O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Buyurtmachi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Pudratchi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

KAPITAL QURILISH UCHUN PUDRAT SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.si bir tomondan va Pudratchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladi Pudratchining shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Pudratchi tashkilotning direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i nomidan ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1 Pudratchi oʻz kuchi va vositalari bilan Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlagan tashkilot nomi tomonidan Loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangan sanada tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq belgilangan muddatda quyidagi obyektni Obyektning rekvizitlari (nomi, hududi va hokazolar),(yangisini qurish harakatdagi korxona, bino, inshootni qayta jihozlash yoki kengaytirish) qurish va Buyurtmachiga topshirish majburiyatini oladi.

1.2. Buyurtmachi Pudratchiga qurilish maydonchasini topshirish, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini taqdim etish, qurilishning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash, qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.

 

2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari:

a) qurilishni texnologik, energetik, elektrotexnik va boshqa zaruriy asbob-uskunalar bilan taʼminlash;

ishchi komissiyaning dalolatnomasiga muvofiq tugallangan Ishchi komissiyaningdalolatnomasiga muvofiq tugallangan obyektning nomini (obyekt nomi) pudratchidan qabul qilib olish, uni belgilangan muddatlarda ishga tushirish va haqini toʻlash;

v) Buyurtmachi Pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. Pudratchining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan bajarilgan ishlardagi yoki ishlar uchun foydalanilgan materiallardagi kamchiliklar Pudratchi tomonidan oʻz hisobdan bartaraf etiladi;

g) Buyurtmachi ishlarning hajmi, qiymati va sifatining loyihalar va smetalarga muvofiqligi ustidan texnik nazorat va tekshirishni amalga oshirish paytida istalgan vaqtda qurilish va montaj ishlarining borishini, shuningdek foydalanilayotgan materiallarning sifatini tekshirishga haqli.

2.2. Pudratchining huquq va majburiyatlari:

a) Tasdiqlagan idoraning nomi va tasdiqlangan sana tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, titul varagʻiga va qurilishmontaj ishlarini bajarish jadvaliga muvofiq Loyiha-smeta hujjatlari, titul varag‘iga va qurilishmontaj ishlarini bajarish jadvaliga muvofiq qurilishni amalga oshirish muddatlarigacha Obyekt nomi, ishlar turining qurilishini amalga oshirish;

b) qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishini taʼminlash, oʻzi montaj qilgan uskunalarni sinash va ishlatib koʻrishda ishtirok etish, qurilishi tugallangan obyektni (yoki uning bir qismini) ishchi komissiyaga topshirish va Buyurtmachi bilan birgalikda shartnomaga ilova qilingan jadvalga muvofiq uni ishga tushirish.

 

3. QOʻSHIMCHA SHARTLAR

3.1. Qurilishni zarur materiallar va ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar bilan taʼminlash Buyurtmachiga yuklatiladi.

3.2. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar qiymati obyekt (yoki uning bir qismi) boʻyicha shartnomaviy narx hisob-kitobining qaydnomasiga asosan belgilanib, Buyurtmachiga Obyekt (yoki uning bir qismi) shartnomaviy narx hisob-kitobining qaydnomasiga asosan belgilangan haq miqdori soʻm miqdorda, shu jumladan qurilish-montaj ishlari Narx hisob-kitobining qaydnomasiga asosan qurilish-montaj ishlari uchun belgilangan haq miqdori soʻm miqdorda topshiriladi. Zarur boʻlgan holda Buyurtmachi qurilish maydonchasiga boradigan avtomobil yoʻlini qurish qiymatini shartnomaviy narx qaydnomasiga muvofiq (ilovada) toʻlaydi.

3.3. Hisob-kitoblar uchun asos boʻlib bajarilgan ishlar dalolatnomalari va F-3 shakldagi bajarilgan ishlar va xarajatlar qiymati maʼlumotnomasi hisoblanadi.

 

4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. Majburiyatlarini bajarmagan, lozim darajada bajarmagan aybdor taraf shartnoma bahosining Majburiyatlarini bajarmagan, lozim darajada bajarmagan aybdor taraf to‘laydigan jarima miqdori foizi miqdoridagi jarimani, hamda ikkinchi tarafning qilgan xarajatlari, mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi bilan bogʻliq, neustoyka bilan qoplanmagan summadagi zararni toʻlaydi.

4.2. Jadvalda belgilangan ishlarni bajarish muddatlarini kechiktirganlik uchun Pudratchi har bir kechiktirilgan kuniga Buyurtmachiga Jadvalda belgilangan ishlarni bajarish muddatlarini kechiktirganlik uchun Pudratchi har bir kechiktirilgan kuniga Buyurtmachiga to‘lashi lozim bo‘lgan penya miqdori foiz miqdorda penya toʻlaydi. Shartnomada belgilangan muddat ichida Pudratchi obyekt boʻyicha barcha ishlarni bajargan taqdirda, ishlarni bajarish muddatlarini buzganlik uchun Pudratchi toʻlagan penyalar unga Buyurtmachi tomonidan qaytarilishi lozim.

4.4. Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilmagan masalalarda taraflar amaldagi fuqarolik qonun hujjatlari, kapital qurilish boʻyicha meʼeriy hujjatlarga muvofiq ish tutadilar.

 

5. SHARTNOMA NUSXALARI VA AMAL QILISH MUDDATI

5.1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir nusxasi Buyurtmachiga va bir nusxasi Pudratchiga beriladi.

5.2. Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va taraflar zimmalariga olgan majburiyatlarini toʻliq bajarmagunlaricha amalda boʻladi.

 

6. SHARTNOMAGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI

6.1. Shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, shartnomani bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.

6.2. Shartnomani bir taraflama rad etish, uning shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

7. FORS-MAJOR HOLATLARI

7.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

7.2. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni ijro etishga imkoni boʻlmagan taraf majburiyatlarning ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi vaziyatlar sodir boʻlgani yoki tugaganligi haqida ikkinchi tarafga bildirishi kerak.

 

8. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Buyurtmachi:

 

Pudratchi:

Manzil: Buyurtmachi tashkilotning manzili

 

Manzil: Pudratchi tashkilotning manzili

Bank: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Pudratchining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

 

H/R: Pudratchining hisob raqami

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Pudratchining STIR raqami

Telefon: Buyurtmachining telefon raqami

 

Telefon: Pudratchining telefon raqami

F.I.Sh: Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.si

_________

Imzo

 

F.I.Sh: Pudratchi tashkilotning direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i

_________

Imzo

 

Kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi.

Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Qonunchilikka ko‘ra, boshqa turdagi ishlar qatorida kapital qurilish pudrati bo‘yicha ham kelishuv tuzulishi hamda taraflar o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pudrat shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.