Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga |
|
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si |
Daʼvogarning yashash manzili |
Daʼvogarning telefon raqamlari Daʼvogarning pochta (elektron) manzili |
|
Javobgar: Javobgarning F.I.O.si |
Javobgarning yashash manzili |
Javobgarning telefon raqamlari Javobgarning pochta (elektron) manzili |
DA ʼ V O A R I Z A
(Nikohdan ajratish haqida)
Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh Tomonlarning nikohini qayd etgan tuman (shahar) FHDYO bo‘limi tomonidan Tomonlarni nikohi qayd etilgan sana kuni FHDYO bo‘limida nikoh qayd etilgan dalolatnoma raqami-son bilan qayd etilgan.
Birgalikdagi turmushimizdan Daʼvogar va javobgarning farzandi tug‘ilgan sanasida tugʻilgan Daʼvogar va javobgarning farzandining F.I.O.si ismli farzandimiz bor. Uning tugʻilganligi toʻgʻrisida Farzandga tug‘ilganlik haqida guvohnoma bergan FXDYO bo‘limi nomi tomonidan (Farzandga tug‘ilganlik haqida berilgan guvohnoma seriyasi Farzandga tug‘ilganlik haqida berilgan guvohnomasi raqami seriya raqamli guvohnoma berilgan.
Men Nikohni bekor qilish haqida daʼvo ariza kiritish uchun sabab bo‘lgan holatlar sababli oilani saqlab qolishni va javobgar bilan oilaviy hayotni davom ettirishning imkoni yoʻq deb hisoblayman.
Men Tomonlar amalda birgalikda yashamayotgan muddatdan buyon javobgar bilan bir oila sifatida yashamayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga binoan, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yoʻq deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga muvofiq, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yoʻqligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim. Turmushda kechadigan vaqtinchalik kelishmovchiliklar va tasodifiy sabablarga koʻra er-xotin oʻrtasida kelib chiqqan ixtiloflar, shuningdek er-xotindan birining yoki har ikkalasining jiddiy vajlar keltirmagan holda nikoh munosabatlarini davom ettirishni xohlamasligi nikohdan ajratish uchun yetarli asos boʻla olmaydi. Nikohdan ajratishga asoslar boʻlmaganda, sud daʼvoni rad etadi.
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 41-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan
SOʻRAYMAN:
Javobgar bilan oʻrtamizdagi Tomonlarning nikohini qayd etgan tuman (shahar) FHDYO bo‘limi tomonidan Tomonlarni nikohi qayd etilgan sana kuni FHDYO bo‘limida nikoh qayd etilgan dalolatnoma raqami-son bilan qayd etilgan nikohdan ajratishni.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1. Daʼvo ariza nusxasi;
2. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
3. Tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
4. Daʼvo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati
Daʼvogarning F.I.O.si |
__________ (imzo)
|
Daʼvo ariza berilgan sana
|