O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ijara shartnomasini bekor qilish va ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
  • Misol uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, Toyloq tumanlaro sudigai
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Ushbu bandga viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Javobgarlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Ushbu bandga viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Daʼvo ariza mazmuni
  • Masalan: 3 oy, 6 oy
  • Raqam va so‘z bilan yoziladi

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

Manzil: Daʼvogarning yashash (joylashgan) manzili

Telefon: Daʼvogarning telefon raqamlari

Pochta: Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

Javobgar:Javobgarning F.I.O.si

Manzil: Javobgarning yashash (joylashgan) manzili

Telefon: Javobgarning telefon raqamlari

Pochta: Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

DAʼVO ARIZA

(Ijara shartnomasini bekor qilish va ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni

undirish toʻgʻrisida)

 

Taraflar o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan sana kuni taraflar oʻrtasida ijara shartnomasi tuzilgan.

Mazkur shartnomada ijara haqi har oyga Ijara shartnomasiga ko‘ra har oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan ijara haqi miqdori soʻm etib belgilanib, toʻlovlar har oyning Shartnomada ijara to‘lovlari har oyning qaysi sanasida to‘lanishi belgilangan sanasiga qadar toʻlanishi belgilangan.

Ijara shartnomasida belgilangan majburiyatlar javobgar tomonidan bajarilmasdan Ijara to‘lovlari to‘lanmagan oylar soni oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jami Javobgar tomonidan to‘lanmagan jami ijara pullari summasi soʻm ijara toʻlovlari toʻlanmasdan kelinmoqda. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishi lozimligi toʻgʻrisida Javobgarga shartnomadagi majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan sana kuni javobgarga ogohlantirish xati yuborilgan. Biroq, javobgar hozirga qadar asossiz ravishda majbriyatlarini bajarmasdan kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 535-moddasiga asosan, mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.

Kodeksning 543-moddasida ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab turishi shart.

Shuningdek, mazkur kodeksning 551-moddasida ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan toʻlov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlamasa mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkinligi belgilangan.

Ushbu Kodeksning 382-moddasiga koʻra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga oʻz majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.

Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni oʻxshash holatlarda ijaraga berishda qoʻllaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda toʻlashni talab qilishga haqli.

“Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ijara haqi ijara shartnomasida tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan belgilanadi, bunda yer va tabiiy resurslar uchun ijara haqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻrsatilgan tartibda va doirada belgilanadi.

Ijara haqi ijaraga olingan mol-mulkning egasiga toʻlanadi. Bunda, basharti davlat mol-mulk ijaraga berilgan boʻlsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim.

Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 237, 543, 551-moddalari, Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

1. Taraflar o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan sanada taraflar oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomani bekor qilishni.

2. Javobgardan ijara shartnomasi asosida toʻlanishi lozim boʻlgan Javobgar tomonidan to‘lanmagan jami ijara pullari summasi soʻm qarzdorlikni undirishni.

3. Javobgardan men tomonimdan dastlab toʻlangan Daʼvogar tomonidan to‘langan davlat boji miqdori soʻm davlat bojini undirishni.

 

Ilova qilinayetgan hujjatlar:

1. Ijara shartnoma nusxasi.

2. Shartnomani bekor qilishga asos boʻlgan xujjatlardan nusxa.

3. Davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida chipta.

4. Daʼvo ariza nusxasi javobgarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.

5. Daʼvo arizaga ilova qilinadigan boshqa hujjatlar ro‘yxati

 

 

 

Daʼvogarning F.I.O.si

______________

(Imzo)

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

 

 

 

Ijara shartnomasini bekor qilish va ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza