O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Rieltorlik shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Buyurtmachi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Ijrochi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

RIYELTORLIK SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Buyurtmachi tashkilotning to‘liq nomi nomidan Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjatga asosan xarakat qiluvchi Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i (bundan keyin matnda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) bir tomondan, Ijrochi tashkilotning to‘liq nomi (bundan keyin matnda “Ijrochi” deb yuritiladi) nomidan “Rieltorning malaka sertifikati” asosida ish yuritadigan Ijrochining lavozimi va F.I.Sh.i ikkinchi tomondan (xar ikkalasi birgalikda keyingi matnda “Taraflar” deb yuritiladi) ommaviy shartnoma shartlari hamda oʻzaro tenglik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar.

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Mazkur shartnomaga muvofik “Ijrochi” “Buyurtmachi”ga unga tegishli boʻlgan Mulk joylashgan hududning to‘liq nomida joylashgan Mulkning turi (Misol uchun, yer uchastkasi, ko‘p qavatli uy va hokazo)ning:

maydoni Yer uchastkasining maydoni hajmi kv.m;

amalda foydalanilayotgan yer uchastkasining maydoni Amalda foydalanilayotgan yer uchastkasining maydoni kv.m;

umumiy maydoni Umumiy maydoni kv.m.;

foydalanish maydoni Foydalanish maydoni kv.m,

qavatlar soni Qavatlar soni va xonalar soni Xonalar sonidan iborat boʻlgan binoni (keyingi matnda “Mulk” deb yuritiladi) (ilovada koʻrsatilgan shartlarda) sotish boʻyicha quyidagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish majburiyatini oladi, “Buyurtmachi” esa koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada koʻrsatilgan miqdor, tartib va muddatlarda xaq toʻlaydi:

buyurtmachini rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi barcha normativ-hukuqiy xujjatlar bilan tanishtirish;

koʻchmas mulk obyektini begonalashtirish boʻyicha bitimlarni sodir etash qoidalari va xususiyatlari boʻyicha tushuntirishlar berish;

shartnomalarni tuzish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berish;

mulk xukukini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha tushuntirishlar berish;

zarur xujjatlar toʻplamini gayyorlash boʻyicha xizmatlarning qiymati boʻyicha tushuntirishlar berish;

buyurtmachi nomidan va manfaatlarida koʻchmas mulk obyektining reklamasini tashkil kilish.

Mazkur shartnoma nazarda tutilgan masalalar boʻyicha tushuntirishlar va maʼlumotlar berish “Ijrochi” tomonidan ogʻzaki ravishda amalga oshiriladi. “Buyurtmachi” tomonidan yozma ravishda tushuntirishlar berish soʻralganda yozma tushuntirishlar beriladi.

Shuningdek, mazkur shartnomaga koʻra “Ijrochi” “Buyurtmachi”ga uning soʻrovidan kelib chiqib, rieltorlik xizmatlari koʻrsagilishiga oid qonunchilik xujjatlaridan nusxa tayyorlab berish majburiyatlarini oladi.

1.2. “Buyurtmachi”ning istaklariga qarab “Ijrochi” “Buyurtmachi” nomidan va manfaatlarida unga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektini reklama qiladi.

Jumladan, “Buyurtmachi”ning soʻroviga koʻra “Ijrochi” koʻchmas mulk va uning sotilishi shartlariga oid maʼlumotlarni oʻzining internet tarmogʻidagi rasmiy veb saytida maʼlumotlar joylashtiradi. Oʻziga koʻchmas mulk sotib olish boʻyicha murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga “Buyurtmachi”ga tegishli koʻchmas mulk, uning sotilish shartlari xaqida maʼlumotlar beradi va qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa xarakatlarni amalga oshiradi.

1.3. “Buyurtmachi” “Ijrochi” tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatilayotgan koʻchmas mulkini oʻzi koʻrsatgan shartlarga mos ravishda sotib olish istagini bildirgan shaxs bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini oladi.

“Buyurtmachi” mazkur majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan takdirda shartnoma tuzishdan bosh tortishi natijasida kelib chiqadigan okibatlar uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, buning natijasida “Ijrochi” koʻrgan xaqiqiy zarar va boy berilgan foydasini qoplab beradi.

