O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Isteʼmolchilik huquqini himoya qilish va zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo arizasining rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo arizasining mazmuni

Yuklab oling

 

 

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan sud nomi tumanlararo sudiga

 

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

 

 

Manzil:Daʼvogarning yashash manzili

 

 

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami,

 

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

 

 

Manzil: Javobgarning yashash manzili

 

 

Telefon: Javobgarning telefon raqami

 

DAʼVO ARIZA

(Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va zararni undirish toʻgʻrisida)

 

Fuqaro Daʼvogarning F.I.O. javobgardan Tovar sotib olingan sana kuni Tovarning rusumi rusumli Tovarning nomini sotib olgan. Javobgar tovarga Tovar uchun kafolat muddati kafolat bergan va tovarning pasportiga imzo qoʻyib, muhr bosib bergan. Biroq, fuqaro Daʼvogarning F.I.O. tovarni olib borib ishlatganda, mahsulot ishlamagan. Fuqaro Daʼvogarning F.I.O. tovarning ishlmaganligini javobgarga aytsada, javobgar tovarni qaytarib ham olmagan, tuzatib ham bermagan. Fuqaro Daʼvogarning F.I.O. bir necha marta javobgardan tovarni yangisiga almashtirib berishni soʻrasada, javobgar bundan boʻyin tovlagan. Shundan soʻng fuqaro Daʼvogarning F.I.O. bir necha tashkilotlarga murojaat qilishga majbur boʻlgan. Buning natijasida javobgar maʼnaviy zarar koʻrgan. Fuqaro Daʼvogarning F.I.O. tovar oldindan yoroqsizligi va buzilganligi boʻyicha mutaxassis xulosasini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida belgilanganidek, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi qat’iy belgilangan.

Shuningdek, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasida nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish; tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash; xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash.

Yuqoridagi Qonunning 22-moddasida isteʼmolchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va isteʼmolchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1021-moddasining 1-qismi talabiga koʻra, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybi boʻlgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabiga koʻra, maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim. Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi.

Yuqordigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021 va 1022-moddalari, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4, 13 va 22-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 189 va 191-moddalariga asosan

 

SOʻRAYMAN:

 

Javobgardan fuqaro Daʼvogarning F.I.O.ning foydasiga Undirilishi so‘ralayotgan maʼnaviy zarar miqdorisoʻm maʼnaviy zararni hamda davlat bojini javobgardan undirishni.

Fuqaro Daʼvogarning F.I.O.ning isteʼmolchi sifatida huquqlarini taʼminlashingizni.

 

Ilova: Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

 

Daʼvogarning F.I.O.

______

Daʼvo arizasi imzolangan sana

 

Isteʼmolchilik huquqini himoya qilish va zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi qat’iy belgilangan.

Shuningdek, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish, tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish, tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish yoki shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplashdan birini talab qilishga haqli.

Shuningdek, mazkur qonunda iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozimligi belgilangan.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda mazkur da’vo ariza namunasi tayyorlangan bo‘lib, da’vo ariza so‘rovnomalarni to‘ldirish orqali osonlik bilan shakllantiriladi.