Meros mol-mulkning saqlanishi toʻgʻrisida shartnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Shartnoma tuzilgan notarial idora nomi
Shartnoma tuzilgan sana
Shartnomani tasdiqlagan notarial idora manzilida joylashgan Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O ishtirokida,
Biz – Oʻzbekiston Respublikasi, Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O bundan buyon matnda NOTARIUS deb yuritiluvchi, bir tarafdan va Meros mol-mulkni saqlovchining manzilida yashovchi -Meros mol-mulkni saqlovchining F.I.O (pasport Meros mol-mulkni saqlovchining pasport seriyasi va raqami ,Meros mol-mulkni saqlovchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Meros mol-mulkni saqlovchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda SAQLOVCHI deb yuritiluvchi, ikkinchi tarafdan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1144-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi qonunining 89-moddasiga asosan,
Meros qoldiruvchining yashab kelgan manzili manzilida yashagan, Meros qoldiruvchining vafot etgan sanasi yilda vafot etgan Meros qoldiruvchining F.I.Oning oʻlimidan soʻng qolgan meros mol-mulkni qoʻriqlash chora-tadbirlarini koʻrish maqsadida ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. NOTARIUS tomonidan yuqoridagi manzilda tuzilgan meros mol-mulkni xatlash dalolatnomasida koʻrsatilgan mol-mulklarni (mol-mulkning roʻyxatini shartnomaga ilova qilib koʻrsatish yoki uning nomi, soni, narxlarini toʻliq koʻrsatib oʻtishi lozim) SAQLOVCHI toʻliq saqlash va uni shartnomada koʻrsatilgan muddatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
2. Yuqorida koʻrsatilgan mol-mulk Mol-mulkning saqlovga topshiriladigan muddati yildan boshlab saqlash uchun Meros qoldiruvchining merosxo‘ri (merosxo‘rlari) ning F.I.O. tomonidan talab qilib olingunga qadar topshirildi, lekin bu muddat Mol-mulkni saqlash davomiyligi yildan oshmasligi lozim.
3. Saqlash uchun topshirilgan mol-mulkni SAQLOVCHI shaxsan oʻzi saqlashi shart.
Saqlash uchun qabul qilib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga vaqtincha saqlash uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar SAQLOVCHIda oʻz majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat boʻlmasa, bu holatda mol-mulk NOTARIUSning yozma roziligi bilan boshqa shaxsga topshirilishi mumkin.
Mol-mulk boshqa shaxsga saqlash uchun topshirilganda, ushbu shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlar NOTARIUS va SAQLOVCHIning oʻzlarida qoladi. Bu borada boshqa shaxsning harakatlari uchun SAQLOVCHI oʻzining harakatlariga javob berganday javob beradi.
4. SAQLOVCHINING majburiyatlari:
meros mol-mulkni yaxshi holatda saqlash;
mol-mulkni NOTARIUSning birinchi talabiga binoan, shartnoma muddatidan oldin qaytarish.
5. SAQLOVCHI mol-mulkka zarar keltirilgan holda qonun hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
6. Shartnomani muddati oʻtgandan soʻng meros mol-mulkning saqlanishi uchun SAQLOVCHI butun mol-mulk narxidan Meros saqlovchi shartnoma muddati o‘tgandan so‘ng xizmat haqi sifatida oladigan mukofot puli miqdori (mol-mulk narxi foizi) foiz mukofot toʻlovlarini oladi.
Agar mol-mulkni saqlash muddati tugaguniga qadar merosxoʻrlarga qaytarib berilsa yoki mol-mulk merosxoʻrlar tomonidan qabul qilinmasa, SAQLOVCHI mukofot toʻlovi toʻlanishini talab qilishga haqli.
7. Ushbu shartnoma taraflar tomonidan ikki nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi joylashgan Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.Oda saqlanadi, ikkinchi nusxasi SAQLOVCHIga berildi.
Imzolar:
1. Meros mol-mulkni saqlovchining F.I.O ________(imzo)
2. Meros qoldiruvchining merosxo‘ri (merosxo‘rlari) ning F.I.O. ________(imzo)
Notariusning tasdiqlov yozuvi.