O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ota-onani ta’minlash uchun aliment undirish to‘g‘risida

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo ariza mazmuni
  • Izoh: Daʼvo arizaga ish holatiga oid, daʼvo arizani asoslovchi barcha hujjatlar, daʼvo ariza nusxasi taraflarga yuborilganligini, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

Da’vogar: Daʼvogarning yashash manzilida yashovchi

 

Daʼvogarning F.I.O.sidan

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami

E-mail: Daʼvogarning E-mail manzili

 

 

Javobgar: Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

E-mail: Javobgarning E-mail manzili

 

Da’vo mazmuni: Mening ta’minotim uchun farzandim Javobgarning F.I.O.sidan aliment to‘lovlari undirish to‘g‘risi

 

DA’VO ARIZA

Ota-onani ta’minlash uchun aliment undirish to‘g‘risida

 

Men va turmush o‘rtog‘im Daʼvogarning turmush o‘rtog‘ining F.I.Sh.i Daʼvogar va uning turmush o‘rtog‘i turmush qurgan sana kuni turmush qurganmiz. Birgalikdagi turmushimizdan Daʼvogar va turmush o‘rtog‘ining farzandlari soni nafar farzandimiz bor. Biz farzandlarimizni moddiy tomondan to‘liq ta’minlab, voyaga yetkazganmiz. Farzandlarimiz mehnatga layoqatli bo‘lib, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelishadi.

Hozirgi kunda men va turmush o‘rtog‘im Daʼvogarning turmush o‘rtog‘ining F.I.Sh.i mehnatga layoqatsizmiz. Shu sababli moddiy ta’minotiga muxtojmiz.

Farzandimiz Javobgarning F.I.O.sidan ixtiyoriy ravishda bizni moddiy jihatdan ta’minlashini so‘ragan bo‘lsakda, bizni moddiy jihatdan ta’minlamasdan, o‘zining farzandlik burchini bajarmasdan kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga ko‘ra, voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 109-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shartligi belgilangan.

Shuningdek, mazkur kodeksning 110-moddasiga ko‘ra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lguniga qadar sud’ya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 109, 110-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan

 

SO‘RAYMAN:

1. Farzandimiz Javobgarning F.I.O.sidan men va turmush o‘rtog‘imning ta’minoti uchun qonunchilikda belgildangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishingizni;

2. Aliment undirish nizosi uzil-kesil hal bo‘lguniga qadar javobgardan bizning ta’minotimiz uchun vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summa to‘g‘risida ajrim chiqarishingizni.

3. Mazkur ish ko‘riladigan vaqt va joy haqida mening yashash manzilimga xabar berishingizni.

 

Ilova: Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

Da’vogar Daʼvogarning F.I.O.si

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

Ota-onani ta’minlash uchun aliment undirish to‘g‘risida