MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning to‘liq nomi,keyingi oʻrinlarda “Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya” deb yuritiladi, Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya direktorinig yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh,bir tomondan, va Investor kompaniyaning to‘liq nomi,bundan keyin “Investor” deb yuritiladi, Investor yoki investor vakilining vakolatini ko‘rsatuvchi Ustav, ishonchnoma va boshqa tasdiqlangan hujjat raqami va sanasi asosida ish yurituvchi Investor yoki investor vakilining lavozimi va F.I.Sh,ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi (vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya)haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar berish, investor esa mazkur ishlarni oʻz mablagʻlari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi.
Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya — Oʻzbekiston Respublikasi (bundan buyon shartnomada davlat deb yuritiladi). Uning nomidan bitimda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ ishtirok etadi. Faqat xususiylashtirilishi mumkin boʻlmagan davlat korxonasi yoki davlat ulushi ellik bir foizdan kamayishi mumkin boʻlmagan korxona vakil qilingan kompaniya boʻlishi mumkin.
Investor — konlarni aniqlash, qidirishga va foydali qazilmalarni kavlab olishga oʻz mablagʻlarini, qarzga olgan yoki jalb etgan mablagʻlarini (mol-mulkini va (yoki) mulkiy huquqlarini) kiritayotgan shaxs.
Yer qaʼri uchastkasi Yer qaʼri uchastkasi joylashgan hududning nomi hududida joylashgan.
1.2. Investitsiya loyihasining tavsifi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Investitsiya loyihasining to‘liq tavsifi.
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning huquq va majburiyatalri:
2.1.1. Davlat boshqaruv organi vakolatli davlat organi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklangandir:
investitsiya loyihasining dastlabki texnikaviy-iqtisodiy asoslari tayyorlanishini tashkil etish;
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini olish uchun ochiq kim oshdi savdolariga tayyorgarlik koʻrilishi va oʻtkazilishini tashkil etish;
bitim tuzish uchun investor bilan muzokaralar oʻtkazish;
bitim loyihasini tayyorlash;
boshqaruv qoʻmitasida davlat vakilligini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan vakolatli davlat organi vazifalarining bir qismi vakil qilingan kompaniya zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning boshqa huquq va majburiyatlari
2.2. Investorning huquq va majburiyatlari:
bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlaridan foydalanish;
bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borganligi uchun shartnomada belgilangan miqdordagi haqni olish;
vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya bilan muzokaralar oʻtkazish;
qonunchilikning talablariga, shu jumladan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish standartlari (normalari, qoidalari) masalalariga oid talablarga rioya etish
mazkur shartnomada (bitimda) belgilangan ishlarning amaldagi qonun hujjatlariga, tasdiqlangan loyiha hujjatlariga, tarmoq talablariga, ushbu turdagi ishlarga oid qoidalar va standartlarga muvofiq sifatli va samarali bajarilishini taʼminlash;
ushbu shartnoma (bitim) boʻyicha ishlarni bajarishda pudratchilarni jalb qilishga haqli.
Investorning boshqa huquq va majburiyatlari
Yer qaʼridan foydalanuvchi pudratchilar va subpudratchilar tomonidan yer qaʼridan foydalanish shartlariga ushbu shartnomada (shartnomada) koʻrsatilgan shartlarga rioya etilishi uchun javobgardir.
3. BITIMNING AMAL QILISH MUDDATI VA XARAJATLARNI QOPLASH
3.1. Mazkur bitim Bitim amal qiladigan yilyilning Bitim amal qiladigan yilning tegishli sanasisanasigacha amal qiladi.
3.2. Bitimning amal qilishi investor tashabbusi bilan, u oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan taqdirda, foydali qazilmalar iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda qazib olinishini tugallash hamda yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni taʼminlash uchun yetarli boʻlgan muddatga uzaytiriladi. Bunda ana shunday uzaytirish shartlari va tartibi bitim bilan belgilanadi.
3.3. Investor bitim boʻyicha ishlarni bajarish davomida yoʻl qoʻyiladigan darajada qilgan oʻz xarajatlarining oʻrni qoplanishi huquqiga ega.
