Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi nomiga
Ariza bergan shaxsning yashash manzilida yashovchi
Ariza bergan shaxsning F.I.O.dan
AR I Z A
(Ijro varaqasining dublikatini berish toʻgʻrisida)
Beraman ushbu arizani shu haqdakim, fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi nomi sudi tomonidan Daʼvogarning daʼvo talabi qanoatlantirilgan sanada javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.ga nisbatan moddiy va maʼnaviy zararni undirish haqidagi daʼvo talabim qanoatlantirib, javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.dan mening foydamga Sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgardan daʼvogar foydasiga undirilgan pul miqdori soʻm pul undirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgandi, ammo menga berilgan hal qiluv qarori yuzasidan ijro varaqasini yoʻqotib qoʻydim.
Oʻzbekiston Respublika Fuqarolik kodeksini 450-moddasiga asosan, ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining asl nusxasi yoʻqotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga koʻra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida koʻriladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida koʻriladi. Sudning dublikat berish toʻgʻrisidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ijro hujjatining asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos boʻladi.
Menga berilgan hal qiluv qarori yuzasidan ijro varaqasini yoʻqotib qoʻyganligim sababli Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessal Kodeksining 450-moddasiga asosan ijro varaqa dublikatini berishingizni soʻrayman.
Ariza bergan shaxsning F.I.O.___________Ariza berilgan sana