Daʼvo ariza berilgan sud nomiga
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.
Daʼvogarning yashash manzili
Daʼvogarning telefon raqami
Daʼvogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgarning F.I.O.
Javobgarning yashash manzili
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
Daʼvo mazmuni: Yongʻin natijasida yetkazilgan
Yong‘in natijasida yetkazilgan zararni undirish summasi
soʻm zararni undirish toʻgʻrisida
Daʼvo ariza
Men Daʼvogarning yashash manzili manzilida oila aʼzolarim bilan birga istiqomat qilib kelaman. Ushbu xonadon Daʼvogarga tegishli bo‘lgan xonadonga nisbatan mulk huquqi berilgan sanada Daʼvogarga tegishli bo‘lgan xonadonga nisbatan mulk huquqini keltirib chiqargan shartnoma turi shartnomasiga asosan menga tegishli. Yong‘in hodisasi sodir bo‘lgan sana kuni Javobgarning yashash manzili manzilda yashovchi qoʻshnim Javobgarning F.I.O.ning uyida yongʻin boʻlib uyi yonib ketdi. Uning uyi yonishi natijasida yongʻin meni uyimga ham oʻtdi. Yongʻin natijasida meni uyimga ham zarar yetdi.
Yong‘in hodisasi yuzasidan yuritilgan maʼmuriy ishni ko‘rib chiqqan sud nomi tuman maʼmuriy sudining qaroriga asosan Javobgarning F.I.O. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 211-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Sudning qaroriga binoan, javobgarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorga asosan yetkazilgan zarar uchun belgilangan jarima miqdori miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek ish yuzasidan Daʼvo arizani asoslovchi qo‘shimcha maʼlumotlarlarni maʼlum qilaman.
Ammo javobgarning uyi yonishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash haqida umuman oʻylab koʻrgani emas. Men javobgarga yetkazilgan zararni qoplashni soʻrab bir necha marotaba murojaat qilsamda, u rad javobini berib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 38-moddasida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shartligi belgilab qoʻyilgan.
Turar joylarda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish MJtKning 211-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi belgilangan, unga koʻra fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” qarorining 17-bandiga asosan asosan, yetkazilgan mulkiy zarar miqdoridan kelib chiqib, yongʻinlar quyidagilarga boʻlinadi:
a) koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha boʻlgan zarar);
b) ancha miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);
v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);
g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor).
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksini 985-moddasi 1-qismida “Gʻayriqonuniy harakat (xarakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq xajmda qoplanishi lozim”ligi nazarda tutilgan.
Yuqordigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan
SOʻRAYMAN:
Javobgar tomonidan yetkazilgan Yong‘in natijasida yetkazilgan zararni undirish summasi soʻm moddiy zararni undirib berishingizni soʻrayman.
Ilova: Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati
Daʼvo ariza berilgan sana
Daʼvogarning F.I.O. _______________ (Imzo)