Reklama (tarqatma) materiallari tayyorlab berish
SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Buyurtmachining to‘liq nomi,keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi, Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Buyurtmachi tashkilot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Ijrochi tashkilotning nomi,keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladigan, shartnoma hujjat asosida ish yurituvchi Ijrochi tashkilot maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. “Ijrochi” mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq reklama (tarqatma) materiallari tayyorlab, “Buyurtmachi” esa qabul qilib olish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.
2. SHARTNOMANING UMUMIY QIYMATI:
Reklama (tarqatma) materiallari nomi |
Qisqacha mazmuni |
Soni (nusxa) |
Format |
Narxi (QQS bilan) |
Reklama (tarqatma) materiallarining nomi |
Reklama (tarqatma) materiallarining qisqacha mazmuni |
Reklama (tarqatma) materiallari soni (nusxa) |
Reklama (tarqatma) materiallarining formati |
Reklama (tarqatma) materiallarining narxi (QQS qo‘shib hisoblanganda) |
Jami: |
|
|
|
|
2.1. Shartnomaning umumiy qiymati QQS bilan Shartnomaning umumiy qiymati (QQS qo‘shib hisoblanganda) soʻmni tashkil etadi.
3. TOʻLOVLAR VA HISOB-KITOBLAR
3.1. “Buyurtmachi” “Ijrochi”ga shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining Yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdori soʻm mikdorida mablagʻni oldindan oʻtkazib beradi.
“Buyurtmachi” qolgan shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatining Shartnoma bo‘yicha qolgan yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lanadigan to‘lov qiymati soʻm toʻlovni tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qabul qilib olganidan soʻng Shartnoma bo‘yicha qolgan yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lanadigan to‘lov qiymati o‘tkazib beriladigan muddat ish kuni ichida amalga oshiradi.
4. TOVARLARNI YETKAZIB BERISH TARTIBI
4.1. “Ijrochi” tomonidan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni “Buyurtmachi”ga yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4.2. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ga shartnoma Respublika Gʻaznachiligidan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni Shartnoma Respublika G‘aznachiligidan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng shartnoma bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni to‘liq yetkazib berishi hamda o‘rnatish muddati ish kunida toʻliq yetkazib berishi hamda oʻrnatishi lozim.
4.3. “Buyurtmachi” shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.
“Buyurtmachi” tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilganidan keyin darhol koʻzdan kechirishi, agarda yetkazib berish bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, “Ijrochi”ni zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
5. SHARTNOMA TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. “Ijrochi”ning huquqlari:
yetkazib berilgan tovarning haqini toʻlashni;
tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olishni;
shartnoma shartlariga toʻliq rioya etishni;
“Buyurtmachi”dan oʻziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish.
Ijrochining boshqa huquqlari
5.2. “Ijrochi”ning majburiyatlari:
tovarni “Buyurtmachi”ga mulk qilib topshirish;
shartnomada nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni topshirish;
shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirish;
shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarlarni topshirish va ishlar (xizmatlar)ni koʻrsatish;
shartnomada koʻrsatilgan muddatda tovarni topshirish va ishlar (xizmatlar)ni koʻrsatish;
uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirish;
ishlar (xizmatlar) boʻyicha bir yil mobaynida texnik xizmat koʻrsatish;
tovarni “Buyurtmachi”ga topshirgunga qadar saqlash;
Ijrochining boshqa majburiyatlari
5.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni oʻziga mulk qilib topshirishni;
shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirishni va ishlar (xizmatlar)ni koʻrsatishni;
shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarni topshirishni va ishlar (xizmatlar)ni koʻrsatishni ;
shartnomada koʻrsatilgan muddatda tovarni topshirishni;
uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirishni talab qilish;
Buyurtmachining boshqa huquqlari
5.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini oʻz vaqtida toʻlash;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni oʻz vaqtida qabul qilib olish;
shartnoma shartlariga toʻliq rioya etish;
“Ijrochi”ga yetkazilgan zararni qoplash;
Buyurtmachining boshqa majburiyatlari
6. SHARTNOMA BOʻYICHA JAVOBGARLIK
6.1. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
ikkinchi tarafga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
6.2. Agar “Buyurtmachi”ga uning talabiga koʻra sotish joyida darhol tovar toʻgʻrisidagi axborotni olish imkoni berilmagan yoxud uning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni koʻzdan kechirish, tovarning xossalarini tekshirish yoki tovardan foydalanishni koʻrsatishni talab qilish huquqi taʼminlanmagan boʻlsa, “Buyurtmachi” shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun toʻlangan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
“Buyurtmachi”ga tovar toʻgʻrisida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng tovarda paydo boʻlgan kamchiliklar uchun ham, agar “Buyurtmachi” bu kamchiliklar oʻzida bunday axborot boʻlmagani sababli paydo boʻlganini isbotlasa, “Ijrochi” javobgar boʻladi.
6.3. Agarda tovar “Buyurtmachi”ga idishsiz va oʻramagan holda yoki tegishli idishga joylamagan va tegishli darajada oʻramagan holda topshirilgan taqdirda, “Buyurtmachi” “Ijrochi”dan tovarni idishga joylashtirish va oʻrashni yoxud tegishli boʻlmagan idish va oʻrashni almashtirishni talab qilish yoki bu talablarni qoʻyish oʻrniga ushbu shartnomaning 5.3-bandi birinchi qismidagi talablarni qoʻyishga haqli.
