Turar joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha
NAMUNAVIY ShARTNOMA (KONTRAKT)
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb ataladigan Buyurtmachi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi Buyurtmachi tashkilotning rahbari F.I.O.si bir tomondan, Bajaruvchining to‘liq nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Bajaruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish ko‘ruvchi, (keyingi o‘rinlarda «Bajaruvchi» deb ataluvchi) Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si ikkinchi tomondan, mazkur shartnoma (kontrakt)ni quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.
I. Shartnoma mavzusi
1. Texnik xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan uy-joyning manzili (viloyat, tuman, ko‘cha nomi, uy raqami ko‘rsatiladi) uydagi manzilda joylashgan umumiy maydoni Texnik xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan uy-joyning o‘lchami kv.m. bo‘lgan uy-joyning umumiy foydalaniladigan ob’ektlarini texnik xizmat ko‘rsatish uchun dalolatnoma bo‘yicha “Buyurtmachi” topshiradi, “Bajaruvchi” esa qabul qilib oladi.
Mazkur shartnoma shakli va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Texnik xizmat ko‘rsatiladigan umumiy foydalaniladigan ob’ektlar:
tom;
yo‘laklar;
lift xo‘jaligi;
texnik yerto‘lalar;
bittadan ortiq kvartiraga xizmat ko‘rsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;
shaxtalar — (lift, axlat o‘tish, gaz o‘tish shaxtalari).
3. Kvartiralar ichidan o‘tuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlarning xizmat ko‘rsatish chegaralari:
jo‘mrakkacha suv quvurlari shahobchalari;
radiatorgacha isitish tizimi;
gaz tarmoqlari, shu jumladan gaz plitasi;
jo‘mrakkacha issiq suv ta’minoti tarmog‘i.
II. Tomonlarning majburiyatlari
4. “Bajaruvchi” quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
turar joydan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilgan holda umumiy foydalaniladigan ob’ektlarga texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
umumiy foydalaniladigan joylarni, uy ichki va kvartira ichki muhandislik tarmoqlarini (sovuq suv ta’minoti, issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik tirgaklari va tarmoqlari, tom va zinapoya kataklari) zarur holatda saqlashni ta’minlovchi mukammal va joriy tuzatish ishlarini bajarish;
“Buyurtmachi”dan asbob-uskunalar nosozligi to‘g‘risida yozma buyurtma tushganda:
a) sovuq va issiq suv ta’minoti va isitish asbob-uskunalarini 4 soatdan kechikmay tuzatish;
b) tomdan chakka o‘tishini bir kecha-kunduzda tuzatish;
v) umumiy foydalaniladigan joylardagi elektr uskunalari nosozligini 1 kecha-kunduzda tuzatish;
g) avariya tusidagi nosozlikni darhol tuzatish;
kommunal xizmatlar (issiq va sovuq suv berish, kanalizatsiya, isitish, gaz, axlatni chiqarish) o‘z vaqtida ko‘rsatilishini ta’minlash;
turar joyning yerto‘lasiga va tomiga begona shaxslarning kirishini to‘sish;
ish sifatining kafolatlangan darajasi va miqdori buzilishi munosabati bilan «Bajaruvchi»ning aybi bilan kelib chiqqan zararlarni «Buyurtmachi»ga qoplash.
Bajaruvchining boshqa majburiyatlari
5. “Buyurtmachi” quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
mazkur shartnoma bo‘yicha umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilganligi, kommunal xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida, biroq hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay haq to‘lash;
turar joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga hamda turar joylardan va uy atrofidagi hududdan foydalanish qoidalariga muvofiq umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish;
kvartirada yoki turar joyga kirish joylarida o‘rnatilgan barcha o‘lchov priborlarining saqlanishi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ular ishdan chiqqan taqdirda bir kecha-kunduzdan kechikmay «Bajaruvi»ga yozma ravishda xabar berish;
muhandislik kommunikatsiyalarini ivirsitmaslik va ularning oldini to‘sib qo‘ymaslik hamda sanitariya va yong‘inga qarshi talablarga rioya qilishini ta’minlash;
avariya vaziyatida istalgan vaqtda «Bajaruvchi»ga turar joyga kirish imkoniyatini berish.
