Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan sud nomiga |
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si Manzil: Daʼvogarning yashash manzili Telefon: Daʼvogarning telefon raqamlari Pochta: Daʼvogarning pochta (elektron) manzili |
Javobgar: Javobgarning F.I.O.si Manzil: Javobgarning yashash manzili Telefon: Javobgarning telefon raqami pochta: Javobgarning pochta (elektron) manzili
|
DAʼVO ARIZA
(Ijara shartnomasi asosida berilgan uy-joydan koʻchirish toʻgʻrisida)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 535-moddasiga binoan, mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Men Daʼvogarning ijaraga berilgan xonadonining manzilimanzilida joylashgan uy-joyni Ijara shartnomasi tuzilgan sana kunidagi Ijara shartnomasining raqami-sonli ijara shartnomasi asosida javobgarga ijaraga berganman.
Ijaraga berilgan uy-joy ijaraga topshirilgan sana kuni xonadon vaqtinchalik foydalanish uchun javobgar va uning oila aʼzolariga topshirilgan. Shartnomaning amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati etib belgilangan.
Shartnomada belgilangan muddat tugaganidan soʻng javobgar oʻz xohishi bilan ijara xonadonidan koʻchib chiqib ketishdan bosh tortdi. Javobgarga Javobgarga uydan chiqib ketish to‘g‘risida ogohlantirilish berilgan sana kuni xonadondan chiqib ketishi haqida ogohlantirish xati berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 93-moddasiga koʻra, turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar kelishuvi boʻyicha oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ketma-ket ikki martadan ortiq toʻlanmayotgan boʻlsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan koʻchirilishi kerak.
Fuqarolik Kodeksining 616-moddasiga koʻra, uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ijaraga oluvchi va shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab turgan boshqa fuqarolar sudning qaroriga asosan uy-joydan koʻchirib chiqarilishi lozim.
Yuqoridagilarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 93, 140-141-moddalari, Fuqarolik kodeksining 615, 616-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asoslanib suddan
SOʻRAYMAN:
Javobgar Javobgarning F.I.O.si va uning oila aʼzolarini Daʼvogarning ijaraga berilgan xonadonining manzili manzilda joylashgan xonadondan boshqa turar joy bermasdan koʻchirish haqida hal qiluv qarori chiqarishni.
Ilova qilingan hujjatlar roʻyxati:
Daʼvo ariza nusxasi
Davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi patta
Ijara shartnomasi nusxasi
Daʼvo arizani asoslantiruvchi hujjatlar
|
|
Daʼvogarning F.I.O.si |
______________ (imzo) |
Daʼvo ariza berilgan sana |