Shartnoma № Shartnoma raqami
(Xaqdan voz kechish va qarzni oʻtkazish xaqida)
Shartnoma tuzilgan sana.Shartnoma tuzilgan hudud
Topshiruvchi tashkilot nomi nomidan Topshiruvchi tashkilot raxbarining F.I.O. kelgusida “Topshiruvchi” deb nomlanuvchi bir tomondan, Qabul qiluvchi tashkilot nominomidan Qabul qiluvchi tashkilot raxbarining F.I.O.,kelgusida “Qabul qiluvchi” deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan va Qarzdor tashkilot nomi nomidan Qarzdor tashkilot raxbarining F.I.O. kelgusida “Qarzdor” deb nomlanuvchi uchinchi tomondan Oʻzbekiston Respublikasiniang Fuqarolik Kodeksining 318-323 - moddalari tartibida quyidagi mazmunda shartnoma tuzadilar.
1. SHARTNOMA MAZMUNI
1.1. “Topshiruvchi” “Qabul qiluvchi” dan boʻlgan haqqidan “Qarzdor”ning “Qabul qiluvchi”dan boʻlgan qarzi hisobiga voz kechadi.
1.2. “Qabul qiluvchi” esa “Topshiruvchi” dan boʻlgan qarzini “Qarzdor” dan boʻlgan hakki hisobiga hisob-kitob kiladi.
1.3. “Qarzdor” “Qabul qiluvchi” dan boʻlgan qarzini “Topshiruvchi” ning “Qabul qiluvchi” dan boʻlgan hakki hisobiga hisob-kitob qiladi.
1.4. Tomonlar shartnoma shartlarini bajarishdan oldin, oʻzaro solishtiruv dalolatnomalarini mazkur shartnomaga ilova qilishlari shart.
1.5. Shartnomaning umumiy summasi Shartnoma umumiy summasi soʻmni tashkil etadi.
2. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. “Topshiruvchi” ning majburiyatlari:
2.1.1. “Topshiruvchi” ushbu shartnoma bilan oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
2.1.2. “Topshiruvchi” “Qabul qiluvchi”ga undan boʻlgan haqqini “Qarzdor” ning foydasiga uni “Qabul qiluvchi” dan boʻlgan qarzi hisobiga voz kechadi.
2.1.3. “Topshiruvchi” ushbu shartnoma imzolangandan keyin, tegishli buxgalteriya hujjatlari va ushbu shartnomaga asosan, hisobotlarga oʻzgartirishlar kiritadi.
2.1.4. “Topshiruvchi” “Qabul qiluvchi” dan boʻlgan haqqidan “Qarzdor” ning foydasiga voz kechishini xaqiqiyligi yuzasidan “Qabul qiluvchi” ning oldida javobgar boʻladi.
“Qabul qiluvchi” ning majburiyatlari:
2.2.1. “Topshiruvchi” oʻz xaqidan “Qarzdor” ning foydasiga voz kechishi evaziga uning xaqqini “Qarzdor” ning qarzi hisobiga qabul qiladi.
2.2.2. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin tegishli buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarga oʻzgartirishlar kiritadi.
2.3. “Qarzdor” ning majburiyatlari:
2.3.1. “Qarzdor” ushbu shartnoma bilan oʻziga yuklatilgan barcha majburiyatlarni bajarishni kafolatlaydi.
2.3.2. Barcha yuridik harakatlari yuzasidan “Qabul qiluvchi” oldida oʻzi javobgar boʻladi.
2.3.3. “Qarzdor” xam ushbu shartnoma imzolangandan keyin, oʻzining buxgalteriya hujjatlari va xisobotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
3.1. Tomonlar oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasalar yoki bajarishni kechiktirib yuborsalar, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonunning V-boʻlimi talablari bilan javobgar boʻladilar.
3.2. Ushbu shartnomani imzolashga tayyorlash jarayonida tomonlar mazkur shartnomaning 3.1.-bandida qayd kilingan Qonunning 21-moddasi talablariga rioya qilishlari shart.
4. FORS-MAJOR HOLATLARI
4.1. Shartnoma muddati davomida fors-major xolatlari, yaʼni favqulodda xodisalar (tabiiy ofatlar, yongʻin, jamoat tartibsizliklari va xokazo xamda xokimyat qaroriga binoan faoliyat cheklanishi) yuz bergan xollarda tomonlar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan soqit qilinadilar.
4.2. Yuzaga kelgan fors-major xolatlar boʻyicha tomonlar bir-birlarini qonunda belgilangan muddatda zudlik bilan xabardor qilishlari shart.
4.3. Agar bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch uch oy uzluksiz davom etsa, taraflar bir-birini yozma ravishda ogoxlantirib, shartnomaning ijrosini bekor qilishi mumkin.
5. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI VA SHARTNOMANI
AMAL QILISH MUDDATI
5.1 Taraflar oʻrtasida ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq paydo boʻladigan barcha nizolar yoxud kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokara yoʻli bilan hal qilinadi.
5.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sudi orqali xal qilinadi.
5.3. Shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va tomonlarning tegishli buxgalteriya xujjatlari hamda hisobotlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar amalda boʻladi.
6. SHARTNOMAGA QOʻSHIMCHA VA OʻZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
6.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat taraflar tomonidan yozma ravishda tuzilib, imzo qoʻyilgandan keyingina yuridik kuchga ega boʻladi.
6.2. Shartnomani taraflarning oʻzaro kelishuviga asosan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga hamda amaldagi qonun hujjatlari normalariga binoan keltirilgan zararni toʻlagan holda muddatidan ilgari bekor qilish mumkin.
7. QOʻSHIMCHA SHARTLAR
Qo‘shimcha shartlar
8. TOMONLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI.
TOPSHIRUVCHI Topshiruvchi tashkilot nomi Topshiruvchi tashkilot manzili Topshiruvchi tashkilot hisob raqami Topshiruvchi tashkilot bankning kodi MFO Topshiruvchi tashkilot STIR raqami Topshiruvchi tashkilot telefon raqami ___________________________ |
QABUL QILUVCHI Qabul qiluvchi tashkilot nomi Qabul qiluvchi tashkilot manzili Qabul qiluvchi tashkilot hisob raqami Qabul qiluvchi tashkilot bankning kodi MFO Qabul qiluvchi tashkilot STIR raqami Qabul qiluvchi tashkilot telefon raqami ______________________________ |
“QARZDOR”
Qarzdor tashkilot nomi
Qarzdor tashkilot manzili
Qarzdor tashkilot hisob raqami
Qarzdor tashkilot bankning kodi MFO
Qarzdor tashkilot STIR raqami
Qarzdor tashkilot telefon raqami
_____________________________