Fuqarolik ishlari boʻyicha
Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga
Daʼvogar: Daʼvogarning (F.I.O)
Daʼvogarning yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqamlari
Daʼvogarning pochta (elektron) manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgar tashkilotning joylashgan manzili
Бу ерда вилоят, туман (шаҳар) яшаш манзили тўлиқ кўрсатилади
Javobgarning pochta (elektron) manzili
DA ʼ V O A R I Z A
(Mehnat shartnomasi bekor qilinganidan soʻng berilmagan mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlarni olib berish, ish haqini undirib berish boʻyicha)
Javobgar tashkilotning nomi rahbarining Daʼvogar ishga qabul qilingan sana kungi Ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq raqami-sonli buyrugʻi asosida Daʼvogar ishlab kelgan lavozim (vazifa) nomi vazifasiga ishga kabul kilinib, ishlab kelganman.
Ish beruvchining Daʼvogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan sanakungi Daʼvogar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻi asosida men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Biroq bir necha marotaba murojaat qilganimga qaramasdan, ish beruvchi tomonidan menga tegishli boʻlgan mehnat daftarchasi hamda ishdan boʻshashim bilan bogʻliq hujjatlar menga berilmasdan, bu holat boshqa ishga kirishimga toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Amaldagi Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. O‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qo‘yilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 15-bandining oltinchi xatboshisiga koʻra, qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga koʻra qisqartirilgan ogohlantirish muddati tugagach, xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqdan nusxa berib, u bilan hisob-kitob qilishga majbur, ish beruvchi tomonidan xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasining bekor qilinishini kechiktirishga, shuningdek boshlangan ishni tugatmagani, qarzi yoʻqligi varaqasining imzolanmagani, xodimning moddiy qiymatlarni topshirmagani munosabati bilan ham kechiktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish beruvchiga mehnat daftarchasini berish haqida qilgan murojaatlarim besamar ketmoqda. Mehnat daftarchamni olib berishni soʻrab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatlarimga sudga murojaat qilish huquqim tushuntirilib, javob berildi.
Natijada ovora boʻlib, sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.
Yuqorida qayd etilganlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 160-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asoslanib, suddan quyidagilarni
SOʻRAYMAN:
1. Javobgar Javobgar tashkilotning nomidan menga tegishli boʻlgan mehnat daftarchamni hamda boshqa hujjatlarimni olib berishingizni;
2. Majburiy progul uchun oylik ish haqim miqdoridan kelib chiqqan holda pul mablagʻi undirib berishingizni.
Ilova qilinayetgan hujjatlar:
1. Javobgar tashkilotning nomining Ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq raqami-sonli buyrugʻi nusxasi
2. Fukarolik pasport nusxasi.
3. Daʼvo arizasi nusxasi
Daʼvogarning (F.I.O) |
________Imzo
|
Daʼvo ariza berilgan sana |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi bildirishnoma yuborilgan kundan e’tiboran mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Xodim tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to‘g‘risida murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish bilan bog‘liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini ham berishi shart.
Ish beruvchi mehnat daftarchasini qonunchilikda belgilangan muddatda bermaganda xodim mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risida sudga da’vo ariza kiritishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz da’vo ariza tayyorlash imkonini beradi.