O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fuqorolik ishlari bo‘yicha sud majlisi bayonnomasining nusxasini berish to‘g‘risida ariza.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Ariza beruvchi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: mazkur bandda viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami yoziladi
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha

Ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga

 

Ariza bergan shaxsning yashash manzilida yashovchi

Ariza bergan shaxsning F.I.O.sidan

 

 

 

 

AR I Z A

(Sud majlisi bayonnomasining nusxasini berish toʻgʻrisida)

 

Beraman ushbu arizani shu haqdakim, Sud majlisi bo‘lib o‘tgan sanada fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomi sudi tomonidan mening javobgar Javobgar shaxsning F.I.O.siga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizam koʻrib chiqilib, daʼvo talabim qanoatlantirilmasdan bizlarga yarashish uchun 6 oy muhlat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 279-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki uning to‘liq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida ko‘rsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va u ushbu fikrlarga qo‘shilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi.

Men mazkur ajrimdan noroziman, chunki mening koʻrsatmalarim va dalillarim inobatga olinmagan hamda sud majlisi bayonnomasiga kiritilmagan deb xisoblayman. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 40, 44-moddalariga asosan sud majlisi bayonnomasini nusxasini berishingizni soʻrayman.

 

 

Ariza bergan shaxsning F.I.O.si_____________

Ariza berilgan sana

 

 

 

Fuqorolik ishlari bo‘yicha sud majlisi bayonnomasining nusxasini berish to‘g‘risida ariza.