Qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisida bitim
Bitim tuzilgan vaqt |
Bitim raqami-son |
Bitim tuzilgan joy |
Qarzdorning F.I.Sh.i,keyingi oʻrinlarda “Qarzdor” deb yuritiladi, bir tomondan, va Yangi qarzdorning F.I.Sh,bundan keyin “Yangi qarzdor” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu bitimni (keyingi oʻrinlarda — Bitim deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:
1. BITIM PREDMETI
1.1. Yangi qarzdor, Qarzdor va Kreditorning F.I.Sh (keyingi oʻrinlarda Kreditor deb yuritiladi) oʻrtasida tuzilgan Kreditor bilan tuzilgan bitim raqami-sonli Kreditor bilan tuzilgan bitim nomi bitim boʻyicha Qarzdorning majburiyatlarini toʻliq oʻz zimmasiga oladi.
1.2. Qarzdorning Kreditor oldidagi majburiyatlari Qarzdorning Kreditor oldidagi majburiyatlari rasmiylashtirilishi uchun solishtirish dalolatnomasi tuzilgan vaqtdagi, Qarzdorning Kreditor oldidagi majburiyatlari rasmiylashtirilishi uchun solishtirish dalolatnomasi raqami-sonli solishtirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Tomonlar ushbu bitimni Kreditor bilan yozma ravishda kelishib olishlari shart. Kreditorning qarzni oʻtkazishga yozma roziligisiz, qarzni oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu bitim yuridik kuchga ega hisoblanmaydi.
2.2. Qarzdor ushbu bitim taraflar tomonidan imzolangan va Kreditor bilan kelishilgan kundan boshlab Hujjatlarni topshirish muddati kun ichida Yangi qarzdorga qarz oʻtkazilgan Yangi qarzdorga qarz o‘tkazilgan vaqt yildagi Yangi qarzdorga o‘tkazilgan qarz bo‘yicha bitim raqami-sonli bitimni va Qarzdorning kreditor oldidagi qarzini hisoblash ushbu shartnoma imzolangan sanada kreditor bilan yozma ravishda kelishilgan va shu bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni topshiradi.
2.3. Qarzdor Yangi qarzdorga O‘tkaziladigan qarz miqdori soʻm miqdoridagi qarzni Qarzni o‘tkazish asosi asosida oʻtkazadi.
3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
3.1. Tomonlarning har biri, ularning aybi bilan yuzaga kelgan boʻlsa, ushbu bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmasliklari natijasida boshqa tomonga yetkazilgan zarar uchun javobgardir.
3.2. Agar zarar ularning irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, yetkazilgan zarar uchun tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi, yaʼni fors-major holatlari tufayli.
3.3. Taraflar bitim shartlarini bajarishlari mobaynida ularning hoxish, erki va irodasiga bogʻliq boʻlmagan kuchlar toʻsiqlik qilsa, jumladan: tabiiy ofatlar, zilzila, suv toshqini, urush eʼlon qilinishi, amaldagi qonunchilikning oʻzgarishi kabi holatlarda fors-major holati eʼlon qilinadi. Qaysi taraf uchun fors-major holati sodir boʻlsa, ushbu holat hakida ikkinchi tarafni yozma ravishda ogohlantirish shart. Fors-major holatlari Taraflarni bitim shartlarini bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod etishga sabab bo‘lgan fors-major holatlarining muddati yoki undan ortiq davom etsa taraflar shartnoma shartlarini bajarishdan qisman yoki toʻliq ozod etiladilar.
4. NIZOLARNI HAL QILISH
4.1. Tomonlar ushbu bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar, agar iloji boʻlsa, muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
4.2. Agar tomonlar bahsli masala boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sudda hal qilinadi.
5. YAKUNIY QOIDALAR
5.1. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan paytdan va kreditor bilan yozma kelishuvdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar u boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaguncha amal qiladi.
5.2. Ushbu bitimga kiritilgan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma ravishda tuzilgan boʻlsa, ikkala tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan va Kreditor bilan kelishilgan taqdirdagina amal qiladi.
5.3. Nomi, manzili, bank rekvizitlari oʻzgargan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda, tomonlar Nomi, manzili, bank rekvizitlari o‘zgargan yoki qayta tashkil etilganda yozma xabar berish muddati kun ichida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
5. 4. Bitim 3 nusxada tuziladi, bittasi Yangi qarzdorga, bittasi Qarzdorga va bittasi Kreditorga beriladi va ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega.
6. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Qarzdor: |
|
Yangi qarzdor: |
||
Manzil: Qarzdorning manzili |
|
Manzil: Yangi qarzdorning manzili |
||
Hisob-kitob raqami: Qarzdorning hisob raqami |
|
Hisob-kitob raqami: Yangi qarzdorning hisob raqami |
||
Bank : Qarzdorning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
Bank: Yangi qarzdorning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
||
STIR: Qarzdorning STIR raqami |
|
STIR: Yangi qarzdorning STIR raqami |
||
Telefon raqami: Qarzdorning telefon raqami |
|
Telefon raqami: Yangi qarzdorning telefon raqami |
||
Qarzdor: Qarzdorning F.I.Sh.i
M.Oʻ. |
______ (imzo) |
|
Yangi qarzdor: Yangi qarzdorning F.I.Sh
M.Oʻ. |
_____ (imzo) |
Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim. Biroq, qarz miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan kam bo‘lganda ham taraflarning kelishuviga asosan yozma shaklda tuzilishi mumkin. Qarz munosabatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, kelgusida turli nizolar kelib chiqishini oldini olishga xizmat qiladi.
Qonunchilikka ko‘ra, taraflarning kelishuviga asosan qarz majburiyatini boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, da’vo ariza so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.