___________ |
|
(Imzo, M.Oʻ) |
|
|
(Imzo) |
Shartnomaning 1 nusxasini oldim va muassasa ustavi bilan tanishdim.
|
Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si |
___________ |
Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi shartnoma maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim – tarbiya berish, sog‘liqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart – sharoit yaratib berish, zaruriy horijiy tillarni o‘rgatish majburiyatini, ota – onalar esa tarbiyalanuvchini muassasaga topshirish, tarbiyalanuvchining tarbiyasi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish va muassasaning ichki tartib - qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.