O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo arizasining rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasining mazmuni

Yuklab oling

 

 

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan sud nomi

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O

 

 

Manzil: Daʼvogarning yashash manzili,

 

 

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami,

 

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

 

 

Manzil: Javobgarning yashash manzili,

 

 

Telefon: Javobgarning telefon raqami,

 

 

DAʼVO ARIZA

(Shartnomaning nomi shartnomasi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida)

 

Men yuqorida kщrsatilgan manzilda yashayman. Shartnoma imzolangan sana sanasida fuqaro Javobgarning F.I.O. bilan Shartnomaning nomi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzdik. Oʻrtamizda tuzilgan shartnomada Shartnoma predmeti amalga oshirishni shartnoma predmeti sifatida belgiladik. Shartnomaning barcha rekvizitlari va mazmunini toʻliq belgiladik. Bundan tashqari shartnomani bajarish muddatlarini ham aniq kelishdik. Ammo javobgar Javobgarning F.I.O. shartnomaning Shartnomaning bajarilmagan bandlari raqami-bandlarini bajarmadi va natijada Vujudga kelgan qarzdorlik miqdori soʻm qarzdorligi vujudga keldi

Javobgarga bu haqda bir necha marta xabardor qilganim bilan hozirgacha shartnoma shartlarini bajarmasdan kelmoqda va qarzdorligini ham qoplamagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-moddasiga koʻra, Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Agar qonunchilikda yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 259-312 moddalariga asosan suddan,

SOʻRAYMAN:

 

Javobgarning F.I.O.dan meni foydamga Vujudga kelgan qarzdorlik miqdori soʻm asosiy qarz hamda qarzni oʻz vaqtida qaytarmaganligi sababli bank foizi bilan hisoblab undirib berishingizni.

 

Ilova qilingan hujjatlar: Ilova qilingan hujjatlar

 

Daʼvogarning F.I.O

________

Daʼvo arizasi imzolangan sana

 

 

Shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim. Biroq, qarz miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan kam bo‘lganda ham taraflarning kelishuviga asosan yozma shaklda tuzilishi mumkin. Qarz munosabatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, kelgusida turli nizolar kelib chiqishini oldini olishga xizmat qiladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qarz shartnomasi bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’vo ariza namunasi tayyorlangan bo‘lib, da’vo ariza so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.