O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni himoya qilish va yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo arizasining rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasining mazmuni

Yuklab oling

 

 

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan sud nomi tumanlararo sudiga

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

 

 

Manzil: Daʼvogarning yashash manzili,

 

 

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami,

 

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

 

 

Manzil: Javobgarning yashash manzili,

 

 

Telefon: Javobgarning telefon raqami,

 

DAʼVO ARIZA

(Tovar belgisiga boʻlgan huquqni himoya qilish va yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida)

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1103-moddasiga asosan tovar belgisiga boʻlgan huquq egasi oʻziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir. Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi. Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat unga boʻlgan huquq egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Tovar belgisining daxlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir.

“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur joʻgʻrofiy obyektdagi, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, foydalanish huquqini oladi.

Mazkur Qonunning 7-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanishi belgilangan. Men ushbu Agentlikka Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat qilingan sana sanasida tovar belgisiga boʻlgan huquqni himoya qilish boʻyicha murojaat qildim. Ammo murojaatim javobsiz qoldi.

Men rahbarlik qiladigan tashkilotning nomi Tashkilotning to‘liq nomi boʻlib, tovar belgisining xususiyatlari quyidagilardir:

Tovar beligisining toʻliq nomi: Tovar beligsining to‘liq nomi;

Tovar beligisi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqami: Tovar beligisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana va raqami;

Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma qabul qilingan sana Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma qabul qilingan sana va Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami.

Tashkilotimizga tegishli mazkur tovar belgisi Javobgarga tegishli boʻlgan Javobgarning tegishli bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi (Tashkiliy huquqiy shakli va boshqa rekvizitlari) tomonidan hech qanday kelishuv va ruxsatnomasiz oʻzining tadbirkorlik faoliyatida foydalanib kelmoqda. Buning natijasida tashkilotimiz faoliyatiga va obroʻsiga jiddiy ziyon yetmoqda. Buning oqibatida Yetkazilgan zarar miqdori soʻm miqdorida zarar yetdi.

Fuqarolik kodeksining 1107-moddasida tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni toʻxtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni toʻlashi shartligi; tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs tayyorlab qoʻyilgan tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilishi, qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotishi shartligi, hamda ushbu belgilab qoʻyilgan talablarni bajarishning iloji boʻlmagan taqdirda, tegishli tovar yoʻq qilib tashlanishi lozimligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11, 14, 1103, 1107-moddalariga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Tashkilotning to‘liq nomiga tegishli boʻlgan yuqorida xususiyatlari keltirilgan tovar belgisini Javobgar Javobgarning tegishli bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi (Tashkiliy huquqiy shakli va boshqa rekvizitlari) tomonidan noqonuniy foydalanilayotganligi uchun mazkur tovar belgisiga boʻlgan huquqni himoya qilishingizni.

Tovar belgisining noqonuniy foydalanganligi uchun yetkazilgan Tovar belgisining noqonuniy foydalanganligi uchun yetkazilgan moddiy zarar miqdori soʻm miqdoridagi moddiy va Tovar belgisining noqonuniy foydalanganligi uchun yetkazilgan maʼnaviy zarar miqdori soʻm miqdoridagi maʼnaviy zararni undirib berishingizni.

 

Ilova: Ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O. ________ Daʼvo arizasi imzolangan sana

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni himoya qilish va yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir. Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi. Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat unga bo‘lgan huquq egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.

Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to‘xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to‘lashi shart. Buning uchun esa, huquqi buzilgan taraf da’vo ariza bilan sudga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Mazkur da’vo ariza namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.