 

2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

“Ijrochi”dan mazkur shartnoma asosida tegishli xizmatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada koʻrsatilishini talab qilish;

“Ijrochi”ga ogʻzaki va yozma murojaatlar qilish hamda ularga tegishli javoblar olish;

“Ijrochi” shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda shartnomani bekor qilishni yozma ravishda talab qilish;

“Ijrochi”dan litsenziya, shuningdek malaka sertifikati koʻrsatilishini talab qilish;

“Ijrochi”dan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi bajarilishining borishi haqida axborot olish; 

mazkur shartnoma shartlari “Ijrochi” tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab etish;

koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir tuzilishi moʻljallanayotgan bitimning xususiyati hamda huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida “Ijrochi”dan yozma shaklda axborot olish;

oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarning birlashmalariga, shuningdek sudga murojaat qilish.

“Buyurtmachi”ning boshqa huquqlari

2.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Ijrochi”ning soʻroviga koʻra mazkur shartnoma asosida xizmat koʻrsatish uchun lozim boʻladigan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish;

“Ijrochi”ning xisob raqamiga shargnoma asosida koʻrsatilgan xizmat haqini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;

shartnoma boʻyicha oʻziga koʻrsatilgan xizmatlarni qabul qilish, koʻrsatilgan xizmatlar qabul qilinganligi bilan bogʻliq tegishli hujjatlarni imzolash;

shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatilishi natijasida oʻziga maʼlum boʻlgan “Ijrochi”ning tijorat sirini yoki boshqa sir saqlanadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;

“Ijrochi”ning rieltorlik xizmatlari haqini tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi.

“Buyurtmachi”ning boshqa majburiyatlari

Buyurtmachi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanadi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi.

2.3.“Ijrochi”ning huquqlari:

“Buyurtmachi”dan shartnoma boʻyicha tegishli xizmat haqining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini talab qilish;

“Buyurtmachi”dan unga koʻrsatilgan xizmatlarning oʻz vaqtida qabul qilinishini talab qilish;

mazkur shargnoma asosida xizmat koʻrsatish uchun “Buyurtmachi”dan tegishli maʼlumot va hujjatlarni talab qilish;

rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi shartlari buyurtmachi tomonidan bajarilmagan taqdirda shartnomani bekor qilinishini talab etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlardan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda olish.

“Ijrochi”ning boshqa huquqlari

“Ijrochi” qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

2.4.“Ijrochining majburiyatlari:

mazkur shartnoma asosida tegishli xizmatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada koʻrsatish;

“Buyurtmachi”ning soʻrovlariga tegishlicha javoblar berish;

mazkur shartnomani bekor qilish boʻyicha “Buyurtmachi”ning yozma murojaatini besh kunlik muddatda koʻrib chiqish;

“Buyurtmachi”ning talabiga binoan litsenziyani va malaka sertifikatini koʻrsatish;

oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish;

“Buyurtmachi”ga rieltorlik xizmatlarini faqat rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida koʻrsatishi;

rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida “Buyurtmachi”ning manfaatlarini ifodalashi;

rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maxfiy axborotni oshkor etmaslik (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);

“Buyurtmachi”dan olingan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlash;

“Buyurtmachi”ning yozma murojaatlariga yozma shaklda javob berish.

“Ijrochi”ning boshqa majburiyatlari

“Ijrochi”nnng zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

 

3.OʻZARO HISOB-KITOBLAR

3.1. “Buyurtmachi” mazkur shartnoma boʻyicha unga koʻrsatiladigan rieltorlik xizmatlari uchun “Ijrochi”ga mulk sotilish qiymatidan Rieltorlik xizmatlari uchun “Ijrochi”ga mulk sotilish qiymatidan to‘lanadigan komission yig‘im foizining miqdori foiz komission yigʻim toʻlanadi.

3.2. Toʻlov “Ijrochi”ning bank hisob raqamiga pul oʻtkazish yoki bank kassasi orqali pul toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Toʻlangan pul mablagʻlari xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin qaytarilmaydi.

3.3. Toʻlovlar xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab, besh kun ichida toʻliq amalga oshiriladi.

3.4. “Ijrochi” tomonidan “Buyurtmachi”ga xizmatlar koʻrsatish mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab amalga oshiriladi va Rieltorlik xizmati ko‘rsatish davomiyligining muddati davomida koʻrsatiladi.