6.4. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 434-moddasiga koʻra “Ijrochi” “Buyurtmachi”ga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, “Buyurtmachi” oʻz xohishiga koʻra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki “Buyurtmachi” yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlangan pul soʻmmasini “Buyurtmachi”ga qaytarish vaqtda “Ijrochi” undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
6.5. “Ijrochi” shartnoma boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, zararni qoplash va neustoyka toʻlash “Ijrochi”ni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
6.6. Agarda “Buyurtmachi” shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida “Ijrochi”ga oʻn kun muddat ichida maʼlum qilmasa, “Ijrochi” shartlar buzilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
6.7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun “Ijrochi”dan neustoyka penya shaklida undiriladi. Bunda penyaning miqdori har bir yetkazib berilmagan yoki yetkazib berish muddatlari buzilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy summasining Har bir yetkazib berilmagan yoki yetkazib berish muddatlari buzilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ularning umumiy summasiga nisbatan belgilangan penyaning foiz qiymati foizi miqdorida majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladi. Bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim.
“Buyurtmachi” tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun “Ijrochi” “Buyurtmachi”ga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz yetkazib berilgan tovar qiymatining 0,4 foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak. Penya toʻlash “Ijrochi”ni ishlarni bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
6.8. “Buyurtmachi” “Ijrochi”ga tovar uchun toʻlanmagan summani muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 20 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penyani toʻlaydi.
Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy summasining Majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladigan pul miqdori (Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy summasidan kelib chiqqan holda foizda) foizi miqdorida majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladi. Bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar qiymatining Bajarilmagan ishlar qiymati uchun belgilangan penya miqdorining chegara qiymati (foizda) foizidan oshmasligi lozim.
7. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
7.1. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama (toʻliq yoki qisman) bosh tortishga taraflardan biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
7.2. “Buyurtmachi” quyidagi hollarda shartnomani bir tomonlama tartibda “Ijrochi”ni yozma ravishda xabardor qilgan holda bekor kilish xukukiga ega:
shartnoma kuchga kirgandan keyin jixozlarni yetkazib berish “Buyurtmachi”ga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra “Ijrochi” tomonidan muddati kechiktirilganda;
tegishli darajada sifatli boʻlmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib boʻlmaydigan kamchiliklarga ega boʻlgan tovarlarni yetkazib berilganda.
Bundan tashkari, “Buyurtmachi” qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
7.3. “Ijrochi”:
Tovarlarni yetkazib berish “Ijrochi”ga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra “Buyurtmachi” tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
“Buyurtmachi” tomonidan toʻlov tartibi oʻz vaqtida bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
7.4. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bir taraflama bosh tortish toʻgʻrisida bildirish xati olgan paytdan boshlab oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
8. SHARTNOMAGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.1. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va taraflar ularni imzolashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
8.2. “Buyurtmachi” bilan “Ijrochi” oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni taraflar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashlari lozim.
8.3. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʻladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etilmasa ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
9. FORS-MAJOR HOLATLAR
9.1. Taraflar shartnoma shartlarini bajarishlari mobaynida ularning hoxish, erki va irodasiga bogʻliq boʻlmagan kuchlar toʻsiqlik qilsa, jumladan: tabiiy ofatlar, zilzila, suv toshqini, oʻrush eʼlon qilinishi, amaldagi qonunchilikning oʻzgarishi kabi holatlarda fors-major holati eʼlon qilinadi. Qaysi taraf uchun fors-major holati sodir boʻlsa, ushbu holat hakida ikkinchi tarafni yozma ravishda ogohlantirish shart. Fors-major holatlari Taraflar shartnoma shartlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod etilishlariga sabab bo‘ladigan fors-major holatlarining sodir bo‘lishining eng kam muddatiyoki undan ortiq davom etsa taraflar shartnoma shartlarini bajarishdan qisman yoki toʻliq ozod etiladilar.
9.2. Taraflar fors-major holatlar natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydilar.
10. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
10.1. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati (yil, sana va oy)gacha amal qiladi.
10.2. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzildi.
11. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Buyurtmachi |
|
Ijrochi: |
||
Manzil: Buyurtmachi tashkilotning manzili |
|
Manzil: Ijrochining manzili |
||
Hisob raqami: Buyurtmachining hisob raqami |
|
Hisob raqami: Ijrochining hisob raqami |
||
Bank : Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
Bank: Ijrochining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
||
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
|
STIR: Ijrochining STIR raqami |
||
Telefon raqami: Buyurtmachining telefon raqami |
|
Telefon raqami: Ijrochining telefon raqami |
||
Buyurtmachi:Buyurtmachi tashkilot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si
M.Oʻ. |
______ (imzo) |
|
Ijrochi: Ijrochi tashkilot maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.O.si
M.Oʻ. |
_____ (imzo) |
Qonunchilikka ko‘ra, reklamani tarqatish (joylashtirish) uchun axborotni to‘liq yoxud qisman tayyor shaklga keltirishni amalga oshiradigan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxslar reklama tayyorlovchi hisoblanadi.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklamaga oid faoliyatdagi o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish huquqiga ega.
Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.