O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

ishni sudlovga tegishlilik boʻyicha boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma

Hujjat tavsifi
Iltimosnoma rekvizitlari
  • (kun, oy, yil)
Iltimosnoma beruvchi
Iltimosnoma mazmuni
  • Tuman yoki shahar nomidan keyin tegishligicha “tuman” yoki “shahar” so‘zi yoziladi

Yuklab oling

Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomiga

 

Iltimosnoma beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi

Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osidan

 

 

 

 

ILTIMOSNOMA

ishni sudlovga tegishlilik boʻyicha boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida

 

Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudining ish yurituvida mening javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.Osiga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizam yuzasidan yuritilayotgan fuqarolik ishi mavjud.

Daʼvo talabimni isbotlovchi dalillarning asosiy qismi, ish boʻyicha guvohlar koʻpchiligi Iltimosnoma beruvchi yashaydigan tuman (shahar) nomi hududida boʻlib, ularni fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudi binosiga olib kelish juda qiyin va koʻp miqdorda xarajat talab qiladi.

Shuningdek, men yashaydigan Iltimosnoma beruvchi yashaydigan tuman (shahar) nomihamda fuqarolik ishlari boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudining orasi juda uzoq boʻlib, kelib-ketish va sudda ishtirok etish uchun moddiy tomondan juda qiynalaman.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-moddasida sud mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31, 32, 42, 43-moddalariga asoslanib,

 

SOʻRAYMAN:

 

Mazkur ishni mazmunan koʻrib chiqish uchun Fuqarolik ishini ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilishi so‘ralayotgan sud nomi sudiga oʻtkazishingizni

 

 

Iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar:

Iltimosnoma nusxasi.

 

 

 

Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osi

 

 

 

imzo

 

 

 

Iltimosnoma berilgan sana

 

 

 

ishni sudlovga tegishlilik boʻyicha boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma

Sud sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda oʻzining ish yuritishiga qabul qilib olgan ishni, garchi keyinchalik bu ish boshqa sudning sudloviga tegishli boʻlib qolsa ham, mazmunan hal qilishi kerak.

Sud quyidagi hollarda ishni koʻrish uchun boshqa sudga oʻtkazadi:

1) mazkur ish boshqa sudda, xususan dalillarning koʻpchilik qismi joylashgan yerdagi sudda oʻz vaqtida va har tomonlama koʻrib chiqiladi deb hisoblasa;

2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan soʻng bu sudda ularni almashtirish imkoni boʻlmasa;

3) ish mazkur sudda koʻrilayotganda, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolsa.

Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.

Agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.