O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va texnologik ishlar pudrati.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Pudratchi
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqaruvchisi
Buyurtmachi
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqaruvchisi
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Quyidagi pudrat turlaridan biri yoziladi: 1. ilmiy tekshirish 2.tajriba-konstruktorlik 3. texnologik ishlar pudrati
  • Izoh: Masalan naqd pul to‘lash, pul ko‘chirish yoki boshqa usul

Yuklab oling

 

SHARTNOMA

(Bajariladigan maishiy pudrat ishining nomi pudrati toʻgʻrisida)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma kelgusida “Buyurtmachi” deb ataluvchi yuridik shaxs Buyurtmachi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilotning rahbari F.I.O.si hamda “Pudratchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Pudratchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Pudratchi tashkilot rahbarining lavozimi Pudratchi tashkilotning rahbari F.I.Olar oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi:

 

I. SHARTNOMANING MAZMUNI

 

1.1. “Pudratchi” mazkur shartnoma shartlariga muvofiq “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga asosan Bajariladigan maishiy pudrat ishining nomi koʻrinishidagi pudrat ishlarini bajaradi.

 

II. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB KITOB TARTIBI

 

2.1. Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar bahosi taraflarning kelishuviga asosan Bajariladigan ishlar bahosi (narxi) soʻmni tashkil etadi.

2.2. Bajariladigan ishlar qiymati uzil kesil hisoblanib, faqatgina ishlar xajmi buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganida va fors-major holatlari sabab boʻlganida qayta koʻrib chiqilib, tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.

2.3. Shartnoma tomonlar oʻrtasida imzolangandan soʻng 3 bank ish kunida “Buyurtmachi” tomonidan bajariladigan ishlar umumiy qiymatining Bajariladigan ishlar uchun to‘lanadigan summaning necha foizi oldindan to‘lanadi % ini, yaʼni Oldindan to‘lanadigan summa miqdori (raqam va so‘z bilan yoziladi) soʻmni oldindan avans tariqasida “Pudratchi”ga toʻlaydi.

2.4. Shartnoma bahosining qolgan Pudratchi tomonidan ishlar bajarib bo‘linganidan so‘ng to‘lanadigan summa miqdori (raqam va so‘z bilan yoziladi) soʻmi “Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlar topshirilganidan kuni toʻlab beriladi.

2.5. Bajarilgan ishlar uchun toʻlovlar “Buyurtmachi” tomonidan Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli usuli bilan amalga oshiriladi.

 

III. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. “Pudratchi”ning majburiyatlari:

Shartnoma imzolangandan soʻng ishlarni belgilangan muddatda bajarish;

Ishlarni belgilangan sifat talablari darajasida, davlat standartlari va boshqa meʼyoriy xujjatlar asosida bajarish;

Bajarilgan ishlarni shartnomada belgilangan muddatda “Buyurtmachi”ga topshirish;

“Pudratchi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3.2. “Pudratchi”ning huquqlari:

Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha “Buyurtmachi”dan maʼlumotlar, topshiriqlar yuzasidan tushuntirishlar olish;

Bajarilayotgan ishlar boʻyicha “Buyurtmachi” vakillari bilan maslahatlashish, ular bilan fikr almashish;

Bajarilgan ish uchun oldindan avans xaq toʻlanishini va ishni bajarib topshirgandan soʻng toʻla hajmda hisob kitob qilinishini talab qilish;

Bajarib berilgan ishni qabul qilib olish asossiz ravishda rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish;

“Pudratchi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

3.3. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Pudratchi”ga bajarilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan topshiriq va vazifalarni aniq va asoslantirilgan holda taqdim etish;

“Pudratchi”ning soʻroviga asosan bajarilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha “Pudratchi”ga maʼlumotlar, topshiriqlar yuzasidan tushuntirishlar berish;

“Pudratchi”ning soʻroviga asosan bajarilayotgan ishlar boʻyicha fikr mulohazalar bildirish;

«Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish;

Bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida xaq toʻlash;

“Buyurtmachi”ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3.4. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

Ishlarning borishi, topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha “Buyurtmachi”dan maʼlumotlar va tushuntirishlar olish;

“Pudratchi”ning faoliyatiga aralashmagan holda ishlarning borishi bilan tanishib borish;

“Pudratchi”dan bajarilgan ishlar davlat standartlari va boshqa meʼyoriy xujjatlar asosida bajarilishini talab qilish;

“Pudratchi” tomonidan bajarilgan ishlarda aniqlangan kamchiliklarni bepul bartaraf etilishi yoki kamchiliklar boshqa shaxs tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplanishini talab qilish;

Oʻzi tomonidan “Pudratchi”ga berilgan materiallar va boshqa ashyolar qaytarilishini talab qilish;

Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

4.1 “Pudratchi” ishni bajarish muddatini buzganligi uchun “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.

4.2. “Buyurtmachi” bajarilgan ishlar xaqini oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda “Pudratchi”ga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

 

V. NIZOLARNI XAL KILISH TARTIBI

 

5.1 Ushbu shartnoma yoki unga bogʻlik masalalar yuzasidan kelib chikadigan barcha nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan hal qilinadi.

5.2 Nizolarni taraflarning kelishuvi bilan hal qilib boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan iqtisodiy sudida hal qilinadi.

VI. BOSHKA SHARTLAR

 

6.1 Ushbu shartnomaga kiritiladigan barcha oʻzgarishlar va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilib, taraflar tomonidan imzolangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.

6.2 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan boʻlib taraflar imzolaridan soʻng xaqiqiy deb hisoblanadi.

6.3 Bajarilgan ishlarning kafolat muddati tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan ishlar bajarib boʻlinganidan Bajarilgan ishlar bo‘yicha beriladigan kafolat muddati kun etib belgilandi.

 

VII. YENGIB BOʻLMAYDIGAN KUCH (FORS MAJOR) HOLATLARI

 

7.1 Ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va bu holatlar shartnoma shartlarini bajarilishiga bevosita taʼsir etsa tomonlarning javobgarlikdan ozod etilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

 

VIII. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH, BEKOR QILISH VA NIZOLARNI XAL QILISH TARTIBI

 

8.1. Mazkur shartnoma belgilangan shaklda tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnoma boʻyicha yuzaga kelishi mumkun boʻlgan nizo va kelishmovchiliklar oʻzaro muxokama yoʻllari bilan xal etiladi. Agarda oʻzaro muhokama yoʻli bilan hal etish imkoni boʻlmasa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Iqtisodiy sudi orqali hal etiladi.

 

IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATLARI

 

10.1. Shartnoma tomonlar imzolangan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana ga qadar amal qiladi.

10.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanadi.

 

XI. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

«PUDRATCHI»

 

«BUYURTMACHI»

Pudratchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Pudratchi tashkilotning manzili

 

Buyurtmachi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Buyurtmachi tashkilotning manzili

H.R: Pudratchi tashkilotning hisob raqami

 

H.R: Buyurtmachi tashkilotning hisob raqami

STIR: Pudratchi tashkilotning STIR raqami

 

STIR: Buyurtmachi tashkilotning STIR raqami

MFO: Pudratchi tashkilotning MFO raqami

 

MFO: Buyurtmachi tashkilotning MFO raqami

OKED: Pudratchi tashkilotning OKED raqami

 

OKED: Buyurtmachi tashkilotning OKED raqami

Pudratchi tashkilot rahbarining lavozimi Pudratchi tashkilotning rahbari F.I.O(imzo)

 

Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilotning rahbari F.I.O.si

Muhr

 

Muhr

 

 

Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va texnologik ishlar pudrati.

Qonunchilikka ko‘ra, ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada ko‘rsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo‘yicha esa — yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to‘lash majburiyatini oladi.

Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini (elementlarini) ham qamrab olishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlandi.

namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.