 

4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflar amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladi. Fors-major holatlarida taraflar javobgarlikdan ozod qilinadilar.

4.2. Shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlar toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib buyurtmachi va ijrochi tomonidan imzolangan ikki taraflama dalolatnoma hisoblanadi.

Rieltorlik xizmatini koʻrsatish shartnomasi ikki taraflama dalolatnoma imzolangandan va shartnomada nazarda tutilgan barcha toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin toʻliq bajarilgan hisoblanadi.

 

5. SHARTNOMANNNG BOSHQA SHARTLARI

5.1. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va taraflar barcha majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar amal qiladi.

5.2. Shartnoma taraflarning oʻzaro yozma kelishuviga asosan yoki shartnoma yoxud amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda ikkinchi tarafni yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Shartnoma “Buyurtmachi”ning tashabbusi bilan bekor qilingan holatlarda u “Ijrochi”ga mazkur shartnoma boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun qilgan sarf-xarajatlarining haqiqiy qiymatini toʻlab beradi.

5.3. Shartnomaga qoʻshimcha va (yoki) oʻzgartirish kiritish taraflarning oʻzaro kelishuviga asosan yozma ravishda amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga qoʻshimcha va (yoki) oʻzgartirishlar kiritish “Ijrochi” tomonidan shartnomaga muvofiq belgilangan xizmatlarni bajarish muddati tugashiga kamida bir kun qolgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.

5.4. Shartnomaga taraflarning qonuniy huquq va manfaatlarini kamsitadigan, xizmatlarni bajarib boʻlmaydigan xolatga olib keladigan, xizmatlar iste'molchilarining teng huquqliligini cheklab qoʻyadigan yoki “Buyurtmachi”ga savdoda ishtirok etishi uchun boshqa iste'molchilarga nisbatan ustun mavqe beradigan, "Ijrochi”ga koʻrsatib boʻlgan xizmat turini shartnomadan chiqarilishiga sabab boʻladigan, kelgusida shartnomani haqiqiy emas deb topilishiga asos boʻladigan hamda qonunchilik hujjatlari talablariga xilof oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish mumkin emas.

5.5. Shartnoma va uning ijrosi yuzasidan tuziladigan hujjatlar davlat tilida yuritiladi.

5.6. “Ijrochi” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining tomonidan Rieltorlik faoliyati litsenziyasi berilgan vaqtdagi Rieltorlik faoliyatini litsenziyasining raqami-son bilan qayd etilgan litsenziyaga va Sug‘urta polisi bergan takshlotning nomi tomonidan Sug‘urta polisi berilgan vaqt kuni berilgan fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Sug‘urta polisi raqami-sonli sugʻurta polisiga ega.

5.7. Shartnoma boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklarni taraflar oʻzaro muzokaralar orqali hal qiladilar. Nizo va kelishmovchiliklar bu yoʻl bilan hal boʻlmagan taqdirda ular Oʻzbekiston Respublikasinint amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida sud orqali hal qilinadi.

5.8. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, taraflarda bir nusxadan saqlanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Buyurtmachi

 

Ijrochi:

Manzil:Buyurtmachi tashkilotning manzili

 

Manzil: Ijrochining manzili

Hisob-kitob raqami: Buyurtmachining hisob raqami

 

Hisob-kitob raqami: Ijrochining hisob raqami

Bank : Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank kodi: Ijrochining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Ijrochining STIR raqami

Telefon raqami: Buyurtmachining telefon raqami

 

Telefon raqami: Ijrochining telefon raqami

Buyurtmachi: Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i

 

M.Oʻ.

 

______

(imzo)

 

Ijrochi: Ijrochining lavozimi va F.I.Sh.i

 

M.Oʻ.

 

_____

(imzo)

 

Rieltorlik shartnomasi.

Qonunchilikka ko‘ra, rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir. Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatini Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan tijorat tashkilotidir.

Rieltor yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan va rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaxsdir.

Rieltorlar mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan uning topshirig‘iga ko‘ra, uning mablag‘i hisobidan uning talablariga mos bo‘lgan turar yoki noturar joy binolarini topish, olish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida rieltorlik xizmatini ko‘rsatish shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.