Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga |
|
Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si |
Manzil: Daʼvogarning yashash manzili |
Telefon: Daʼvogarning telefon raqamlari Pochta: Daʼvogarning pochta (elektron) manzili |
|
Javobgar: Javobgarning F.I.O.si |
Manzil: Javobgarning yashash manzili |
Telefon: Javobgarning telefon raqamlari |
Pochta: Javobgarning pochta (elektron) manzili
DAʼVO ARIZA
(Mol-mulkni boʻlish haqida)
Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh Nikohni qayd etgan FHDYO bo‘limi nomi tomonidan Nikoh qayd etilgan sana kuni Dalolatnoma yozuvi raqami ko‘rsatiladi-raqami bilan qayd etilgan.
Oʻrtamizda nikoh shartnomasi tuzilmagan. Javobgar bilan oilaviy hayotimiz davomida quyidagi mol-mulklarni sotib olganmiz:
Bo‘linishi so‘ralayotgan umumiy mol-mulklar
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqga ega boʻladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish er va xotindan birining talabiga koʻra, ular nikohda boʻlgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni boʻlish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida boʻlib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.
Nizo tugʻilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.
Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki oʻzga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
Javobgar bilan birgalikdagi mulkni boʻlish haqida kelishuv mavjud emas.
Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga asosan
SOʻRAYMAN:
1. Men va javobgar oʻrtamizdagi umumiy mol-mulklarimiz Bo‘linishi so‘ralayotgan umumiy mol-mulklarni boʻlishingizni.
Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Daʼvo ariza nusxasi;
2. Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
3. Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi xujjat;
4. Mol-mulkka mulk huquqini tasdiqlovchi xujjat nusxasi;
5. Daʼvo arizaga ilova qilinayotgan boshqa hujjatlar ro‘yxati
Daʼvogarning F.I.O.si |
______________ (Imzo)
|
Daʼvo ariza berilgan sana
|