3.4. Yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlar deganda investor yoki operatorning Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda tasdiqlangan navbatdagi yildagi ishlarni bajarish uchun byudjetda nazarda tutilgan xarajatlari tushuniladi. Yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarning eng yuqori miqdori bitim bilan belgilanadi.
Investorlarga foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarida foydali qazilma konlarini aniqlash va qidirishga sarflangan yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlarni qoplash investor tomonidan unga foydalanish uchun ajratilgan yer qaʼri uchastkasida qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning bir qismi (bundan buyon matnda kompensatsiya mahsuloti deb yuritiladi) hisobidan, kelishilgan jadval boʻyicha, tijorat maqsadida qazib olish boshlangan kun toʻgʻri keladigan kalendar yilidan boshlab, tijorat maqsadidagi qazib olish boshlangunga qadar qilingan xarajatlar toʻla qoplanganidan keyin esa bu xarajatlar qilingan kalendar yilida amalga oshiriladi. Bu holda bitimda foydali qazilmalarni tijorat maqsadida qazib olish boshlangandan keyingi davr uchun oʻrni qoplanadigan, yoʻl qoʻyiladigan xarajatlarning eng yuqori miqdori belgilab qoʻyiladi.
3.5. Investor yoki operator tomonidan toʻlanadigan quyidagilar xarajatlar yoʻl qoʻyiladigan darajadagi xarajatlar jumlasiga kirmaydi:
qonunchilikda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
tijorat tavakkalchiliklari va boshqa tavakkalchiliklarni ixtiyoriy sugʻurtalashga qaratilgan mablagʻlar;
qonunchilikka muvofiq toʻlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilgan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari uchun qilingan ajratmalar;
bitim tuzishga qadar axborot olishga sarflangan mablagʻlar;
qonunchilik buzilganligi munosabati bilan jarimalar va neustoykalar;
bitim boʻyicha ishlarni bajarish paytida texnologiyalarni buzganlik natijasida qilingan xarajatlar;
investorga tegishli mahsulot realizatsiya qilinishi munosabati bilan qilingan xarajatlar;
ixtiyoriy xayriyalar va badallar;
bitimda belgilangan cheklashlardan ortiqcha moddalar boʻyicha qilingan xarajatlar.
4. BITIM BOʻYICHA ISHLARNI BAJARISHNING ASOSIY SHARTLARI
4.1. Bitim boʻyicha ishlarni bajarishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
moʻljallangan barcha ishlar uchun, shu jumladan foydali qazilmalarni kavlab olishning taxmin etilayotgan hajmi uchun ish dasturlari, loyihalar va byudjetni moliya yili boshlangunga qadar yoki shu ishlarni amalga oshirish boshlangunga qadar ishlab chiqish hamda keyinchalik boshqaruv qoʻmitasida tasdiqlash;
bitim boʻyicha ishlar olib borilayotgan va foydali qazilmalarni kavlab olish moʻljallanayotgan obyektlar boʻyicha loyihalar, geologik materiallar va texnikaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni davlat ekspertizasiga taqdim etish;
moʻljallangan ishlarning tasdiqlangan ish dasturi, byudjeti ijrosini, shuningdek moʻljallangan ishlar ijrochisining moliya-xoʻjalik faoliyatini moliya yili tugagandan keyin investor hisobidan majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish; qonunchilikning talablariga, shu jumladan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish standartlari (normalari, qoidalari) masalalariga oid talablarga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga boshqa shartlar teng boʻlgani holda bu ishlarda pudratchi, yetkazib beruvchi, tashuvchi yoki boshqa maqomda investorlar bilan shartnomalar asosida ishtirok etish uchun imtiyozli huquq berish;
bu ishlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini barcha jalb etilgan xodimlar tarkibining oʻrtacha yillik hisobida kamida sakson foizi miqdorida jalb etish. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tegishli ixtisosdagi va malakali xodimlar boʻlmagan taqdirdagina chet ellik xodimlar belgilangan kvotalardan ortiqcha jalb etiladi;
bitim boʻyicha ishlarni olib borish uchun texnika, asbob-uskunalar va texnologiyalarni faqat tanlov asosida olish (texnika va asbob-uskunalarni tezkor olishni talab qiluvchi texnogen falokatlar hamda fors-major holatlar bundan mustasno);
bajarilayotgan ishlarning atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olishga, bunday taʼsirning oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishga olib kelgan falokatlar yuz bergan taqdirda yetkaziladigan zarar uchun javobgarlikni sugʻurta qilish;
bitim boʻyicha ishlar tugallanganidan, shuningdek bitimga doir ishlar bajarilgan hududni ifloslanishdan tozalash ishlari yakunlanganidan keyin barcha inshootlar, qurilmalar va boshqa mol-mulkni tugatish yoki konservatsiyalash;
foydali qazilma konlarini aniqlash va qidirishning belgilangan bosqichlari tugallangach, investorga foydalanish uchun berib qoʻyilgan hududni bitim shartlariga muvofiq qaytarish.
