O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maʼnaviy zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Bu yerda viloyat, tuman (shahar) yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladii
Javobgar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Bu yerda viloyat, tuman (shahar) yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladi
Daʼvo ariza mazmuni

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

Manzil: Daʼvogarning yashash (joylashgan) manzili

Telefon: Daʼvogarning telefon raqamlari

Pochta: Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.si

Manzil: Javobgarning yashash (joylashgan) manzili

Telefon: Javobgarning telefon raqamlari

Pochta: Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

DA ʼ V O A R I Z A

(Maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisida)

 

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan, 1021-1022-moddalariga muvofiq, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, yaʼni zarar fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan boʻlsa, zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan boʻlsa, zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim. Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi.

Meni Voqea sodir bo‘lgan sana kuni soat Voqea sodir bo‘lgan vaqtlar chamasida javobgar Javobgarning F.I.O.si haqorat qildi. Maʼmuriy ishni ko‘rib chiqqan sud nomi maʼmuriy sudning Sud qarori qabul qilingan sanadagi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, u maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Men javobgar Javobgarning F.I.O.sining bu maʼmuriy huquqbuzarligi oqibatida katta maʼnaviy zarar koʻrdim. Sababi bu hodisadan soʻng mening sogʻligʻim boʻlmay kasalxonada daʼvolandim. Natijada javobgar Javobgarning F.I.O.sining aybi bilan sodir boʻlgan bu hodisadan soʻng men juda katta ruhiy, maʼnaviy qiyinchiliklarni boshdan oʻtkazdim.

Shu sababli yuqorida bayon etilganlarga xamda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1021-1022-moddalariga, Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan suddan,

 

SURAYMAN:

 

Javobgar Javobgarning F.I.O.sidan mening foydamga Undirib berilishi so‘ralayotgan maʼnaviy zarar summasi miqdori soʻm maʼnaviy zararni undirib berishingizni.

 

 

Ilova qilinadigan hujjatlar:

Pasport nusxalari;

Sud qarori nusxasi,

Davlat boji kvitansiyasi;

Daʼvo ariza nusxasi.

 

 

Daʼvogarning F.I.O.si

______________

(Imzo)

 

 

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

 

 

 

Maʼnaviy zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.