O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mualliflik shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Muallif
Foydalanuvchi
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

 

Mualliflik shartnomasi

 

Shartnoma sanasi

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Muallifning to‘liq F.I.Sh.i,keyingi oʻrinlarda “Muallif” deb yuritiladi, bir tomondan, va Foydalanuvchining to‘liq F.I.Sh.i,bundan keyin “Foydalanuvchideb yuritiladi, ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:

 

SHARTNOMANING PREDMETI

1.1. Muallif Foydalanuvchiga mualliflik huquqi obyekti boʻlgan Mualliflik huquqi obyekti nomidan,bundan keyin “mualliflik asari” deb yuritiladi, quyidagi yoʻllar orqali foydalanishi uchun beradi:

1.1.2. asarni takrorlash (takrorlash huquqi);

1.1.3. asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);

1.1.4. asarni barchaning eʼtiboriga yetkazish (barchaning eʼtiboriga yetkazish huquqi);

1.1.5. asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi);

1.1.6. tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish huquqi);

1.1.7. asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yoʻli bilan barchaning eʼtibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);

1.1.8. asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi);

1.1.9. asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);

1.1.10. asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);

1.1.11. asarni simsiz vositalar yordamida uzatish yoʻli bilan barchaning eʼtibori uchun yuborish (efirga uzatish huquqi);

1.1.12. asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);

1.1.13. asarni barchaning eʼtiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa (barchaning eʼtiboriga takroran yuborish huquqi).

 

2. MUALLIFLIK HUQUQLARINI TOPSHIRISH SHARTLARI

2.1. Mazkur shartnomaning 1-bandida koʻrsatilgan huquqlar Muallif tomonidan Foydalanuvchiga ushbu shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab oʻtkaziladi va Foydalanuvchiga topshirilgan mualliflik huquqlarining amal qilish muddati muddat davomida amal qiladi.

 

3. MUALLIFLIK HUQUQLARIDAN FOYDALANISH DOIRASI

3.1. Foydalanuvchi ushbu shartnoma boʻyicha unga berilgan mualliflik huquqlaridan Foydalanuvchiga berilgan mualliflik huquqlari amal qiladigan hudud hududida foydalanish huquqiga ega.

 

4. SHARTNOMA BAHOSI VA TOʻLOV SHARTLARI

4.1. Asardan Mazkur shartnomaning 1-bandida koʻrsatilgan mualliflik huquqlari asosida har qanday yoki bir necha marotaba foydalanganlik yoki barcha mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun Foydalanuvchi Muallifga asardan foydalanish orqali topilgan daromadning Mualliflik huquqidan foydalanganlik natijasida topilgan daromaddan Muallifga berilishi kerak bo‘lgan foiz miqdori foizi miqdorida toʻlov toʻlash majburiyatini oladi.

4.2. Toʻlov To‘lov amalga oshiriladigan oy (har oy, har chorak, har yili)dan kechiktirmasdan keyingi oyning To‘lov amalga oshiriladigan oyning aniq sanasi-sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

4.3. Foydalanuvchi Muallifning iltimosiga binoan ushbu Shartnomaning 4.1-bandiga binoan Muallifga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

 

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.

5.2. Tomonlar mazkur shartnomaga binoan oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni boshqa tomonning yozma ravishdagi roziligi boʻlmagan hollarda bajarmaslikka haqqi yoʻq. Tomonlarga bogʻliq boʻlmagan fors-major holatlar vujudga kelishi bundan mustasno.

5.3. Foydalanuvchi shartnomada belgilangan muddatni buzganligi uchun kechiktirilgan har bir kunga taraflar oʻrtasida kelshilgan umumiy summaning 0,5% miqdorida, biroq bajarilmagan ish qiymatining 50% dan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

5.4. Neustoykani toʻlash taraflarni shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.

 

6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

6.1. Taraflar oʻrtasida mazkur shartnoma boʻyicha yoki unda belgilangan majburiyatlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlarning oʻzaro muzokaralar olib borishi yoʻli bilan hal qilinadi.

6.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tartibida koʻriladi.

 

7. SHARTNOMAGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI

7.1. Shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, shartnomani bekor qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.

7.2. Shartnomani bir taraflama rad etish, uning shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

8. FORS-MAJOR HOLATLARI

8.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

8.2. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni ijro etishga imkoni boʻlmagan taraf majburiyatlarning ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi vaziyatlar sodir boʻlgani yoki tugaganligi haqida ikkinchi tarafga bildirishi kerak.

 

9. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Muallif:

 

Foydalanuvchi:

Manzil:Muallifning to‘liq manzili

 

Manzil: Foydalanuvchining to‘liq manzili

Hisob raqami: Muallifning hisob raqami

 

Hisob raqami: Foydalanuvchining hisob raqami

Bank : Muallifning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank: Foydalanuvchining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

STIR: Muallifning STIR raqami

 

STIR: Foydalanuvchining STIR raqami

Telefon raqami: Muallifning telefon raqami

 

Telefon raqami: Foydalanuvchining telefon raqami

Muallif:Muallifning to‘liq F.I.Sh.i

 

 

 

______

(imzo)

 

Foydalanuvchi:Foydalanuvchining to‘liq F.I.Sh.i

 

 

_____

(imzo)

 

Mualliflik shartnomasi.

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

Mualliflik haqining miqdori taraflar o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan  muallif va foydalanuvchi tomonidan belgilanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.