5. MAHSULOT TAQSIMOTI SHARTI VA TARTIBLARI
5.1. Qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning umumiy hajmi Qazib olinadigan (ishlab chiqariladigan) mahsulotning umumiy hajmi miqdorini va qiymati Qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning umumiy qiymati soʻmni tashkil etadi.
5.2. Qazib olinadigan (ishlab chiqariladigan) mahsulotning kompensatsiya mahsuloti sifatida investorga mulk qilib beriladigan qismi Mahsulotning kompensatsiya mahsuloti sifatida investorga mulk qilib beriladigan qismi hajmi va miqdorini takshkil etadi.
5.3. Qidirish ishlarining va yer qaʼri uchastkasini boshqacha tarzda tadqiq etishning natijalarini investorga foydalanishga berishga qilgan xarajatlarini qoplash uchun qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning davlatga beriladigan qismi Qidirish ishlarining va yer qaʼri uchastkasini boshqacha tarzda tadqiq etishning natijalarini investorga foydalanishga berishga qilgan xarajatlarini qoplash uchun qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning davlatga beriladigan qismining miqdori va qiymatini takshil etadi.
5.4. Qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotning investorga tegishli qismini yoki shu bahodagi ekvivalentini unga berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonun va tomonlar oʻrtasida tuzilgan mazkur bitimga asosan amalga oshiriladi.
5.5.Davlat kompensatsiya mahsulotini, shuningdek foydaga qolgan mahsulotning bitim shartlariga muvofiq investor ulushi hisoblanuvchi qismini investorga mulk qilib beradi.
Bitim shartlariga muvofiq investorning mulkiga oʻtadigan mahsulot hech qanday cheklashlarsiz Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoki investor tomonidan ichki bozorda bitimda belgilangan shartlar va tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.
8. FORS-MAJOR HOLATLARI
8.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
8.2. Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda, davlat kamida oʻttiz kun oldin investorni xabardor qilib, investorning mahsulotini zarur hajmda olish huquqiga ega. Bu holda mahsulotni olish va investorning ehtimol tutilgan zararlarini qoplash shartlari bitimda belgilab qoʻyiladi.
9. BITIM BOʻYICHA SOLIQLAR VA TOʻLOVLAR
9.1. Investorlar, shuningdek ularning pudratchilari va ikkilamchi pudratchilari Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan barcha turdagi soliqlar va bitimlarda belgilangan yer qaʼri uchastkalarida izlash va qidirish ishlarini bajarish bilan bogʻliq boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadilar.
9.2. Investor bitimning amal qilish muddati ichida, mazkur bitimning 9.1.-bandida koʻrsatilgan ishlar turlarini istisno etganda, qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
10. SHARTNOMA BOʻYICHA BOSHQA SHARTAR
10.1. Agar boshqa shaxs bitim boʻyicha ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan moliyaviy va texnikaviy resurslarga hamda boshqaruv faoliyatida tajribaga ega boʻlsa, investor bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini faqat davlatning roziligi bilan toʻliq yoki qisman shu shaxsga oʻtkazish huquqiga ega.