Buyurtmachining boshqa majburiyatlari
III. Tomonlarning huquqlari
6. “Buyurtmachi” quyidagi huquqlarga egadir:
mazkur shartnomaga muvofiq ishlar noto‘liq va sifatsiz bajarilgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash summasi qayta hisoblab chiqilishini «Bajaruvchi»dan talab qilish;
ishlar “Bajaruvchi” tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda ushbu ishlarni o‘z kuchlari bilan bajarish, xarajatlarni esa “Bajaruvchi”ning hisobiga o‘tkazish;
umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatishga va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlarga yo‘naltirilgan pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish;
“Bajaruvchi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda sudga murojaat qilish.
O‘z majburiyatlari muddatida bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda «Bajaruvchi» «Buyurtmachi»ga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun xizmat ko‘rsatish yoki xizmatlar qiymatining 1 foizi miqdorida penya to‘laydi. Undirilgan penya miqdori ishlar (xizmatlar)ning umumiy qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Buyurtmachining boshqa huquqlari
7. “Bajaruvchi” quyidagi huquqlarga egadir:
materiallar, energiya manbalari, yoqilg‘i va hokazolar narxlari oshgan taqdirda umumiy foydalaniladigan joylarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash tarifini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan, biroq bir yilda bir martadan ko‘p emas, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilish;
muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdorida penya hisoblash;
ikki oy va undan ko‘p vaqt davomida kommunal xizmatlar uchun haq to‘lanmagan taqdirda (uzishdan 3 kun oldin iste’molchini suv va gaz ta’minoti manbalaridan uzib qo‘yish, “Buyurtmachi” hisobidan haq to‘langandan keyin ulash;
“Buyurtmachi” bilan kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilish.
Bajaruvchining boshqa huquqlari
IV. Shartnoma muddati
8. Mazkur Shartnoma taraflar imzolagandan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha muddatga amal qiladi.
9. Mazkur Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
10. Mazkur shartnoma yuzasidan nizo kelib chiqqan hollarda taraflarning kelishuvi asosida hal qilinadi. Agar tomonlar kelishuvga erishmasa O‘zbekiston Respublikasining Nizo kelib chiqadigan hollarda murojaat qilinadigan sud nomi sudiga murojaat qilinadi.
10. Mazkur Shartnoma shartlari, agar ushbu o‘zgarishlar uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, tomonlarning kelishuviga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
11. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi.
Bir nusxa “Buyurtmachi”da ikkinchi nusxasi “Bajaruvchi”da qoladi.
VI. Tomonlarning rekvizitlari
Buyurtmachi: |
|
Bajaruvchi: |
||||
Manzil: Buyurtmachining yuridik manzili |
|
Manzil: Bajaruvchining yuridik manzili |
||||
H/R: Buyurtmachining hisob raqami |
|
H/R: Bajaruvchining hisob raqami |
||||
FO:Buyurtmachining FO raqami |
|
FO: Bajaruvchining FO raqami |
||||
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
|
STIR: Bajaruvchining STIR raqami |
||||
Telefon: Tashkilotning telefon raqami |
|
Telefon: Tashkilotning telefon raqami |
||||
Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi |
____________ |
|
Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si
|
_____________ |
||
|
(muhr) |
|
|
(muhr) |
Uy joyning umumiy foydalaniladigan joylariga texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga ko‘ra, tom;
yo‘laklar;
lift xo‘jaligi;
texnik yerto‘lalar;
bittadan ortiq kvartiraga xizmat ko‘rsatuvchi muhandislik-texnik asbob-uskunalar va tarmoqlar;
shaxtalarga (lift, axlat o‘tish, gaz o‘tish shaxtalari) texnik xizmat ko‘rsatilishi mumkin.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.