O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • viloyat, tuman (shahar), ko‘cha (qishloq) nomi, uy raqami
Javobgarlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • viloyat, tuman (shahar), ko‘cha (qishloq) nomi, uy raqami
Uchinchi shaxs to‘g‘risida maʼlumotlar:
  • viloyat, tuman (shahar), ko‘cha (qishloq) nomi, uy raqami
Daʼvo ariza mazmuni

Yuklab oling

 

 

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha

Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

 

 

Manzil:Daʼvogarning yashash manzili

 

 

Telefon:Daʼvogarning telefon raqamlari E-mail:Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.si

 

 

Manzil:Javobgarning yashash manzili

 

 

Telefon:Javobgarning telefon raqamlari E-mail:Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

 

Uchinchi shaxs: Uchinchi shaxsning F.I.O.si

 

 

Manzil:Uchinchi shaxsning yashash manzili

 

 

telefon:Uchinchi shaxsning telefon raqamlari,E-mail Uchinchi shaxsning pochta (elektron) manzili

 

 

DA ʼ V O A R I Z A S I

 

 

(Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida)

 

 

Men Tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Daʼvogarning mazkur tashkilotga ishga qabul qilingan sanasi kunidagi Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami - sonli buyrugʻi asosida Daʼvogarning mehnat faoliyatini boshlagan lavozimi vazifasiga ishga kabul kilinganman.

Shu kunga kadar oʻzimga biriktirilgan xizmat vazifalarimni bajarib kelmokda edim. Biroq Daʼvogarni ishdan bo‘shatish sanasi kungi Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyruq bilan men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining Daʼvogarni ishdan bo‘shatishga asos bo‘lgan qonunchilik hujjati-moddasiga asosan bekor kilindi. Buyruqqa asos qilib, Ichki mehnat tartib qoidalarining tegishli bandi bandini buzganligim olingan.

Biroq men mehnat vazifalarimni shu kunga qadar halol, vijdonan bajarib kelganman. Ish beruvchining buyrugʻi asossiz ravishda Ichki mehnat tartib qoidalarining tegishli bandi bandini buzganligim olingan boʻlib, buyruq hech qanday asosga ega emas.

Korxona jamoa shartnomasiga muvofiq, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda albatta kasaba uyushmasining roziligi talab etiladi.

Biroq men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda yuqoridagi qoidaga zid ravishda kasaba uyushmasining yozma roziligi olinmagan.

Bundan tashqari ish beruvchi Ichki tartib qoidalarida koʻrsatilgan mehnat vazifalarini bir marotaba qoʻpol tarzda buzganligim haqidagi holatni isbotlab bera olmagan.

Mutaxasisligim boʻyicha turli lavozimlarda ishlab kelganligim, jamoada obroʻ-eʼtiborga ega ekanligim, ishdan asossiz boʻshatilganligim natijasida ruhan ezilib, maʼnaviy zarar koʻrdim.

Shunga koʻra, menga yetkazilgan maʼnaviy zararni Arizachi baholagan maʼnaviy zarar miqdori soʻm deb baholayman.

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 111-moddasida mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda, u ish beruvchining oʻzi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim. Nizoni koʻrish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlab berish masʼuliyati yuklatiladi. Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan boʻlsa, sud kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 46-bandiga binoan, Mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy bekor qilingan yoki gʻayriqonuniy boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shart.

Maʼnaviy zarar miqdori ish beruvchining xatti-harakatlariga baho bergan holda aniqlanib, u xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas. Xodimga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplash masalasini hal etishda qaysi holatlarda va ish beruvchining qaysi harakatlari (harakatsizligi) oqibatida unga zarar yetkazilganligi, ish beruvchi aybining darajasi, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki boshqa ishga oʻtkazishda qonun ochiq-oydin buzilgan-buzilmaganligini aniqlashi, xodimning qanday maʼnaviy va jismoniy azoblar chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada yoki boshqacha moddiy shaklda qoplashini baholamogʻi va muayyan nizoni hal qilish uchun muhim boʻlgan boshqa holatlarni oydinlashtirmogʻi lozim. Maʼnaviy va jismoniy azoblar darajasi yetkazilgan maʼnaviy ziyonning haqiqiy holati jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari, yetkazilgan azoblarning ogʻirligini tasdiqlovchi aniq holatlarga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

Yukorida kayd etilganlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 111-moddasiga, Fuqarolik kodeksining 1021, 1022-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asoslanib, suddan quyidagilarni

 

 

SOʻ R A Y M A N:

 

 

1. Tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Daʼvogarning mazkur tashkilotga ishga qabul qilingan sanasi yilgi Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻini bekor qilishni;

2. Meni Tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakliga Daʼvogarning mehnat faoliyatini boshlagan lavozimi vazifasiga ishga tiklanishingizni.

3. Javobgardan mening foydamga majburiy progul kunlari uchun ish haqi va Arizachi baholagan maʼnaviy zarar miqdori - soʻm maʼnaviy zararni undirib berishingizni.

 

Ilova qilinadiga hujjatlar:

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

 

Daʼvogarning F.I.O.si

____________________

Imzo

Daʼvo ariza berilgan sana

 

Ishga tiklash va maʼnaviy zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilish fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi.

G‘ayriqonuniy ravishda hukm qilinganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoxud g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan ishdan (lavozimidan) chetlashtirilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi kerak, agar buning imkoni bo‘lmasa (tashkilotning (uning alohida bo‘linmasining) tugatilishi, qisqartirishga olib kelgan shtatlar o‘zgarishi yoki ishiga (lavozimiga) tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda), avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.

Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi. Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi va uni qoplashning miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizasini mustaqil holda to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.