10.2. Bitim boʻyicha huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish bitimning ajralmas qismi boʻlgan dalolatnoma tuzish orqali, bitimda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi, bunda yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish mazkur dalolatnoma imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida amalga oshiriladi.
10.3. Davlatning roziligi bilan investor oʻziga tegishli mol-mulkdan va (yoki) mulkiy huquqlardan bitimni ijro etish munosabati bilan tuziladigan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini taʼminlash uchun qonunchilikning talablariga rioya etgan holda garov sifatida foydalanishi mumkin.
10.4. Agar bitimda investor sifatida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi ishtirok etayotgan boʻlsa, bunday birlashma ishtirokchilari bitim boʻyicha solidar huquqlarga ega boʻladilar va ularning zimmasida solidar majburiyatlar boʻladi.
11. SHARTNOMAGA OʻZGARTIRISH, QOʻSHIMCHALAR KIRITISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
11.1. Bitimning shartlari u amal qiladigan butun muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi. Faqat taraflarning roziligi bilan bitimga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
11.2. Taraflarning kelishuviga binoan bitim shartlariga kiritilgan oʻzgartishlar bitimda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga kiritiladi. Agar bitimning amal qilish muddati mobaynida qonunchilik bilan investorning bitim doirasidagi faoliyatining tijorat natijalarini yomonlashtiruvchi normalar belgilanadigan boʻlsa, bitimda qayd etilgan shartlar amal qiladi. Agar qonunchilik bilan ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklarini, atrof muhitni va fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish standartlariga (normalariga, qoidalariga) oʻzgartishlar kiritiladigan boʻlsa, mazkur qoida qoʻllanilmaydi.
11.3. Bitimning amal qilishi u qancha muddatga tuzilgan boʻlsa, shuncha muddat oʻtganidan keyin yoki taraflarning kelishuviga binoan muddatidan ilgari, shuningdek boshqa asoslarga koʻra va bitimda nazarda tutilgan tartibda, bitim imzolangan kuni amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq bekor qilinadi.
12. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
12.1. Davlat bilan investor oʻrtasidagi bitim bilan bogʻliq nizolar bitim shartlariga muvofiq sudda, shu jumladan xalqaro arbitraj sudida hal qilinadi.
13. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya: |
|
Investor: |
||
Manzil: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning to‘liq manzili |
|
Manzil: Buyurtmachining to‘liq manzili |
||
Bank: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank: Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning bank hisobraqami |
|
H/R: Buyurtmachining bank hisobraqami |
||
STIR: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning STIRi |
|
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
||
Telefon: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniyaning telefon raqami |
|
Telefon: Buyurtmachining telefon raqami |
||
F.I.Sh: Vakolatli davlat organi va vakil qilingan kompaniya direktorinig yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh |
_________ Imzo |
|
F.I.Sh: Investor yoki investor vakilining lavozimi va F.I.Sh |
_________ Imzo |
Mahsulot taqsimotiga oid bitim (bundan buyon matnda bitim deb yuritiladi) shartnoma hisoblanib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga (bundan buyon matnda investor deb yuritiladi) bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa mazkur ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi.
Bitimda investitsiya loyihasining tavsifi va bitim amal qiladigan muddat, investorga yer qa’ri uchastkalarini foydalanish uchun berish tartibi, taraflarning huquq va majburiyatlari, bitimning ijro etilishini birgalikda boshqarish organlari, ishlarni bajarish, ish dasturlari va byudjetlarni ishlab chiqish shartlari, hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibi, soliq solish va boshqa to‘lovlar to‘lash shartlari, xarajatlarni qoplash tartibi va mahsulot taqsimoti shartlari, investorning ulushini olib chiqib ketish tartibi, bitimning ijro etilishini nazorat qilish tartibi, nizolarni hal etish tartibi, bitimning amal qilishini bekor qilish tartibi belgilanadi.
Mazkur bitim namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.