O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yetkazilgan zararni va penyani undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo arizasining rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasining mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan sud nomi tumanlararo sudiga

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

Manzil:Daʼvogarning yashash manzili,

Telefon:Daʼvogarning telefon raqami,

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

Manzil: Javobgarning yashash manzili,

Telefon: Javobgarning telefon raqami,

 

DAʼVO ARIZA

(Yetkazilgan zararni va penyani undirish toʻgʻrisida daʼvo ariza)

 

Shartnoma imzolangan sana sanasida fuqaro Javobgarning F.I.O. bilan Shartnomaning nomi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzdik. Oʻrtamizda tuzilgan shartnomada Shartnoma predmeti amalga oshirishni shartnoma predmeti sifatida belgiladik. Shartnomaning barcha rekvizitlari va mazmunini toʻliq belgiladik. Bundan tashqari shartnomani bajarish muddatlarini ham aniq kelishdik. Ammo javobgar Javobgarning F.I.O. shartnomaning Shartnomaning bajarilmagan bandlari raqami-bandlarini bajarmadi va natijada Yuzaga kelgan zarar haqida maʼlumot Vujudga kelgan zarar miqdori soʻm miqdorida zarar yetdi.

Javobgarga bu haqda bir necha marta xabardor qilganim bilan hozirgacha shartnoma shartlarini bajarmasdan kelmoqda va qarzdorligini ham qoplamagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324 va 325-moddalariga koʻra, qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Agar qonunchilikda yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.

Agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi.

Qonunda yoki shartnomada zararni emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yoʻl qoʻyiladigan; zarar ham neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkin boʻlgan; kreditorning tanloviga koʻra yoki neustoyka yoxud zarar undirib olinishi mumkin boʻlgan hollar belgilanishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga koʻra, Neustoyka (jarima, penya) to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.

Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 259-312 va 324-325-moddalariga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Javobgarning F.I.O.dan meni foydamga Yuzaga kelgan zarar haqida maʼlumot soʻm zarar uchun hamda shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun Undirib berilishi so‘ralayotgan penya miqdori soʻm miqdorida penya undirib berishingizni.

 

Ilova qilingan hujjatlar: Ilova qilingan hujjatlar

 

Daʼvogarning F.I.O. Daʼvo arizasi imzolangan sana

 

Yetkazilgan zararni va penyani undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Fuqarolik kodeksida g‘ayriqonuniy harakat (xarakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq xajmda qoplanishi lozimligi nazarda tutilgan. Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, zarar yetkazilgan taraf yetkazilgan zarardan tashqari penya to‘lanishini ham talab qilish huquqiga ega.

Mol-mulkka yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida sudga da’vo ariza kiritiladi. Da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha manfaatdor shaxsning ish qo‘zg‘atish haqidagi murojaati bo‘lib, sud tomonidan da’vo tartibida ish yuritish uchun asos hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda mazkur da’vo ariza namunasi tayyorlangan bo‘lib, ariza so‘rovnomalar to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.