O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ish ko‘rib chiqilishini boshqa kunga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma

Hujjat tavsifi
Iltimosnomaning rekvizitlari
Iltimosnoma mazmuni

Yuklab oling

Iqtisodiy ishlari boʻyicha Iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudning nomi sudiga

Arizachining F.I.Sh

ILTIMOSNOMA

(Ish koʻrib chiqilishini kechiktirish (boshqa kunga qoldirish) toʻgʻrisida)

Beraman ushbu arizani shu haqdakim, Iqtisodiy ish ko‘rib chiqiladigan muddatda iqtisodiy ishlari boʻyicha Iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudning nomi tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqiladigan iqtisodiy ishni kechiktirishni (boshqa kunga qoldirish)ni quyidagi asoslarga koʻra soʻrayman:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 171-moddasiga asosan, sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan:

tarafning iltimosnomasi boʻyicha, u nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida suddan koʻmaklashishni soʻrab murojaat qilgan taqdirda;

agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa;

ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha;

sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda;

tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha;

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda;

sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi kelmagan va koʻrsatilgan shaxsning sud muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlmagan taqdirda;

ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda;

nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketgan tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda;

ikkinchi javobgarni yoki uchinchi tarafni ishda ishtirok etish uchun jalb etish zarur boʻlgan taqdirda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli ekanligi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandiga koʻra, IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud boʻlganda ishni koʻrish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, sud majlisi ishni koʻrishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni koʻrish muddati, qoldirishlarni hisobga olgan holda IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10 va 11-bandlariga koʻra, IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq, iqtisodiy sudi ishni shu majlisda koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish vaqtida videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmagan taqdirda ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.

Videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaganligi deganda, ishni koʻrish jarayonida texnik nosozliklar, shuningdek elektr energiyasi yetkazib berilishidagi uzilishlarning yuzaga kelishi tushunilishi lozim.

Videokonferensaloqa oʻrnatishning imkonini yoʻqotishga olib kelgan texnik nosozliklar va elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlar yuzaga kelganda, ishni koʻrayotgan sud ishni koʻrishni boshqa kunga qoldirishi lozim.

Sud majlisi videokonferensaloqa oʻrnatish imkonining boʻlmaganligi sababli qoldirilganda, ishni koʻrayotgan sud boshqa aloqa vositasi orqali videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha xodimini, bu xodim esa, oʻz navbatida, sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni yangi sud majlisining kuni va vaqti haqida tilxat orqali xabardor qiladi.

Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, ishda ishtirok etuvchi taraflardan biri sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashadigan sudga kelgan boʻlib, lekin ishni koʻrayotgan sud nizoni videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli oddiy rejimda mazmunan hal qilgan boʻlsa, bu holat ishni taraflardan birining ishtirokisiz koʻrishda ifodalangan protsessual huquq normalarining buzilishi sifatida baholanadi va sud hujjatini bekor qilishga asos boʻladi.

Shu bilan birga, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sudga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga yozma roziligi boʻlsa, sud ishni oddiy rejimda mazmunan koʻrishga haqli.

Qonunchilikda belgilangan yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, Iqtisodiy ish ko‘rib chiqilishini kechiktirishni (boshqa kunga qoldirish) bo‘yicha iltimosnoma uchun asos sababli Iqtisodiy ish ko‘rib chiqiladigan muddat sanasida boʻlib oʻtadigan iqtisodiy ish koʻrib chiqilishini Kechiktirish (boshqa kunga qoldirish)ning muddati — ko‘pi bilan o‘n kunga qoldirilishi mumkin kunga kechiktirishni (boshqa kunga qoldirish)ni va bu boʻyicha ajrim chiqarishingizni soʻrayman.

Ilova: Iqtisodiy ish ko‘rib chiqilishini kechiktirishni (boshqa kunga qoldirish) uchun sabab bo‘lgan holatni asoslaydigan hujjatlarning nomlari

Arizachining F.I.Sh

_____

Iltimosnoma imzolangan sana

Imzo

Ish ko‘rib chiqilishini boshqa kunga qoldirish to‘g‘risida iltimosnoma

Sud taraflarning tashabbusi bilan yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin.

Taraflarning tashabbusi bilan ish muhokamasini keyinga qoldirish sudga iltimosnoma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda mazkur iltimosnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, iltimosnoma so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.