O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Darsliklar va (yoki) o‘quv metodik qo‘llanmalarni bepul berish to‘g‘risida shartnoma.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) ko‘rsatiladi)
Tomonlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • (tuman (shahar), raqami (nomi) ko‘rsatiladi)
Shartnoma predmeti
  • (misol uchun 2021/2022 o‘quv yilida deb ko‘rsatiladi)
  • (misol uchun: 2021 yil 1 iyungacha deb ko‘rsatiladi
Tomonlarning rekvizitlari

Yuklab oling

Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni

bepul foydalanishga berish toʻgʻrisidagi

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana

 

Bir tomonidan Umumtaʼlim maktabi joylashgan joy, raqami (nomi) nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Ustav asosida harakat qiluvchining F.I.O. shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim Taʼlim tili tilida olib boriladigan Sinf raqami-sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi Foydalanuvchining F.I.O. mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Maktab Darsliklarning foydalanuvchiga vaqtincha berilayotgan o‘quv yillari oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa Darsliklarni qaytarish muddatigacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.

1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar

Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi:

Darsliklarning nomi va miqdori.

II. TOMONLARNING HUQUQLARI

2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.

2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.

III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

3.1. Maktab quyidagilarga majbur:

3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;

3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.

3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:

3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;

3.2.2. Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;

3.2.3. Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:

birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;

2– 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun –uning ikki baravari miqdorida;

5– 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun –uning toʻrt baravari miqdorida.

 

V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.

4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISH

5.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi.

5.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.

VII. YAKUNIY QOIDALAR

6. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga asosan hal qilinadi.

7. Mazkur Shartnoma Foydalanish nusxalar soni ta asl nusxada tuzildi.

 

VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Maktabning raqami (nomi)

Foydalanuvchining F.I.O

Maktabning raqami (nomi)

Foydalanuvchining F.I.O.

Manzili: Maktabning manzili

Manzili: Foydalanuvchining yashash manzili

telefon /faks: Maktabning telefon/faks raqami

Pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan

va qachon berilgan:Foydalanuvchining pasport maʼlumotlari

Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi: Maktabning hisob g‘azna raqami

 

Oʻquvchining F.I.O. O‘quvchining F.I.O.

MFO: Maktabning bank kodi

 

STIR: Maktabning STIR raqami

 

IFUT: Maktabning IFUT raqami

 

 

 

TOMONLARNING IMZOLARI

 

Maktab: Maktab rahbarining F.I.O. Foydalanuvchi: Foydalanuvchining F.I.O.

Imzo__________________________ Imzo_________________

 

M.Oʻ.

 

Foydalanish shartnomasi imzolangan sana

Darsliklar va (yoki) o‘quv metodik qo‘llanmalarni bepul berish to‘g‘risida shartnoma.