|
|
Iqtisodiy ishlar boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy sud nomiga |
|
|
Manzil: Ariza beruvchining manzilida yashovchi |
|
|
Arizachi:Ariza beruvchi yuridik shaxs nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)ning F.I.Osidan |
AR I Z A
Nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) oʻtkazish boʻyicha daʼvoni taʼminlash chorasini koʻrish toʻgʻrisida
Iqtisodiy ishlar boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy sud nomi sudining ish yurituvida mening javobgar Ish bo‘yicha javobgar tashkilotning tashkiliy huquqiy shakli va nomiga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni haqidagi daʼvo arizam yuzasidan yuritilgan iqtisodiy ish mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi IPKning 94-moddasida sud javobgarga tegishli mol-mulkni yoki pul mablagʻlarini xatlab qoʻyish, javobgarga muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash, boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador boʻlgan muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash, daʼvogar nizolashayotgan, undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat boʻyicha undirishni toʻxtatib turish, mol-mulkni xatlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish, nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatish, nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) oʻtkazish kabi daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi belgilangan.
Yuqoridagi qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda ish boʻyicha daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) oʻtkazishni qoʻllash maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Arizamni asoslovchi hujjatlarni sudga taqdim etaman.
Javobgarning nomida boʻlgan mol-mulklarning hujjatlari va daʼvoni taʼminlashga asos boʻlgan dalillarni sudga taqdim etaman.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 93-94-95-moddalariga asosan,
SOʻRAYMAN
Daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida nizoli boʻlgan mol-mulk yaʼni Nizoli mol-mulkning nomini uchinchi shaxsga (Nizoli mol-mulkni o‘tkazilishi belgilangan shaxsning F.I.O.si)oʻtkazishni qoʻllashingizni soʻrayman.
Ilova: Arizani asoslovchi hujjatlar
Ariza beruvchi yuridik shaxs nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)ning F.I.OsiAriza berilgan sana
Da’voni ta’minlashga, agar shunday choralarni ko‘rmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoxud bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
Iqtisodiy protsessual Kodeksiga ko‘ra nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish da’voni ta’minlash chorasi bo‘lib hisoblanadi.
Saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan, shuningdek boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart.
Mazkur turdagi ariza namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.