Fuqarolik ishlari boʻyicha
Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si
Daʼvogarning yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqamlari,
Daʼvogarning pochta (elektron) manzili
Javobgar:Javobgar tashkilotning nomi
Javobgar tashkilot joylashgan manzil
Javobgarning telefon raqamlari,
Javobgarning pochta (elektron) manzili
Uchinchi shaxs: Uchinchi shaxsning F.I.O.si
Uchinchi shaxsning yashash manzili
Uchinchi shaxsning telefon raqamlari
Uchinchi shaxsning pochta (elektron) manzili
DA ʼ V O A R I Z A S I
(Mehnat munosabatlari deb tan olish va ish beruvchiga mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida)
Men ish beruvchining roziligi bilan “Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomi”tashkilotida Daʼvogar amalda mehnat munosabatlariga kirishgan sana kunidan buyon Daʼvogarning ishlab kelgan lavozim yoki vazifa nom vazifasida ishlab kelmoqdaman.
Ish beruvchining ruxsati bilan mehnat vazifalarimni boshlab, hozirga qadar ishlab kelayotganligimga qaramasdan ish beruvchi men bilan mehnat shartnomasini tuzishni paysalga solib kelmoqda.
Bu holat korxonada menga yuklatilgan vazifani bajarish chogʻida tushunmovchiliklarga hamda ishlagan kunlarim uchun ish haqi hisoblanishi boʻyicha kelishmovchiliklarga sabab boʻlmoqda.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilmas ekan, bu holat uning huquqlari buzilishiga, oqibatda unga ish haqi toʻlanmasligiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 128-moddasiga muvofiq, Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qatʼi nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan eʼtiboran tuzish deb hisoblanadi.
Biroq korxona rahbari tomonidan men mehnat munosabatlariga kirishgan boʻlsamda, men bilan mehnat shartnomasi tuzish asossiz ravishda paysalga solinmoqda.
Shu sababli huquqlarimni tiklashni soʻrab, sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.
Yuqorida qayd etilganlarga koʻra quyidagilarni
SOʻRAYMAN:
1. Men bilan “Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomi”tashkilotini mehnat munosabatlariga kirishgan deb topib, ish beruvchiga men bilan mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklashni
Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Mutaxassisligim boʻyicha diplom nusxasi;
2.Fukarolik pasportim nusxasi;
3. Daʼvo ariza ilova qilingan boshqa hujjatlar ro‘yxati
Daʼvogarning F.I.O.si |
____________ Imzo
|
Daʼvo ariza berilgan sana
|
Ish beruvchi birinchi marta ishga kirgan, besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga va qonunchilikda o‘ziga nisbatan mehnat daftarchalarini yuritish nazarda tutilmagan ilgari ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi shart.
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.
Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizasini mustaqil holda to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.