O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xarid qilish sharti bilan ijaraga olish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ijaraga beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Ijaraga oluvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: mol-mulkning qiymati dastlab sonlar, keyin esa harflar bilan ham yozilishi kerak.
  • Izoh: ijara haqi miqdori dastlab sonlar, keyin esa harflar bilan ham yozilishi kerak.
  • Izoh: Ijara to‘lovlarini to‘lash naqd, plastik karta va boshqa qonuniy to‘lov vositalar orqali to‘lanishi mumkin.

Yuklab oling

 

Xarid qilish sharti bilan ijaraga olish shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ijaraga beruvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli,keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiladi, Ijaraga beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Ijaraga beruvchi tashkilot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.Sh.i bir tomondan va Ijaraga oluvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli,keyingi oʻrinlarda “Ijarachi” deb yuritiladigan, Ijaraga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat hujjat asosida ish yurituvchi Ijaraga oluvchi maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.Sh.si ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar.

1. Shartnomaga muvofiq Ijaraga beruvchi quyidagi mol-mulklarni shartnoma shartlariga asosan topshiradi, Ijarachi esa shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda ularni qabu qilib oladi va foydalanadi.

Mol-mulkning nomlanishi: Ijaraga berilayotgan mol-mulkning nomlanishi

Miqdori: Ijaraga berilayotgan mol-mulkning miqdori

Qiymati: Ijaraga berilayotgan mol-mulkning qiymati

Ijara muddati: Mol-mulkni ijaraga berish muddati

Bir oylik ijara haqi miqdori: Bir oylik ijara haqi miqdori

Bir oylik amortizatsiya miqdori: Bir oylik amortizatsiya miqdori

2. Mazkur mol-mulkdan ijarachi quyidagi maqsadlarda foydalanadi:

Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mulkdan foydalanish maqsadlari

3. Mol-mulk mazkur shartnoma imzolangan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi.

4. Ijarachi shartnomaga ilova qilingan hisob-kitob boʻyicha har oyda Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mulk uchun har oy to‘laydigan to‘lov miqdori soʻm miqdorida ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlab borish majburiyatini oladi.

5. Ijara toʻlovlari har oylik ijara toʻlovini keyingi oyning Har oylik ijara to‘lovlarini amalga oshirish vaqti-sanasidan kechiktirmay ijaraga beruvchiga Ijara to‘lovlarini to‘lash usuli orqali toʻlov amalga oshiriladi.

6. Ijarachi toʻlovlarni muddatidan kechiktirgan holda, kechiktirilgan toʻlov summaning Ijarachi to‘lovlarni kechiktirgan taqdirda bir kunda to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

7. Ijara haqi miqdori taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Taraflardan birining talabi bilan ijara haqining miqdori muddatidan oldin quyidagi hollarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin:

Ijara to‘lovi miqdorini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ladigan asoslar

8. Ijarachi oʻz hisobidan sotib olgan asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydi.

9. Ijaraga beruvchi normal foydalanish imkoniyatini beradigan holdagi mulkni ijarachiga topshirishi lozim. Ijaraga beruvchi mulkni topshirishdan bosh tortgan taqdirda, ijarachiga mulk qiymatining Ijaraga beruvchi kelishilgan mulkni ijaraga berishni rad etganda to‘laydigan jarima miqdori foizi foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

10. Ijarachining majburiyatlari:

-ijaraga berilgan mulkdan uning belgilanishi boʻyicha foydalanish;

-mulkni toʻla va soz holatda saqlash;

-oʻz hisobidan va oʻz vaqtida mulkni joriy va kapital taʼmirlash;

-Ijarachining boshqa majburiyatlari

11. Shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishga taraflarning kelishuvi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taraflardan biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ikkinchi tarafning talabi bilan sud qaroriga muvofiq shartnoma oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

12. Mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar ijaraga oluvchi:

ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;

mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa;

shartnomada belgilangan toʻlov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlamasa;

qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq kapital taʼmirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat boʻlgan hollarda shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital taʼmirlashni amalga oshirmasa.

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga oʻz majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.

Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:

ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga toʻsqinlik qilsa;

ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga toʻsqinlik qiladigan kamchiliklar boʻlib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib oʻtmagan, ijaraga oluvchiga oldindan maʼlum boʻlmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni koʻzdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin boʻlmagan boʻlsa;

ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda oʻz zimmasidagi mol-mulkni kapital taʼmirlash majburiyatini bajarmasa;

ijaraga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.

13. Ijaraga olingan mulk faqat ijaraga beruvchining yozma roziligi boʻlgan taqdirdagina qayta ijaraga berilishi mumkin.

14. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shartnomani bir taraflama oʻzgartirganlik yoki bekor qilganlik uchun aybdor taraf amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, yetkazilgan zararni va boy berilgan foydani ikkinchi tarafga toʻlaydi.

15. Mazkur shartnoma bilan belgilanmagan taraflarning oʻzaro munosabatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibda solinadi.

16 Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar yuzasidan Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan murojaat qilinadigan sud nomiga murojaat qilinadi. Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan murojaat qilinadigan sud nomi sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

16. Shartnomaning amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati yil deb belgilanadi va Shartnomaning amal qilish muddatining boshlanish vaqtidan Shartnomaning amal qilish muddatining tugash vaqtigacha amal qiladi.

18. Mulk quyidagi hollarda ijarachining mulkchiligiga oʻtadi:

Ijarachi toʻla amortizatsiya muddatiga topshirilgan mulkning qiymatidan belgilangan ijara haqini Ijaraga beruvchiga toʻliq toʻlab boʻlgan boʻlsa;

shartnoma boʻyicha amortizatsiya muddati tugamasdan turib ijara muddati tugagan mulkning qoldiq qiymatidan toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻliq toʻlangan boʻlsa. Bu holda, ijara haqi tarkibiga amortizatsiya ajratmalari toʻliq xajmda kiritiladi;

Mulk ijarachining mulkchiligiga o‘tishi uun belgilanadigan boshqa hollar

19. Shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, birinchi nusxasi Shartnomaning bir nusxasini saqlovchi notarial idora nomi va manzili notarial idorasida, ikkinchi va uchinchi nusxalari taraflarda saqlanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

IJARAGA BERUVCHI:

 

IJARAGA OLUVCHI:

Manzil: Ijaraga beruvchining manzili

 

Manzil: Ijaraga oluvchining manzili

Hisob-kitob raqami: Ijaraga beruvchining hisob raqami

 

Hisob-kitob raqami: Ijaraga oluvchining hisob raqami

Bank : Ijaraga beruvchining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank kodi: Ijaraga oluvchining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

 

STIR: Ijaraga oluvchining STIR raqami

Telefon raqami: Ijaraga beruvchining telefon raqami

 

Telefon raqami: Ijaraga oluvchining telefon raqami

Buyurtmachi: Ijaraga beruvchi tashkilot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.Sh.i

 

M.Oʻ.

 

______

(imzo)

 

Ijrochi: Ijaraga oluvchi maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.Sh.si

 

M.Oʻ.

 

_____

(imzo)

 

Xarid qilish sharti bilan ijaraga olish shartnomasi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o‘tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.

Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom bo‘lganidan keyin yoki tamom bo‘lmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to‘lagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirishlari, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.