|
|
Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sudning nomi sudiga |
|
|
Arizachi: Arizachining F.I.Shdan |
|
|
Manzil:Arizachining yashash manzili |
|
|
Telefon: Arizachining telefon raqamlari |
ARIZA
(Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan tanishib chiqish va nusxa berish toʻgʻrisida)
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 294-moddasining birinchi qismida maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, oʻz iltimosini bayon etishga, ishni koʻrib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqli ekanligi belgilangan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 39-moddasining birinchi qismida ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, koʻchirma nusxa olish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Menga nisbatan Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sudning nomi sudining Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sud qarori qabul qilingan sana yildagi Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sud qarori raqami-sonli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qarori chiqarilgan. Shu qaror bilan tanishib chiqish va nusʼha olish huquqimdan foydalanmoqchiman.
Bayon etilganlardan kelib chiqib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 294 va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 39-moddalariga asoslanib, suddan
SOʻRAYMAN:
Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sudning nomi sudining Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sud qarori qabul qilingan sana yildagi Maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qaror chiqargan sud qarori raqami-sonli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qarori bilan tanishib chiqish va nusʼha koʻchirib olish imkonini berishingizni soʻrayman.
ILOVA:
1.Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
2. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qarorning nusʼhasi
Arizachi: Arizachining F.I.Sh _________ Ariza imzolangan sana
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 294-moddasining birinchi qismida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqli ekanligi belgilangan.
Ish materiallari bilan tanishishini xohlovchi shaxs bu bo‘yicha sudga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur ariza namunasi tayyorlandi.
namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.